Grek yong’og’i (Орех грецкий) -Juglans regia, L.
Bargidan olingan yuglon preparati (surtma, eritma va suspenziyalar) ilmiy tibbiyotda teri sili, ekzema, surunkali epidermofitiya, temiratki, terining yuqumli, yiringli va boshqa kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladi. Yong’oqning xom mevasi po’stida yuqori miqdorda C vitamini (2000 mg % gacha) mavjud bo’lib, undan C vitamin konsentrati tayyorlanadi, singa va boshqa avitaminoz kasalliklarini davolash hamda ularning oldini olishda ishlatiladi.
Jo’ka (Липа) - Tilia L.
Jo’ka daraxti Jo’kadoshlar - Tiliaseae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 25 m gacha yetadigan daraxt. Jo’ka turlari O’zbekistonga introduksiya qilingan, o’rmonchilik va ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Tibbiyotda jo’kaning quyidagi Yuraksimon mayda bargli jo’ka (Липа сердцевидная, мелколистная) - Tilia sordata Mill. va yirik bargli jo’ka (Липа крупнолистная) — Tilia Platyphyllos Scop. turlaridan olinadigan gullari ishlatiladi.
Jo’kaning barglari o’tkir uchli, arrasimon qirrali bo’lib, uzun bandi yordamida shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Xushbo’y, sariq rangli, besh bo’lakli gullari 2-5 (keng bargli jo’kada) yoki 5-11 (yuraksimon jo’kada) tadan yarim soyabon gul to’plamiga joylashgan. Mevasi - tukli, besh qirrali yoki sharsimon, maydaroq (yuraksimon jo’kada) yong’oqcha.
Jo’ka iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda etiladi. Jo’ka turlari MDHning Yevropa qismi, Kavkaz, Qrim va G’arbiy Sibirdagi o’rmonlarda o’sadi, ba’zan katta maydonlarda jo’kazorlami (masalan Boshqirdistonda) tashkil qiladi. Jo’ka turlari manzarali daraxt sifatida istirohat bog’larida, ko’chalarda va bog’larda o’stiriladi. Jo’kadan shifobaxsh asal olinadi. Tibbiyotda gullari qo’llaniladi. Ulami gullagan vaqtida guloldi bargi bilan birga qirqib olib yig’iladi va soya joyda quritiladi.
Yuraksimon mayda bargli jo’ka (Липа сердцевидная, мелколистная) - Tilia sordata Mill
Guli tarkibida 0,05 % efir moyi, tiliatsin va gesperidin (flavonoid) glikozidlari, triterpen saponinlar, C vitamini, karotin, shilliq, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Guli va uning damlamasi terlatuvchi yig ‘malar-choylar tarkibiga kiradi. U shamollash kasalliklarida terlatuvchi dori sifatida hamda tomoq og’riganda og’iz va tomoqni chayish uchun ishlatiladi. Jo’ka turlarining gulidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida shamollash kasalliklarida terlatuvchi, qon oqishini to’xtatuvchi vosita sifatida ham qo’llaniladi. Damlamasi yana yo’talni, turli asab kasalliklarini va bosh og’rig’ini davolashda ishlatiladi. Issiq damlamasi bilan tomoq og’riganda tomoq chayiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |