Blits-so’rov uchun savollar
Xorazmiy-yirik shoir.
Xorazmiy haqida ma`lumot beruvchi manbaalar.
Shoir Xorazmiy ijodining o`rganilish tarixi.
Xorazmiy ijodiga eskicha qarashlarga munosabat.
Sharq adabiyotida «Noma» janri.
Xorazmiy «Muhabbatnoma» asarining yaratilish tarixi.
«Muhabbatnoma» asarining kompozision hususiyatlari.
«Noma» janrining hususiyatlari.
«Muhabbatnoma» asarida timsollar g`oyaviy yo`nalishlar.
«Muhabbatnoma» asarining badiyati.
O`zbek adabiyoti tarixida 20 asr adabiyotida muhabbatnoma an`analari.
O`zbek adabiyoti tarixida «Muhabbatnoma» asarining o`rni.
«Muhabbatnoma» asarining badiiy tili.
«Muhabbatnoma» asarida dunyoviy sevgi mavzusi. «Yor va oshiq» obrazi.
«Muhabbatnoma» asarining nusxalari.
Amaliy mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti – 2soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O‘quv mashg‘uloti shakli
|
Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo’yicha
seminar
|
Amaliy
mashg‘ulotining rejasi
|
Sakkokiy hayoti va ijodiy merosi.
Sakkokiy she'riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari, mazmun-mohiyati.
Oshiq, yor, raqib obrazlari qiyofasi.
Sakkokiy qasidalarida tarixiy shaxslar qiyofasi, ularga munosabat masalasi.
"Ulug`bek madhi" qasidasining ma'rifiy ahamiyati.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Sakkokiy she'riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari, mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- ma’ruzada olingan bilimlarni mustaxkamlash va ular asosida dokladlar tayyorlash ko’nikmalarini hosil qilish;
- darslik bilan ishlash
ko’nikmalarini hosil qilish;
- mavzu yuzasidan tushunchalarni tahlil
qilish va o’z fikrini ifodalash
ko’nikmalarini rivojlantirish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
mavzudagi asosiy tushunchalar yuzasidan
Sakkokiy hayoti va ijodiy merosi haqida fikr yurita oladi;
Sakkokiy she'riyatining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari, mazmun-mohiyati haqida fikr yurita oladi;
Oshiq, yor, raqib obrazlari qiyofasi haqida fikr yurita oladi;
Sakkokiy qasidalarida tarixiy shaxslar qiyofasi, ularga munosabat masalasi haqida fikr yurita oladi;
"Ulug`bek madhi" qasidasining ma'rifiy ahamiyati haqida fikr yurita oladi;
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Muammoli seminar, suhbat, aqliy hujum, munozara, namoyish
qilish.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanmasi, konspektlar, proektor, doska.
|
O‘qitish shakli
|
Jamoa va guruhlarda ishlash.
|
O‘qitish sharoitlari
|
Guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya
|
Amaliy mashg‘ulotining texnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish
(5 min.)
|
1.1. O’quv mashg‘ulotining mavzusi maqsadi,rejalashtirilgan natijasi va uni o’tkazish rejasini aytadi.
1.2. Mashg‘ulot munozara tarzida o’tishini
ma’lum qiladi.
|
1.1. Diqqat bilan
tinglaydilar va yozib oladilar.
|
2-bosqich.
Bilimlarni
faollashtirish
(10 min.)
|
2.1. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosida blits-so’rov o’tkazadi (1-ilova)
2.2. Ish guruhlarda / juftliklarda o’quv
vazifani bajarilgandan so’ng “Muammoli
seminar” sifatida davom ettirilishini
e’lon qiladi. “Muammoli seminar”
qoidalari bilan tanishtiradi (2-ilova).
Guruhlarda ishlash qoidalarini eslatadi.
|
2.1. Mavzu bo’yicha tushunchalarga ta’rif beradilar.
|
3 – bosqich.
Asosiy
(55 min.)
|
3.1. Talabalarni 4 ta guruhlarga ajratadi.
Davra suhbatida muhokama qilish uchun
savollar va vazifalarni tarqatadi (3-
ilova).
Vazifani bajarishda qo’shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini ta’kidlaydi.
3.2. Guruhlarni o’zaro baholashni tashkil
etadi. Natijalarni baholash varaqlarini
tarqatadi (4-ilova).
3.3. Guruhlarda ish boshlaganligini e’lon
qiladi, maslahatlar beradi.
3.4. Prezentatsiyalarni taqdim etishlarini
taklif qiladi va munozarani shakllantiradi. Munozara savol-javoblariga aniqlik iritadi.
Munozara bo’yicha xulosalar qiladi.
|
3.1. O’quv vazifasi oladilar va tanishib chiqadilar.
3.2. Vazifani bajaradilar,
taqdimot varaqlarini
rasmiylashtiradi.
3.3. Boshqa guruhlar uchun
savollar tayyorlaydi.
Munozarada ishtirok etadi.
Yozib oladi.
|
4-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
4.1. Ishga yakun yasaydi umuiy xuloslar
qiladi talabalarni baholaydi.
4.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
4.1. Tinglaydilar, vazifani
yozib oladilar.
|
1-ilova
Blits-so‘rov savollari
Sakkokiyning ijodi xususan qaysi xukmdorning davriga to`g`ri keladi.
Sakkokiy lirik shoir.
Shoir Sakkokiy hayoti va ijodi haqida ma`lumot beruvchi manbaalar.
Sakkokiy ijodining o`rganilish tarixi ularga munosabat.
Sakkokiyning adabiy merosi.
Shoir Sakkokiy devonining kompozisiyasi.
Sakkokiy lirikasining mavzulari.
Shoir Sakkokiy lirikasida timsollar tizimi.
Sakkokiy lirikasining g`oyaviy yo`nalishlari va badiiy hususiyatlari.
Sakkokiy ijodida ilohiy muhabbat mavzusi.
Shoir Sakkokiy g`azallarining badiiy go`zalligi.
Sakkokiy lirikasida insoniy muhabbbat masalasi.
Sakkokiy qasidanavis.
Sakkokiy asarlarida qasida janri hususiyatlari.
Shoir Sakkokiy qasidalari tahlili.
Shoir Sakkokiy lirikasining tarbiyaviy ahamiyati.
Sakkokiy devonining muhim bir qismini nimalar tashkil etadi.
O‘quv materiallar
Sakkokiy hayoti va faoliyati haqida juda oz ma'lumot saqlanib qolgan. Bu shoir haqida Alisher Navoiyning "Majolisun nafois" asarida va Yaqiniyning "O`q va yoy" munozarasi asarida ayrim ma'lumotlar saqlanadi. Sakkokiy XV asrda Samarqqandda yashab ijod etgan. Sakkokiyning asli ismi noma'lum, Sakkokiy uning taxallusi bo`lib "sakkok" pichoqchi so`zidan olingan. Sakkokiyning nomi Ulug`bek bilan bog`liq bo`lib, u hukmronlik qilgan yillarda uning homiyligi ostida yashaydi, unga atab bir nechta qasidalar yaratadi.
Sakkokiy devonining bir nechta to`liq bo`lmagan qo`lyozma nusxalari yetib kelgan. Devon g`azallar hamda qasidalardan iboratdir. Sakkokiy devonining ham asosiy janri g`azallardir. Shoir g`azallarida dunyoviy-samimiy sevgini kuylaydi, ulug`laydi. Uning g`azallarida ham uch obraz: oshiq yor va raqib obrazlari talqin qilinadi. Oshiq ishqda samimiydir. Orzuli-umidlidir. Shoir ana shu umidlar, orzular yo`lidagi oshiqning kechinmalarini tasvirlaydi. Oshiq avvalda ishq yo`li dushvorliklarini his etmagan, bu yo`lga tushgach esa uning jabru-jafolaridan aziyat chekkan bir «jon»dir.
Ishq ishin Sakkokiy avval bilmayin oson ko`rub,
Oxiri o`z jonining ishini dushvor ayladi.
Lekin oshiq bu qiyinchilikdan chekinmaydi, balki, Farhod Shirin ishqida "ko`hkan" bo`lsa, u "jonkan" bo`lishni orzu qiladi. Shuning uchun ham u yoridin nuqsonlardan soqit bo`lib vafo taraf bo`lishini istaydi.
Bilursenkim kechar dunyoi foniy,
Qulungga qilmagil javru jafoni.
Base ko`p va'dalar qildingu bording,
Kel emdi va'daga qilgil vafoni.
Yor odatdagidek go`zal, biroq purjafodir.
Turrang ko`ngul shahrinda ko`b oshibu g`avg`o qunqorib,
Jon mulkini g`orat qilur har lahza zulfing lashkari.
Bosqinchi lashkar mamlakat mulkini talasa, yorning "zulf lashkari" jon mulkini talaydi, bosqinchi lashkarlar mamlakat shahrida g`avg`o chiqarsa, turra (kokili) ko`ngul shahrida g`avg`o chiqaradi. Raqib oshiq va yor o`rtasiga rahna soladi, oshiqning nazdida u yorni vafo yo`lidan chalg`itadi. Go`yoki raqib jarangli soz changning ovozi orasiga tushib qolgan karnayga o`xshaydi.
Tangriliq bulg`oy raqibni majlisingdin qoblasang,
Xay erur xud odamiy sak birla bo`lsa oshno,
Sen bukundin so`ng hukm qil, o`z maqomin saqlasun,
Ne qilar changu chig`ona orasida karranoy.
Chang bilan karnayni qo`shib chiroyli kuy chiqarib bo`lmaganidek, vafoli bo`lmoq uchun o`rtaga (itni) raqibni qo`yib yovlashib bo`lmaydi. Sakkokiy o`ziga xos chiroyli usullarni yaratadi.
O`xsh.
1. Movaraunnahr ichra qoldi, chunki ikki yonima,
Ko`zlarimning biri Sayhun, biri Jayhun ayladi.
2.Sabo zulfingni tog`itti magar, xoli xayolimda:
Yozildi ajdar bo`ldi, uroldi Ahriman bo`ldi.
3.Og`zing ko`zungga pistau bodom o`zini tutsa teng,
Og`zini sindur pistaning, yor o`rtadin bodomni.
4. Gar hajring o`ti jonu jigarga yoqa keldi,
Jonimga ne xush sharbati vaslin yoqa keldi,
Hajr o`ti nega majruh etib buzdi jigarni.
Vasling bu shifo malhami ne xush yoqa keldi.
Devona bikin tishlab emas yugra yuruda,
Jon pora qilur xolda elimga yoqa keldi.
Qasidalari:
1.Ulug`bekka-4ta.
2.Xalil Sultonga-1ta.
3.Xoja Muhammad Porsoga-1ta.
4.Asrlon Xoja Tarxonga-4ta qasida bitadi.
Bular ichida Ulug`bekka atalgan qasidasi alohida o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |