Terminlarning yasalishi
Morfologik usul bilan termin yasashda o’zak-negizga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi va yangi terminlar hosil bo’ladi: Iste’molchi, tadbirkor, taqsimot.
Sintaktik usul bilan termin yasashda birikmali terminlar hosil qilinadi: sifat+ot yalpi mahsulot, sof daromad, sifatdosh+ot: kechiktirilgan talab.
Semantik usul bilan termin yasashda ma’no ko’chishining metafora usuli asosiy rolni o’ynaydi: yig’ma ko’rsatkich, pul massasi, o’rmalovchi inflyatsiya.
Hozirgi bosqichda barcha sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
I.Grammatika yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. Atamalarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2-topqshiriq. Kasb- hunarga oid so`zlar qaysi uslubga tegishli?
3-topshiriq. Bo`lajak kasbingiz haqida matn tuzib, uni badiiy uslubda ifoda eting.
II.Mashqlar bilan ishlash.
1-mashq. Hikoyatni o‘qing, taassurotlaringizni o‘rtoqlashing. Boshqa tildan o’zlashgan so’zlarni daftaringizga yozing.
Chin (Xitoy) xoqonlaridan biri ovga chiqdi. Ov paytida u o‘z
mahoratini ko‘rsatdi, hamma hukmdorni olqishladi. Faqat go‘zal va
sadoqatli kanizagi uning sha’niga hech narsa demadi. Hukmdor otib
o‘ldirgan kiyikka achindi. Bundan g‘azablangan xoqon kanizakni
cho‘lga tashlab ketishni buyurdi.
Oradan ancha vaqt o‘tgach, shoh yana ovga chiqdi. Cho‘lda
tashlab ketilgan kanizakka duch kelib qoldi. Kanizak avvalgidan
2-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. Ularning qaysi sohalarda
ishlatilishini ayting. Shu sohalarga oid yana qanday atamalarni bilsangiz daftaringizga yozing.
Uyga osdik bitta nok,
Yop-yorug’ bo’ldi har yoq.
O’zi qator joylashgan,
Bir-biriga boylangan.
Bir-birini kuzatar,
Behisob nur uzatar.
Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek.
Suv emas, simda oqar,
O’t emas, chiroq yoqar.
4- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Termin
2.Iqtisodiy, sohaviy
3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi
4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
5.Atama.
3-mashq. Olinma so‘zlarni berilgan guruhlarga ajratib ustun shaklida yozing.
Sport Ta’lim Elektronika
Stadion, elektronika, talaba , kollej, avtomobil, menejment, futbol,
faks, magistr, voleybol, kurs, internet, doktorant, telefon, kurash, litsey,
kompyuter, xokkey.
Do'stlaringiz bilan baham: |