Yong’in tufayli halok bo’lganlarning umumiy soni
141 ta 91 ta 82 ta 89 ta
2017- yil 2018-yil 2019-yil 2020-2021-yillar
Yong‘in xavfsizligi targ‘iboti o‘zining amaliy faoliyatida an’anaviy shakllarni barcha mumkin bo‘lgan vosita va kanallardan foydalangan holda takomillashtirish, yangi shakllarni doimiy izlash, tashkiliy tuzilmalar va kasb mahoratini oshirish, ijodiy jamoalar bilan aloqalarni kengaytirish va mustahkamlashni davom ettiradi.
Kelgusi yillar uchun yong'inga qarshi tashviqotni takomillashtirishning eng muhim sharti targ'ibotning alohida turlari va shakllarini tahlil qilish mezonlari va usullarini ishlab chiqish, shuningdek, yong'inlar sonini kamaytirish va yong'inlar sonini kamaytirishning yakuniy ta'siriga olib keladigan ajralmas oqimi bo'lishi kerak. ulardan qurbonlar. Bu arxetipik vazifa, ammo ayni paytda arxetipik vazifadir, chunki faqat uning yechimi yong'inga qarshi tashviqotning turli shakllaridan moslashuvchan foydalanishga imkon beradi va jamoat ongi va xatti-harakatlaridagi muayyan o'zgarishlarga sezgir munosabatda bo'ladi.Uzoq muddatli istiqbolda, yong'in tashviqoti ma'lum bir yong'in xavfini oldindan belgilab beruvchi omilga aylanishi kerak, u haqiqatda paydo bo'lishidan oldin ham undan ehtiyot bo'lishga o'rgatadi. Bu ilmiy-texnika taraqqiyoti doimo yong'in xavfining barcha yangi turlarini keltirib chiqarishi bilan izohlanadi va yong'in tashviqotining vazifasi o'z faoliyatida buni oldindan ko'ra bilishdir.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha
Hukumat komissiyasining 2021-yil 2-noyabrdagi 23-sonli yigʻilish bayoni va
Sirdaryo viloyati hokimining 2021-yil 29-noyabr kunidagi 164-9-0-F/21-sonli
Farmyishi ijrosini ta'minlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining
"Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonunining 6, 25-moddalariga
muvofiq:
1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha
Hukumat komissiyasining 2021-yil 2-noyabrdagi 23-sonli yigʻilish bayoni ijro
uchun qabul qilinsin.
2. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha
Hukumat komissiyasining 2021-yil 2-noyabrdagi 23-sonli yigʻilish bayoni 3-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2021-yil 9- noyabrdagi 2/6/17-104-sonli koʻrsatmasiga asosan tuman hududida 2021-yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yongʻin xavfsizligi oyligi” oʻtkazilsin.
3. “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish komissiyasi 2- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oylik davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va tegishlicha viloyat Komissiyasiga hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga taqdim etib borish uchun Favqulodda
vaziyatlar boʻlimida tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ni tashkil etish va oʻtkazish komissiyalari tomonidan har oʻn kunda oylikning borishi muhokama qilinsin va unda mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitilsin.
8. Tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti tuman filiali, “Elektr tarmoqlari korxonasi” va barcha tashkilot, korxona, boʻlim, muassasa va idoralar rahbarlariga: - Jamoatchilik “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga keng jalb etilsin.
- Hokimlik, korxona va tashkilotlar majlislarida oʻzlariga qarashli ob’ektlar va uy-joy fondining texnik holati, yongʻin xavfsizligi masalalarini koʻrib chiqilishini tashkillashtirsin, bunda gaz, energetika, suv xoʻjaligi va isitish moslamalarining holati va sozligiga alohida e’tibor qaratilsin.
- Ob’ektlar va uy-joy fondini yongʻinga xavfsiz holatga keltirish uchun ajratilgan mablagʻlarning qat’iy ravishda maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat oʻrnatgan holda oʻziga qarashli yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini yongʻinga qarshi suv ta’minoti manbalari (gidrantlar, rezervuarlar, suv hovuzlari, ichki yongʻin oʻchirish joʻmraklari)ni soz holatga keltirish chora-tadbirlari koʻrilsin.
- Tashkilotlar ishchi-xizmatchilari, ta’lim muassasalari oʻquvchilari va aholi oʻrtasida yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazilsin va yongʻin xavfsizligi chora tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish ishlari kuchaytirilsin, jamoatchilikni yongʻinlarning oldini olish tadbirlariga keng jalb etish maqsadida koʻrgazmalioʻquv seminarlari hamda mahallalarda aholi bilan tasdiqlangan reja-grafiklar asosida bevosita rahbar hodimlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etilsin.
- Yongʻin-portlash xavfi mavjud ob’ektlarning ishchi va xizmatchilariga yongʻin xavfsizligi talablarini oʻrgatish maqsadida uchrashuv va seminarlar, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini qoʻllash boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, koʻngilli yongʻin oʻchirish drujinalari orasida musobaqalar oʻtkazilsin.
- Hayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlarini jalb etgan holda yongʻin xavfsizligi mavzusida plakatlar, bukletlar va boshqa turdagi koʻrgazmali tashviqot materiallari chop etilishini tashkil etilsin.Jamoat transporti va aholi koʻp toʻplanadigan joylarda oylik oʻtkazilayotgani haqidagi reklama yozuvlari, plakatlar joylashtirilsin.
- Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, gaz va elektr idoralari hamda tuman gazetasi vakillari bilan hamkorlikda oylik mobaynida va kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish borasida qoʻshma reydlar tashkil etish, ularning natijalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin.
9. Tuman Davlat soliq inspektsiyasi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti tuman filiali, Elektr ta'minoti korxonasi sifat sertifikatiga ega boʻlmagan nostandart isitish vositalarini ichki bozorda sotilishini oldini olish boʻyicha qat’iy choralar koʻrsin.
10. Tuman hokimligi axborot xizmati, tuman gazetasi tahrirriyati va
Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan birgalikda “Yongʻin xavfsizligi oyligi”ning oʻtkazilishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib, oylikni targʻib qiluvchi hamda yongʻin xavfsizligi boʻyicha mavzuga oid maxsus videoroliklar ishlab chiqsin va ularning muntazam namoyish etilishini ta’minlasin.
11. Tuman Xalq ta’limi boʻlimi, Maktabgacha ta’lim boʻlimi va Favqulodda vaziyatlar boʻlimi bilan hamkorlikda:
- maktab, maxsus maktab internat, litsey, mehribonlik uylari va boshqa ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalarning savodxonligini oshirish maqsadida yongʻin xavfsizligi mavzusida turli viktorinalar va yosh yongʻin oʻchirish drujinalarining musobaqalari oʻtkazilsin.
- ta’lim muassasalarida yongʻin xavfsizligi talablarini, isitish pech va vositalaridan xavfsiz foydalanish qoyidalari borasida profilaktik-tushuntirish ishlari, shu jumladan maxsus darslar, oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar bilan tezkor evakuatsiya mashgʻulotlari tashkil etilsin.
12. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi (A.Rustamov):
Yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishining har bir holati boʻyicha puxta tekshiruvlar oʻtkazilsin, yongʻin roʻy berishiga yoʻl qoʻygan mutasaddilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrilsin.
- Obyektlarda maxsus xizmatlar kuch va vositalarini jalb qilgan holda koʻrgazmali yongʻin oʻchirish taktik mashq va mashgʻulotlar oʻtkazilsin hamda yongʻin-qutqaruv texnikalarining taktik imkoniyatlarini namoyishini tashkil etilsin.
Yangi qurilayotgan bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablari, shu jumladan yongʻin xavfsizligi talablari asosida amalga oshirilayotganligini oʻrganilsin.
- Mahalla faollarini keng jalb qilgan holda aholi orasida yongʻin xavfsizligini ta’minlash borasidagi tushuntirish ishlarini kuchaytirilsin, yongʻinlarga va boshqa baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin boʻlgan qonun buzarliklar yuzasidan qat’iy choralar koʻrilsin.
13. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari B.Berdiyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman komissiyasi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, komissiya tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funktsiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Tuman komissiyasi tarkibiga zaruratdan kelib chiqib, komissiya rahbari tomonidan hokimlik, korxona va tashkilotlarning mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Tuman ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funktsiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ishchi guruh tomonidan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va tegishlicha tuman Komissiyaga hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga taqdim etib borish, amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar davomida yongʻin kelib chiqishiga, insonlarni turli favqulodda vaziyatlardan tan jarohati olish holatlariga olib keluvchi omillar aniqlangan taqdirda, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish ustuvor vazifa etib tayinlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |