O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Kasallikning kechishi. 
Skarlatina tekis asoratsiz yoki allergik, septik 
asoratlar bilan o‗tishi mumkin. Kasallik tekis kechganida patologik jarayon 2 – 3 
hafta davom etadi. 
Skarlatina 2-3 haftalarda qaytalanishi (retsidiv) mumkin va bu asosan 
reinfeksiya va superinfeksiya bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Asoratlari. 
Skarlatina asosan limfaadenit, otit, sinusit, nefrit, sinovit, 
yiringli artrit, mastoidit singari asoratlar beradi. Ular kasallikning boshlanishi yoki 
keyinroq paydo bo‗lishi mumkin. Ularning negizida allergiya, reinfeksiya va 
superinfeksiya omillari yotadi. 
Infeksion-allergik asoratlar (nefrit, sinovit, oddiy limfoadenit) kasallikning 
ikkinchi davri, ya‘ni 2-3 haftada kuzatiladi. Yiringli asoratlar esa kasallik boshi va 


188 
keyingi davrda uchrashi mumkin. Bu asoratlar asosan nimjon va eng yosh 
bolalarda uchrashi mumkin. 
Hozirgi paytda pensilinning qo‗llanishi va reinfeksiyani oldini oluvchi 
shifoxonaga yotqizish qoidalari organizmning tezroq sanatsiyalanib, yuqoridagi 
asoratlarni keskin qisqarishiga sababchi bo‗lyapti. 
Yosh bolalarda skarlatinaning o„tishi xususiyatlari. 
Bir yoshgacha 
bo‗lgan bolalar skarlatina bilan kamdan-kam og‗riydilar. Ular o‗ziga hos kechadi. 
Transplatsentar immunitet bor bolalarda skarlatina rudimentar, o‗ta yengil o‗tishi 
mumkin. Bunda boshlang‗ich belgilar o‗ta yengil bo‗lib, intoksikatsiya 
kuzatilmaydi. Toshmalar juda yengil, tezda yo‗qolib ketadi. Terining tulashi sust 
yoki butunlay bo‗lmasligi ham mumkin. Tashxis qo‗yishda qiyinchiliklar bo‗lishi 
mumkin. 
Immuniteti o‗ta past yosh bolalarda skarlatina septik turda o‗tib, og‗ir 
nekrotik angina, faringit va ko‗plab yiringli septik asoratlar bilan namoyon bo‗ladi. 
Eng yosh bolalarda infeksion-allergik asoratlar (nefrit, sinovit) kamdan – 
kam uchraydi. 
Tashxis. 
Tipik hollarda kasallikka tashxis qo‗yish qiyinchilik tug‗dirmaydi. 
Faqat kasallikning o‗ta yengil turlarida yoki bemor shifoxonaga kech tushganida 
diagnostik qiyinchiliklar bo‗lishi mumkin. 
Laboratoriya tashxisi uchun halqumdan surtma olib, β-gemolitik 
streptokokkni topish, antistreptolizin O ning titrini aniqlash mumkin. Shuningdek, 
boshqa fermentlarni, streptokokk antitoksinini aniqlash ham ishlatilishi mumkin. 
Skarlatinaga 
beriluvchanlikni 
aniqlash 
uchun 
DIK 
sinamasidan 
foydalaniladi. Bunda bilak terisi orasiga (t/o) standartlashgan eritrogen toksindan 
0,1 ml yuboriladi. 24 soat mobayinda in‘eksiya o‗rnida infiltrat yoki diametri 10 
mm dan ortiq giperemiya yuzaga kelsa sinama musbat hisoblanib, bolada 
antitoksin immunitet yo‗qligi va u skarlatina bilan kasallanishi mumkinlidan 
dalolat beradi. Hozirda tashxisda bu sinama qo‗llanilmaydi, chunki uning natijasi 
sekinlashgan yuqori sezgirlik tipidagi fenomenga ham bog‗liq bo‗ladi. 


189 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish