Ishning maqsadi: Binolarining o‘tga chidamligini aniqlashni o‘rganish.
Ishning vazifasi:
Binolarning o‘tga chidamliligini aniqlash va ularga o‘tga chidamliligi bo‘yicha baho berish.
Umumiy ma’lumotlar
Yon‘inlar sodir bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishda va umuman hayotda juda katta iqtisodiy, ijtimoiy, texnik va boshqa turdagi zararlar hosil bo‘ladi. Ba’zi holatlarda insonlarning juda og‘ir jaroxat olish yoki umuman halok bo‘lish hodisalari yuz beradi. Natijada davlatga katta ma’naviy va moddiy yo‘qotishlar yetkaziladi.
Boshqaruvdan, nazorat ostidan chiqib ketgan va juda katta moddiy va boshqa turdagi zarar yetkazuvchi yonish jarayoni yong‘in deb ataladi.
Umumiy holatda xalq xo‘jaligida yong‘in sodir bo‘lishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Elektr uskunalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri ishlatilishi natijasida o‘rtacha 31 % yong‘in kelib chiqadi;
Olov bilan extiyotkor muomala qilmaslik oqibatida o‘rtacha 21 % yong‘in kelib chiqadi;
Pechkali isitish tizimlarining noto‘g‘ri ishlatilishi natijasida o‘rtacha 15 % yong‘in kelib chiqadi;
Texnologik uskunalarning buzilishi yoki noto‘g‘ri ishlatilishi sababli o‘rtacha 10 % yong‘in kelib chiqadi;
Qurilish materiallari va moddalar yonishga bo‘lgan xususiyatlari bo‘yicha 3 ta guruxga bo‘linadilar:
Yonmaydiganlar;
Qiyin yonadiganlar;
Yonadiganlar.
Yonmaydiganlar guruxiga normal sharoitda, 900 ºS gacha temperaturali ochiq alanga ta’sirida alangalanmaydigan, tutamaydigan va ko‘mirga aylanmadigan modda va materiallar kiradi. Masalan, bu guruxga granit, qum, pishirilgan va silikat g‘isht, po‘lat, beton, temir-beton konstruksiyalar va boshqalar kiradi.
Qiyin yonadiganlar guruxiga ochiq alanga va yuqori temperatura ta’sirida alangalanadigan va tutaydigan modda va materiallar kiradi. Ular faqat alanga manbai bo‘lsagina yonishda davom etadilar, manba yo‘qolsa yonish ham to‘xtaydi. Bu guruxga quruq gips suvoq, asfaltbeton, penoplast va boshqalar kiradi.
Yonadiganlar guruxiga ochiq alanga yoki yuqori temperatura ta’siri ostida alangalandigan, va yondiruvchi manba yo‘qolganda ham yonishda davom etadigan modda va materiallar kiradi. Yog‘ochlar, asfalt, bitum, qog‘oz va boshqa juda ko‘p modda va materiallar shu guruxga kiradi.
Bino va inshootlarning konstruktiv elementlari yong‘in vaqtida o‘zlarining ko‘tarib turuvchanlik, to‘sib turuvchanlik va boshqa xususiyatlarini saqlab turishi o‘tga chidamlilik deb aytiladi. Konstruktiv elementlarning “o‘tga chidamliligi chegarasi” degan kattalik mavjud bo‘lib, u soatda o‘lchanadi.Konstruktiv elementlarning olovga chidamliligi chegarasi ular ustida olov bilan sinov o‘tkazilib aniqlanadi. Masalan, g‘isht devorniki 5,5 soatga, temirbeton ustunniki 3,5 soatga, himoyalanmagan metall konstruksiyaniki 0,25 soatga va suvalgan yog‘och devorniki esa 1 soatga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |