O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 6,27 Mb.
bet4/90
Sana23.04.2022
Hajmi6,27 Mb.
#576988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
2022 o\'tsq tekshirilgani

Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarning o‘zbek tilida sohalar bo‘yicha nutqiy kompetentligini oshirish; og‘zaki va yozma nutqida mutaxassislikka oid sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarda o‘zbek tilida yozma va og‘zaki ravishda aniq, toʻgʻri va ravon nutq tuzish malakasini takomillashtirish; ularning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish, sohada nutq uslublari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xususan, soha doirasida qo‘llaniladigan rasmiy-idoraviy ish hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirishga o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifasi talabalarni fanga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda o‘zbek adabiy tili me’yorlarga mos tarzda nutq yaratish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish; talabalarni mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik hamda o’z echimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog’liq muammolar ham asta-sekin echimini topmoqda.O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustivor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
O’zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o’rganish ham O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi sohasi uchun nixoyatda muhimdir. O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi hozirgi davr tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi kursinining barcha o’quv yurtlarida o’rgatilishi quvonarlidir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi kursi lingvistik sohalarning barchasi bilan chambarchas aloqador,u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi soxasi adabiy til doirasida fonetikadan tortib to uslubiyatgacha bo‘lgan barcha lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan nutqning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi, boshqa nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi.
Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘Igan ijtimoiy hodisalardir. Inson nutqi bo‘lmasa, til vositalari boimasa, fikrlash ham bo‘lmaydi. Tafakkur bo‘lmasa, til, nutqning ham bo‘lishi mumkin emas. Tafakkur va til bir-birisiz mavjud bo‘lmasa ham, ular aynan bir xil hodisa emas. Tafakkur botiniy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosidir. Til esa fikrni ifodalash usuli, uni qayd etisb va boshqa kishilarga, avlodlarga yetkazish vositasidir. Boshqacha aytganda, til tafakkuming borliq shakli bo‘lsa, tafak­ kur tilning mazmunidir. Til milliy madaniyatning shakli sifatida tafakkuming hara- kati, uning faoliyati natijasida yaratilgan ma’naviy boyliklarni zamon va makonda abadiylashtiradi: ular doimo bir-birini taqozo qiladi, bir-birining yashashiga va rivojlanishiga yordam beradi. 4- topshiriq. Tilning bilish jarayonidagi o ‘mi haqida ijodiy bayon yozing. Yozma ishingizda quyidagi fikrlardan foydalaning:
— insonning borliqni anglash, yashash va ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi narsa, voqea-hodisalarni aks ettiruvchi barcha tushuncha va tasawurlari tilda o‘z ifodasini topadi.So‘z bilan tushuncha o‘rtasidagi birlik tafakkur jarayonining o‘ziga xos va ijtimoiy-tarixiy ong mahsulidir. Tushuncha borliqni anglash, aks ettirishning shunday shakliki, u narsa va uning xossalari haqida ma’lumot berib, hamma vaqt so‘zda ifodalanadi. Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib boradi. Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambar­ chas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishi- shi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib, o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bu- gungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi. Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko'pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-avlodga og'zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Til ilm olishda zamon va makon g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlariniham so‘z shaklida o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz. Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tugldiradi. Alibek Rustamov, «So‘z xususida so‘z» kitobidan.


Download 6,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish