Aniq bir ob’yektni himoyalash uchun kerakli yong‘in o‘chirgichlarning turi va darajasini tanlash.
Ob’yektda sodir bo‘lishi mumkin yong‘inning toifasini baholash asosida belgilanadi. Ularni qo‘llash samaradorligi ham zaryadlangan yong‘in o‘chiruvchi moddaga, ham bir qator hollarda hosil bo‘ladigan oqimlarning tavsiflariga bog‘liq bo‘ladi.
Yong‘in o‘chirgichlaridan samarali foydalanish, ularni qo‘riqlanadigan ob’yektda oqilona joylashtirilishi va ularning ishlash qobiliyatini saqlanishi, ya’ni ularning texnik holatini va texnik xizmat ko‘rsatilishini muntazam tekshirib turilishi bilan ta’minlanadi.
Yong‘in o‘chirgichlarning joylashtirilishi shunday amalga oshirilishi kerakki, ular yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari sifatida eng samarali foydalanilishi lozim.
Birinchidan, yong‘in o‘chirgichlarini yong‘in paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan joylar yaqinida, yo‘llaklar bo‘ylab va xonalardan chiqishda, joylashtirish kerak. Yong‘in o‘chirgichlari yong‘in paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan joylardan, xonalarning toifasiga qarab, turli masofada joylashtiriladi.
Massasi 15 kg gacha bo‘lgan yong‘in o‘chirgichlar shunday o‘rnatilishi kerakki, ularning tepasi poldan 1,5 m dan yuqori bo‘lmagan balandlikda bo‘lishi, nisbatan og‘irroq yong‘in o‘chirgichlari esa -1m dan yuqori bo‘lmagan balandlikda turishi lozim. Ular tasodifiy ta’sir natijasida yiqilish ehtimolidan majburiy mahkamlanish sharti bilan polda o‘rnatilishi mumkin.
Ikkinchidan, yong‘in o‘chirgichlarini joylashtirishda, ularning ishonchliyligini kamaytiruvchi omillarning (quyosh nurlari, issiqlik oqimlari, mexanik ta’sirlar) ta’siri bartaraf etilishi zarur.
Uchinchidan, ular shunday joylashtirilishi kerakki,ulardagi barcha yozuvlar va piktogrammalar yaxshi ko‘rinishi va ularga erkin yaqinlashish mumkin bo‘lsin. Yong‘in o‘chirgichlari о‘mashgan joylari haqidagi ko‘rsatmalar pol sathidan 2,0 - 2,5 m balandlikda ko‘rinarli joylarda o‘rnatilishi kerak. Yong‘in o‘chirgichlarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning ishlatishga doim tayyor holatda bo‘lishini, butun ekspluatatsiya qilish davri mobaynida barcha qismlarining ishonchli ishlashini ta’minlashi shart. Bu ularga xizmat ko‘rsatilishining aniq reglamentatsiyasi bilan ta’minlanadi.
Yong‘in o‘chirgichlarining texnik holatini nazorat qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish korxona yoki muassasa bo‘yicha buyruq bilan tayinlangan, maxsus tayyorgarik ko‘rgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Birlamchi tekshiruv yong‘in o‘chirgichini ekspluatatsiyaga tushirishdan oldin amalga oshiriladi. Bunda yong‘in o‘chirgichi tashqi ko‘rikdan o‘tkaziladi va uning komplektatsiyasi, o‘rnatish joyini holati, yoniga erkin o‘tish imkoni tekshiriladi.Yong‘in o‘chirgichlarining detallarida mexanik shikastlanishlar bo‘lmasligi, indikatorlaryoki manometrlarsoz holatda bo‘lishi zarur.
Har chorakdagi tekshiruv yong‘in o‘chirgichlari o‘rnatilgan joyni, ularga yaqinlashish yo‘llarini ko‘rib chiqish va yong‘in o‘chirgichlarini tashqi ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Har yillik tekshiruv har choraklik tekshiruv hajmida o‘tkaziladi hamda gaz ballonidan yoki gazli yong‘in o‘chirgichidan siqib chiqariladigan gazning sizib chiqish kattaligini qo‘shimcha ravishda nazorat qiladi. Shuningdek yong‘in o‘chirgichlarini ochish (to‘liq yoki qisman), filtrlarning holatini, yong‘in o‘chiruvchi moddalarning parametrlarini tekshirish ishlari bajariladi. Agar ular normativ hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lmasa, yong‘in o‘chirgichlarini qayta zaryadlash kerak bo‘ladi.
Kamida besh yilda bir marta har bir yong‘in o‘chirgichi va siqib chiqaruvchi gazli ballon zaryadsizlantiriladi, yong‘in o‘chirgichining korpusi to‘liq yong‘in o‘chirish moddalaridan qoldiqlaridan tozalanadi, chidamliyligi bo‘yicha gidravlik sinovlar hamda yong‘in o‘chirgichi korpusining, ishga tushirish kallakchasining, shlangning va qulflash qurilmasining germetiklikligi bo‘yicha pnevmatik sinovlar o‘tkaziladi.
Havo-ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlar korpusining ichki sirti polimerli yoki epoksidli qatlam bilan himoyalangan, yoki yong‘in o‘chirgichning korpusi zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan, yoki tarkibida ftori bor ko‘pik hosil qilgich konsentratsiyalashgan holda alohida idishda bo‘lib, faqat yong‘in o‘chirgichlari qo‘llaniladigan vaqtda suv bilan aralashtiriladigan, havo-ko‘pikli yong‘in o‘chirgichlariularni ishlab chiqaruvchi firma tomonidan tavsiya qilingan davriylik bilan tekshirilishi lozim.
Bunday yong‘in o‘chirgichlari kamida 5 yilda bir marta qayta zaryadlanishi
kerak.
Kukunli yong‘in o‘chirgichlar transport vositalarini himoyalash uchun foydalaniladigan kukunli yong‘in o‘chirgichlari kamida 12 oyda bir martalik interval bilan, to‘liq hajmda, albatta tekshirilishi zarur.
Transport vositalarida kabinadan yoki salondan tashqarida o‘rnatilgan, hamda noqulay iqlimiy va (yoki) jismoniy omillar ta’siriga duchor bo‘ladigan kukunli yong‘in o‘chirgichlari, kamida bir yilda bir marta qayta zaryadlanishi, transport vositalarida o‘rnatiladigan boshqa yong‘in o‘chirgichlari - kamida ikki yilda bir marta qayta zaryadlanishi kerak.
O‘tkazilgan tekshiruvlar va sinovlar haqida yong‘in o‘chirgichiga, uning pasportiga va yong‘in o‘chirgichlarini hisobga olish daftariga belgilar qo‘yiladi.
Yong‘in o‘chirish asbob - anjomlari
Yong‘in o‘chirish asbob - anjomlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
yong‘in o‘chirish qalqoni;
yong‘in o‘chog‘ini izolyatsiya qilish uchun mato (yopqich);
yong‘in o‘chirish shkaflari.
Do'stlaringiz bilan baham: |