Oltoy do’lanasi (Crataegus altaica Lange.). Ushbu do‘lana turi Oltoy, Tyan-Shan, Pomir-Oloy tog‘larida va MDH ning Yevropa qismida keng tarqalgan. Pomir-Oloyda 1500-3000 metr balandliklarda toshloq va qumloq yerlarda o‘sadi. Sof do‘lanazorlar tashkil etmaydi, aksincha archa, qayin, qatrang‘i turlari bilan aralash o‘sadi. O‘rmon melioratsiyasi uchun juda qimmatli daraxt turi.Butasimon shox-shabbasiga ega daraxt, 5 metr balandlikka ega. Novdalarida 1-5 sm gacha uzunlikdagi tikanlari mavjud bo‘lib, jigarrangda. Iyun oyida gullaydi. Gullari yarim zontiksimon shaklda, oqish sarg‘ish rangda. Mevalari avgust-sentabrda yetiladi, sharsimon qirrali qahrabo olovrang, iste’mol uchun yaroqli. Mevasi unsimon, 3-5 ta urug‘danakchasi bor. Urug‘idan ko‘payadi. Do‘lananing xalq xo‘jaligidagi ahamiyati katta, undan har xil maqsadlar uchun foydalanish mumkin. U aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlash-tirishda to‘da-to‘da yoki qator qilib ekiladi. Parklarga ko‘pincha yarim yumshoq do‘lana (Crataegus submollis Sarg.) turi ko‘p ekiladi. Ular oval shaklidagi chiroyli shox-shabbasi va yirik mevalari bilan, ayniqsa, ko‘zga tashlanadi. Doiananing pushti rang, qat-qat gulli shaklini (Crataegus monogyna f. plenogort Jacg.) bog’larda ekish maqsadga muvofiq. Shaharlar atrofida yashil mintaqalar barpo etish uchun do’lananing Oltoy do‘lanasi (Crataegus altaica Lange.), Hisor do’lanasi (Crataegus hissarica Pojark.), sariq mevali do’lana (Crataegus pseudoazarolus L.), Pontiya do’lanasi (Crataegus pontica C.Koch.) turlarini ekish kerak. Bu turlar qurg‘oqchilikka chidamli boiib, har xil sharoitda o‘sa oladi. Doiananing ayrim turlari yashil to‘siq uchun juda mos keladi. Ularni butash va shakl berish oson. Bular qatoriga Oddiy tikanli doiana (Crataegus oxyacantha L.) turlarini kiritish mumkin. Do’lana mazali mevasi bilan mashhur. Uning ko‘p turi Xitoyda, Italiyada, Jazoirda, Ispaniyada, Meksikada va Gvatemalada mevasi uchun ekiladi. Uning yetilgan mevasi yumshoq, shirin va nordon boiadi. Tarkibida qand, kislota va S vitamin, karotin va boshqa xil moddalar bor. Undan marmelad, qiyom va kisel tayyorlashda foydalaniladi. Doiana
mevasining mazasi, shakli, rangi, hajmi, tashqi ko‘rinishiga qarab har xil boiadi. Crataegus pseudoazarolus L., Crataegus pontica C.Koch., Crataegus submollis Sarg., turlari mevalarining yirikligi bilan diqqatga sazovordir.
O‘rmonchilik ishlarida do‘lanadan ko‘p foydalanish mumkin, jumladan, Crataegus pontica C.Koch. o‘rmon melioratsiyasi uchun juda mos keladi, chunki uning ildiz tizimi yuzada boiib, yon tomonga qarab o‘sadi va tuproqning yuvilishidan saqlaydi. Do’lananing gullari nektarli, u turli vaqtda gullashi tufayli gullari yil bo‘yi asalarilar uchun oziq manbai boiadi. Mevasidan ekstrakt tayyorlanadi. Barg va gullarini qaynatib suvi ichilsa, markaziy asab tizimining tinchlanishiga ta’sir etadi. Meva ekstrakti yurak faoliyatini yaxshilashda va qon bosimini pasaytirishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |