O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Sezgi organlaridagi o„zgarishlar. 
Brutsellyozda bemorning sezgi 
a‘zolarida ham xususiy o‗zgarishlar ko‗riladi. Jumladan, bemorning ko‗rish 
a‘zolarida iridotsiklit, keratit va ko‗zning tomir to‗r pardasining zararlanishi 
uchraydi. Bemorning eshitish a‘zolarida yallig‗lanish jarayoni, ya‘ni otit, 


242 
mastoiditlar, eshitish nervining zararlanishi, vestibulyar apparatdagi 
o‗zgarishlar ko‗riladi. Bemorda xar xil tovushlarni eshitishi buziladi. 
Endokrin tizimdagi o„zgarishlar. 
Endokrin (ichki sekretsiya) bezlarida 
brutsellyozning, ayniqsa surunkali shakllarida qalqonsimon bez, qalqonsimon 
oldi bezi, me‘da osti bezi va buyrak usti bezlarida stroma sklerozi va 
parenximasining atrofiyalari uchraydi. Mutaxassislar fikriga ko‗ra, bu 
bezlardagi patalogoanatomik o‗zgarishlarga qaramay, klinik belgilar 
kamdan-kam namoyon bo‗ladi. 
Periferik qon ko„rsatkichlardagi o„zgarishlar. 
Brutsellyozda qonda 
gemoglobinni pasayishi, eritrotsitopeniya, rang ko‗rsatkichi 1 dan past 
bo‗lib, EChTning oshishi, ya‘ni 11-60 mm/soat bo‗lishi mumkin. Oq qon 
tanachalarida - leykopeniya, neytropeniya, nisbiy limfotsitoz, aneozinofiliya va 
trombotsitopeniya holatlari ro‗y beradi. 
Kasallik oqibati.
Ma‘lumki, brutsellyoz ilgari og‗ir o‗tib, uzoq davom 
etar edi, shuning uchun ham brutsellyoz o‗ta xavfli infeksiyalar guruhiga 
kiritilgan. Brutsellyoz boshqa kasalliklarga nisbatan uzoqroq - bir necha 
oydan bir necha yillargacha (2-3-5 yil) davom etib, bemorlarga azob 
beradigan va xalq xo‗jaligiga talaygina zarar yetkazadigan kasallikdir. 
Tashxisoti
. Brutsellyozning klinikasi ko‗p qirrali (polimorfizm) bo‗lib, 
turg‗un belgilarga ega bo‗lmasligi va politsiklik davom etishi kasallikni o‗z 
vaqtida aniqlash davolash uchun katta amaliy ahamiyatga egadir. Ma‘lumki, 
odatda kasallikni batafsil yig‗ilgan anamneziga, bemorning shikoyatiga, 
epidemiologik dalillarga va tekshirishdan olingan ob‘ektiv natijalarga 
asoslanib, tashxis qo‗yiladi va tahliliy tasdiqlanadi. 
Laboratoriya tashxisot usullari asosan 4 guruhga bo‗linadi: 
1. Bakterologik usullar; 
2. Serologik usullar; 
3. Allergik usullar; 
4. Biologik usullar. 


243 
Bakterologik tashxisot usuli. Bu usul bemor organizmidan kasallik 
ko‗zg‗atuvchi mikroblarni, ya‘ni brutsellalarni ajratib olish nuqtai nazaridan, 
brutsellyoz tashxisotida birinchi o‗rinda turadi. Lekin bemor organizmida 
brutsellalar bo‗lishiga qaramay, xar doim ulardan bakteriologik ijobiy natija 
olish mumkin bo‗lmaydi, chunki brutsellalar asosan retikuloendotelial tizimda 
bo‗ladi va qonga vaqti-vaqti bilangina o‗tib turadi va shu davrlardagina 
bakteriologik usullar musbat natija beradi, ammo brutsellalar ozuqa 
muhitlarida juda sekin o‗sadi. Bundan tashqari, qonda brutsellalarning 
bo‗lmasligi kasallik davrida o‗tkazilgan davolashlarga ham bog‗liq bo‗ladi.
 
Serologik tashxisot usullari ham bemor organizmida paydo bo‗ladigan 
maxsus antitelolarga asoslangan. Serologik tashxisot usullari amaliy vrachlar 
doirasida bakteriologik usullarga nisbatan keng qo‗llaniladi. Bu usullarga 
asosan Rayt va Xeddelson serologik reaksiyasi kiradi. Rayt reaksiyasi 
agglyutinatsiya titri 1:100 va undan yuqori bo‗lsa musbat xisoblaniladi. 
Xeddelson – Qaytmazov reaksiyasining Rayt reaksiyasidan ustunligi 
shundaki, uslubi jihatidan juda oddiy va oson, natijasi esa qisqa vaqt ichida 
aniqlanadi, shuningdek, juda sezuvchan va spetsifik reaksiyadir. Xeddelson 
reaksiyasining sezuvchanligi tekshirilayotgan qon zardobi va antigenning 
yuqori konsentratsiyasida ishlatilishiga bog‗liq. Bu reaksiya kasallikning 
boshlang‗ich davrida musbat natija bera boshlaydi va ko‗p vaqtgacha, hatto 
bemor tuzalib ketgandan so‗ng ham bir necha yillar mobaynida musbat natija 
beradi. 
Passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi brutsellyozga hos va sezuvchan 
reaksiya bo‗lib, brutsellyoz kasalligining o‗tkir, yarim o‗tkir shakllarida 
tashxisiy ahamiyatga ega. Bu reaksiya brutsellyozning, ayniqsa, surunkali 
shakllarida Rayt reaksiyasi manfiy natija berganda, diagnostik titrlarda 
musbat natija beradi, ya‘ni reaksiya titri 1:100 va undan yuqori nisbatda 
bo‗lsa, reaksiya musbat xisoblanadi. 
Hozirda kasallikni tashxislashda zamonaviy PSR, IFA va immunnobloting 
usullari qo‗llanilmoqda. 


244 
Byurne reaksiyasi. Bu reaksiya brutsellyoz bilan kasallangan bemor 
organizmining teri orasiga yuboriladigan brutsellinga bo‗ladigan mahalliy 
allergik reaksiyasiga asoslanadi. Agar yallig‗lanish diametri 1 sm bo‗lsa 
reaksiya natijasi salgina musbat, 4-5 sm bo‗lsa – musbat, 6-8 bo‗lsa reaksiya 
o‗ta musbat deb xisoblanadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish