Davosi.
Ko‗p yillar davomida brutsellyozni davolash masalasi
muammo bo‗lib keldi. Endilikda esa brutsellyozni davolash uchun bir
qancha muvaffaqiyatlar qo‗lga kiritildi.
Antibiotiklar bilan davolash. Antibiotiklar kasallikning brutsellalariga
bakteriostatik ta‘sir ko‗rsatadi, ya‘ni brutsellalarning rivojlanishi va
ko‗payishini to‗xtatib qo‗yadi. Ularni odatda kasallikning shakliga qarab,
asosan, 10 kunlik kurs bo‗yicha buyuriladi. Agar yetarli naf bermasa, 2 yoki
3 kursgacha 5-7 kun tanaffus bilan davolanish davom ettiriladi.
Brutsellyozda asosan keng ta‘sir spektriga ega bo‗lgan antibiotiklar
ishlatiladi. Antibiotiklarni kombinatsiya shaklida, ya‘ni ikki xil antibiotikni
bir paytda ishlatish maqsadga muvofiq, chunki shunday qilinganda, ularning
ta‘sir kuchi oshadi. Hozir amalda streptomitsin, doksatsiklin, gentamitsin
(analoglari bilan), rifampitsin, rondomitsin, levomitsetin va boshqa
antibiotiklar qo‗llanilmokda. Bemorda qo‗llanilishida asosan streptomitsin
(degidrostreptomitsin, streptodimetsin) boshqa antibiotiklar buyuriladi
(gentamitsindan tashqari). M: streptomitsin doksatsiklin bilan birgalikda
ishlatiladi. Bunda streptomitsin 500000 – 1 gr. XB dozada xar 12 soatda
bemorning mushak orasiga yuboriladi. Gentamitsin bir sutkada 240 mg, 80
mg dan xar 8 soatda mushak orasiga yuboriladi, rifampitsin - 0,6 g dan
0,15 g dan xar 6 soatda, rondomitsin 1,2 g dan (0,3 g dan xar 6 soatda),
levomitsetin 0,5 g dan xar 6 soatda ichiriladi. Antibiotiklar bemorni
avvaliga kasallikning shakliga qarab asosan 10 kunlik kurs shaklida
ishlatiladi. Agar davolash nafi yetarli bo‗lmasa, ikki yoki uch kursgacha (7-
10) kun oraliq tanaffusi bilan davolash mumkin. Davolashni boshlashdan
245
oldin bemor ilgari antibiotiklar bilan davolanganmi-yo‗qmi, organizm
reaksiyasini aniqlash muhim rol o‗ynaydi.
Vaksina bilan davolash. Vaksina brutsellyozda spetsifik davolashga
kiradi. Uni ayniqsa kasallikning surunkali shakllarida tavsiya etiladi.
Brutsellyozda buyrak usti bezi po‗stlog‗ida birmuncha o‗zgarishlar ro‗y
beradi.
Kortikosteroid
esa
yallig‗lanishga, umumiy zaharlanishga,
sensibilizatsiyaga qarshi ta‘sir ko‗rsatib, buyrak usti bezi pustlog‗ining ishini
jonlantiradi. Bundan tashqari, bu preparatlar brutsellyoz natijasida markaziy
asab
tizimi
zararlanganda,
ensefalitlarda,
meningitlarda,
revmatoit
poliartritlarda tavsiya etiladi. Gormonal preparatlar brutsellyozning yarim
o‗tkir va qaytarilgan surunkali shakllarida juda samarali natijalar beradi.
Ammo ularni gipertoniyada, me‘da va ichak yaralarida, osteoporoz, qandli
diabet, ruhiy kasalliklar va klimaks davrida qo‗llash man qilinadi. Gormonal
preparatlar odatda bemorlarga berilganda kichik dozadan boshlab asta-sekin
oshirib boriladi va qayta kamaytiriladi. Davo kursi bir oyga yaqin. Gormonal
preparatni boshqa preparatlar bilan, masalan: antibiotiklar bilan kompleks
ravishda davolash samarali natija beradi. Qon o‗rnini bosadigan aminopeptit,
poliglyukin, aminasol, infuzol quyiladi. Bular ayniqsa kasallikning surunkali
shakllarida yaxshi natija beradi. Brutsellyozda vitaminoterapiyaning ham
ahamiyati katta, chunki bu kasallikda vitamin C va B guruhiga kiruvchi B
1
,
B
6
, B
12
kabilar almashinuvi izdan chiqadi. Brutsellyozning hamma shakllarida
va asoratlarida bemorlar ko‗p bezovta bo‗ladi, shuning uchun og‗riq
qoldiradigan preparatlar (analgin, butadion, fenatsetin, salitsilat) preparatlar
buyuriladi. Ayniqsa, bular ichida 0,25-0,5% li navokain eritmasi og‗riqni
yaxshi qoldiradi. Uni bemorning og‗riqli nuqtalariga, asab chigallari va tolalari
atrofiga yoki venaga (xar kuni yoki kun oralab 2 ml dan boshlab 10 ml gacha)
yuboriladi. Buyrak oldi kletchatkasida 40-60 ml dan 2-3 marta yuborish
samarali natija beradi.
Fizioterapiya – brutsellyozning surunkali shakllarida, asoratlar berganda
keng qo‗llaniladi. Bunga elektr bilan davolash, issiqlik bilan davolash,
246
diatermiya, UVCh, ionogalvanoterapiya, parafin bilan davolash, ionoforez,
ultratovush, balchiq bilan davolash, massaj, davolash fizkulturalarini qo‗llash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |