O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti


Oddiy zirk (Барбарис обыкновенный)-



Download 7,92 Mb.
bet63/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Oddiy zirk (Барбарис обыкновенный)- Berberis vulgaris L.

  1. Qoraqand zirk (Барбарис продолговатый) - Berberis oblonga Schneid.

  2. Qizil zirk (Барбарис цельнокрайный) - Berberis integerrima Bunge.

  3. Tangasimon zirk (Барбарис монетный) - Berberis nummularia Bunge.

Bundan tashqari introduksiya qilingan zirklar ham tib­biyotda ishlatiladi: oddiy zirk (Barbaris obbiknovenniy) - Berberis vulgaris L. mevalari qon bosimini pasaytirish xususiyatiga ega.
Xalq tabobatida zirk turlarining ildizi, bargi va mevasi ishlati­ladi. Ular tarkibida 0,04-0,9% alkaloidlar, vitamin C, karotin, qand­lar, organik kislotalar, bo’yoq va boshqa moddalar bor. Alkaloidlar summasidan berberin, oblongin, palmatin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan. Alkaloidlar summasi va berberin xlorid qon ivishini oshiradi, qon bosimini pasaytiradi va o’t haydash ta’siriga ega.
Shuning uchun tibbiyotda berberin sulfat xronik gepatit, gepa toxoletsistit, xoletsistit va boshqa jigar kasalliklarida hamda o’t pu­fagi kasalliklarida o’t haydovchi dori sifatida qo’llaniladi. Zirk ildizi damlamasi xalq orasida yurak-tomir va me’da kasalliklarini, nevrasteniyani, bod va isitmani davolashda qo’llaniladi.
Bargi va novdalari qaynatmasi bilan bosh og’rig’i, burundan qon oqishi davolanadi. Meva damlamasidan yurak ishini yaxshilovchi, isitmani va qon bosimini pasaytiruvchi, chanqoq qoldiruvchi vosita sifatida hamda nevrasteniya va ich ketishni davolashda foydalani­ladi.

Na’matak (Шиповник) - Rosa L.
Markaziy Osiyoda o’sadigan 36 ta na’matak turlaridan 17 tasi O’zbekiston florasida uchraydi. Ularning quyidagi beshta turi tib­biyotda ishlatiladi:

  1. Begger na’matagi (шиповник Беггера) - Rosa beggeriana Schrenk,

  2. Oddiy na’matak (Шиповник собачий) - Rosa canina L.,

  3. Fedchenko na’matagi (Шиповник Федченко) - Rosa fedtshenkoana Rgl

  4. Dargumon na’matak (Шиповник сомнительний) - Rosa ambigua Russ.

Na’matak turlari ra’noguldoshlar-Rosaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 1,5-3 m, ba’zan 4 m ga yetadigan tikanli buta. Novdalari egiluvchan bo’lib, yaltiroq, qo’ng’ir-qizil yoki qizil-jigarrang po’stloq bilan qoplangan. Barglari toqpatli murakkab, 5-7 ta tuxum­simon, arrasimon qirrali bargchalardan tashkil topgan bo’lib, ban- di yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan. Yirik qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, xushbuy, besh bo’lakli gullari 2-3 tadan shoxchalariga joylashgan. Shakli va rangi turlicha, shirali, gul o’midan hosil bo’lgan soxta mevaga ega. Na’matak aprel - may oy­larida gullaydi, mevasi sentabr oyida pishadi.
Na’matak turlari Markaziy Osiyoning hamma respublikalaridagi o’rmonlarda, tekisliklarda, tog’-cho’l tumanlarida, to’qaylarda, tog’laming pastki (tog’ etaklari), o’rta va yuqori qismlarigacha bo’lgan ariq bo’ylarida, butalar orasida, tog’larning quruq toshloq yon bag’irlarida, yong’oqzor va archazorlarda, bog’larda va boshqa yerlarda o’sadi. Tibbiyotda na’matakning soxta mevasi ishlatiladi. O’simlik mevasi avgust oyining oxirlaridan boshlab toki oktabr oyigacha yig’iladi.
Sovuq urgan mevalarida vitamin C miqdori kamayib ketadi. Mevasini yig’ayotgan vaqtda qoTga tikan kirmasligi uchun brezent qo’lqop kiyib olish lozim. Yig’ilgan mevalar tezda ochiq havoda-quyoshda yoki +80-90°S xaroratli issiqxonalarda quritiladi. Ba’zan na’matak mevasi quritilmasdan dorivor preparatlar olish uchun to’g’ridan-to’g’ri farmatsevtika zavodlariga qayta ishlash uchun yuboriladi. Qurigan mevalari kosachabarg va boshqa qoldiqlaridan tozalanadi.
Mevasi tarkibida 4-6%, ba’zan 15% gacha C vitamini, B, E, P va К vitaminlari, 12-27 mg% karotin, 29% gacha organik (limon, olma va boshqa) kislotalar, 18% gacha qandlar, 3,7% gacha pektin, 4,5% gacha oshlovchi moddalar mavjud. Na’matak umg’ida moy va boshqa faol birikmalar bor. Na’matak turlarining mevasi turli vi­taminlar saqlovchi polivitaminli mevalarga kiradi, ya’ni “tabiiy vi­taminlar konsentrati” deb ataladi.
Yuqori vitaminli turlari (Begger na’matagi va Fedchenko na’matagi) avitaminoz kasalliklarini davolash va ulaming oldini olish uchun qo’llaniladi. Urug’idan olingan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti - karatolin kuyganni, trofik yaralami, ekzema, teri kasalliklarini, rentgen nuridan kuygan joylami, yarali kolit va boshqa kasalliklami davolashda ishlatiladi.



Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish