O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Andijon Mashinasozlik Inistuti
“Transport va logistika” fakulteti
YUTTvaUE yo’nalishi 4-boshkich 284-gruh talabasi Sultonov Oybekning Avtomobillar texnik ekspluatsiyasi va servis fanidan yozgan Avtomobillar texnik ekspluatsiyasi va servis
Mavzu: Avtomobillar servisi-avtomobillarga xizmat ko‘rsatishning umum tan olingan usulidir
Tеkshirdi: Mamasoliyev B
Andijon 2022
Avtomobillar servisi-avtomobillarga xizmat ko‘rsatishning umum tan olingan usulidir
Reja
Avtomobillarga servis usulida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida tushunchasi, uning mohiyati.
Avtoservisning dunyoda va mamlakatimizda paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
Avtoservis xizmatining turlari, ta’rifi va iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati.
1. Avtomobillarga servis usulida xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida tushunchasi, uning mohiyati
Jahonda avtomobillar ishlab chiqarilib, ulardan transport vositalari sifatida foydalana boshlagan davrdan boshlab (XX asr boshlari) avtomobillarning texnik holatini doimiy tiklab borish ehtiyoji yuzaga keldi. CHunki avtomobil insonlarga xizmat qilishi uchun texnik jihatdan soz, ishonchli bo‘lishi va harakatlanganda xavfsizlikni ta’minlashi kerak edi. Buning uchun ularga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va ishdan chiqqan detallari va qismlarining ishlash qobiliyatini tiklash yoki almashtirish (ta’mirlash) ishlarini bajarish talab etilgan.
Jahon avtomobil transporti amaliyotida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ularni ta’mirlashda quyidagi usullardan foydalanilaniladi:
- avtotransport egalari (korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar) o‘z avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni o‘zlari tashkil etadilar;
- TXK va ta’mirlashga ixtisoslashgan maxsus servis korxonalar xizmatidan foydalaniladilar;
- avtotransport egalari texnik xizmatning ba’zi oddiy va yengil ishlarini (avtomobillarni yuvish, tozalash, bo‘shagan joylarini qotirish, ayrim detallarini almashtirish, va h.k) o‘zlari bajaradilar, murakkab ishlarni bajarish uchun esa (agregat, detallar, kuzovlar, tizimlar va h.k larni ta’mirlash, sozlash, almashtirish va h.k) maxsus xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan servis korxonalar xizmatidan foydalaniladilar.
Servis inglizcha “servise” so‘zidan olingan bo‘lib, turli holdagi xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, avtomobillarga ham texnik xizmat ko‘rsatish) ma’nosini bildiradi . Xizmatlar servis usulida bajarilishi uchun u quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart:
hammabopligi, yahni xizmatlardan barcha turdagi mijozlar fodalanaolishlari, shu bilan birga ular o‘zlari istagan korxona xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi;
bajarilgan xizmatlar sifati davlat qonunlari va soha standartlari asosida kafolatlanishi;
xizmat ko‘rsatishlar bozor munosabatlariga asoslanganligi, unda mijozlarni jalb qilish uchun raqobat mavjudligi;
almashtirilgan ehtiyot qismlar ishonchli ekanligi (sertifikatlanganligi);
xizmatlardan foydalanishning qulayligi, mijozlarni o‘ziga jalb qila oladigan xususiyatlarga ega ekanligi.
Avtoservis xizmatining asosiy vazifasi mamlakatlardagi avtomobil transportini, qaysi mulk shaklida bo‘lishidan kati nazar, beto‘xtov, xavfsiz, tejamkor va ishonchli ishlashini ta’minlashdir.
Deyarli har kuni ishga chiquvchi avtomobillarni yonil g‘i-moy bilan ta’minlash, ularni yuvish-tozalash va nazorat qilish hamda zarur bo‘lsa xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash talab etiladi. Bu vazifalar ilgari bizning mamlakatimizda avtomobillar asosan avtotransport korxonalarida jamlanganligi sababli mazkur korxonalarda bajarilar edi. Aholiga tegishli avtomobillar 60 -yillargacha juda kam bo‘lganligi sababli, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash avtomobil egalari tamonidan o‘z xonadonlarida, murakkabroq ishlar esa avtotransport korxona-larida amalga oshirilar edi. 60-yillardan so‘ng esa aholiga tegishli avtomobillar sonining oshishi munosabati bilan ularga avtoservis xizmatini tashkil qilish ehtiyoji tug‘ildi va joylarda texnik xizmat ko‘satish shoxobchalari tashkil qilina boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |