O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Asab tizimidagi o„zgarishlar.
Brutsellyozda asab tizimining 
zararlanishi ham asosiy o‗rin tutadi, chunki bunda markaziy va periferik 
asab tizimining turli joylariga hos o‘zgarishlarni kuzatish mumkin. 
Shuning uchun ham ko‗p mualliflar asab tizimi ko‗proq shikastlangan 
bemorlar kasalini «neyrobrutsellyoz» klinik shakli deb ajratadilar.
Ma‘lumki, 
brutsellyozda 
bosh 
og‗rishi, 
uyqusizlik, 
tajanglik, 
kayfichog‗lik yoki ayniqsa sertashvishlik va boshqalar bo‗lib turadi. 
Bundan tashqari, vegetativ asab tizimining faoliyatining buzilish alomatlari 
ham kuzatiladi. Brutsellyozda periferik asab tizimi markaziy asab tizimiga 
nisbatan ko‗proq shikastlanadi. Bular organizmlarning umumiy kasallik belgilari 
hisoblanib, quyidagi kasalliklar: nevralgiyalar, nevritlar, asab chigallari 
yallig‗lanishi (pleksitlar), radikulitlar (ko‗proq bel radikuliti), radikulo-nevritlar, 
ishias va ishialgik polinevrit va boshqalar ko‗rinishida yuzaga chiqadi. 
Markaziy asab tizimining kasalliklari meningit, ensefalit, mielit,
meningoensefalomielitlar kamroq uchraydi. Orqa miyaning zararlanishi 


241 
uzoq vaqt davom etib, og‗ir kechadi va natijada ko‗pincha nogironlikka 
yoki o‗limga olib keladi. Leptomeningitlar, araxnoiditlar kam uchrasada, 
og‗ir o‗tadi. Brutsellyoz bilan og‗rigan bemorlarning ruhiy holatida ham 
o‗zgarishlar bo‗lishi, ya‘ni xayol surish, depressiya, umidsizlik va boshqa 
ruhiy o‗zgarishlar bo‗lishi mumkin.
Brutsellyozda fibrozitlar va sellyulitlar bemor organizmining turli joylarda 
xar xil kattaliklardagi tugunchalar shaklida uchraydi. Sellyulit va fibrozitlar 
teri osti kletchatkasida vujudga kelsa, bemorlarni unchalik bezovta qilmaydi. 
Ammo ular bo‗g‗imlar atrofida yoki asab tolalari yaqinida joylashgan bo‗lsa, 
qattiq og‗riq bo‗lishi mumkin. Shuningdek, miozitlar ham qattiq og‗riq bilan 
davom etadi. Brutsellyozda paylar ham zararlanib, ayniqsa pay qinlarining 
yallig‗lanishi (tendovaginitlar) ham qattiq og‗riq beradi. Yuqorida keltirilgan 
ma‘lumotlardan ko‗rinib turibdiki, brutsellyozda tayanch-xarakat a‘zosi, 
ya‘ni qattiq va yumshoq to‗qimalarning hammasida o‗zgarishlar bo‗lishi va 
bu o‗zgarishlar turli kombinatsiyalarda butun kasallik davomida asosiy belgi 
sifatida yuzaga chiqadi. Bo‗g‗imlarning zararlanishi brutsellyozga ayniqsa 
xarakterlidir. 
Brutsellyozda bo‗g‗imlar zararlanishi quyidagi 3 shaklda bo‗ladi: 
1) sinovitlar – bo‗g‗imning faqat sinovial pardasi zararlanadi; 
2) peri- va paraartritlar – yallig‗lanish sinovial pardadan bo‗g‗im atrofidagi 
to‗qimalarga o‗tadi; 
3) artrit va osteoartritlar – bo‗g‗imning hamma to‗qimasi, qisman 
suyak to‗qimasi ham yallig‗lanadi; 
4) sakroileit – dumg‗aza yonbosh bo‗g‗imi yallig‗lanishi; 
5) bursit – bo‗g‗im xaltasi yallig‗lanishi; 
6) spondilit va spondiloartrit – umurtqa ustunining yallig‗lanishi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish