2. Sidirgichlashda kesish sxemalari.
64-rasm.
Sidirgichlashda profillik sxemasi:
65-rasm.
Generatorlik sxemasi:
66-rasm.
Guruhlik progressiv sxemasi:
Sidirgichlashda profillik sxemasi shundan iboratki sidirgichlash jarayonida
sidirgichlash xar bir tish ishlov berilayotgan yuzadan alohida-alohida qirindi
qatlamini kesib oladi. (64-rasm)
Rasmdagi A - sidirgichlashdagi kesib olinadigan quyimni umumiy miqdori.
a- sidirgichni bitta tish blok kesib olinadigan qirindi qatlamini qalinligi.
2) Generator kesish sxemasi sidirgichlashni generatorlik sxemasida sidirgichni
tishlari ishlov berilayogan yuzadan belgilangan quyim miqdorini nisbatan qisqa
olish va uning tishlariga ishlov berilayotgan yuzaga nisbatan bir yarim yoki og’ish
ravishda ishtirok etishi bilan xarakterlanadi.
Sidirgichlashni progressiv guruxlik sxema-sini xarakterlik tomoni shundan
iboratki sidirgichlash jarayonida metalni keng qatlami sidirgichni xar bitta tishi
bilan kesib olinmasdan uni guruxlik tishlari bilan kesib olinadi. Generatorlik
kesish sxemasi bilan ishlaydigan sidirgichlar tayyorlanishi jixatidan texnologik
lekin tanlab qilingan aniqlikni taominlaolmaydi.
Progressiv guruxlik sxemasi esa sidirgichlash jarayonida surishni ko’paytirishga
imkon beradi. Bu esa quyma va pakovka usuli bilan zagatovkalarni
sidirgichlashda ahamiyatga egadir.
a)Tashqi sirtlarga ishlov berish.
b) Shakildor yuzalarga ishlov berish.
v) Teshiklarga ishlov berishda.
Sidirgichlashda ishlatiladigan kesuvchi asbobga sidirgich deb aytiladi. Sidirgich
ko’p tig’lik asbob bo’lib, ko’rinish jixatidan sterjinga o’xshash bo’lib, uning
tsilindrik yuzalarida xar bir navbatdagi tishi o’zidan oldingi tishdan kesib
olinadigan qirindi qatlami qalinligiga surish S-qiymatiga o’sib boradi. Kesib
ishlashning yuqori unumli usuli bo’lgan sidirgichlashdan seriyalab va ko’plab
ishlab chiqarish korxonalarida rasm jixatdan xilma-xil bo’lgan ochiq teshiklarga
ishlov berishda, sirtqiyuzalarini ishlashda, shuningdek aylanish jismlarga ishlov
berishda foydalaniladi. Sidirgichlash usuli yuqori unumli bo’libgina qolmasdan u
yuqori tozalikda va aniqlikdagi yuzalar hosil qilishga ham imkon yaaratadi.
Sidirgichlash usuli yuzalarni 7 chi va 8 chi kvali-tet aniqlikda va g’adir budirligini
esa Ra 0,63 - 0,25 mk ligini tapminlaydi. O’z konstruktsiyasi jixatidan olinganda
sidirgichlarni ikki guruxga bo’lish mumkun.
1) xar-hil shakildagi ichki teshiklarga ishlov beruvchi.
2) tashqi yuzalarga ishlov beruvchi sidirgichlarga bo’linadi.
Ichki teshiklarga ishlov beruvchi sidirgichlar ishlov beriladigan teshikni rasmiga
qarab quyidagi turlarga bo’lishimiz mumkin.
1. Doiraviy sidirgichlarga.
2. Shlitsa ochuvchi sidirgichlarga.
3. Shakildor sidirgichlarga.
4. Aralash sidirgichlarga.
5. Pona ariqchasini ochuvchi sidirgichlarga.
Ichki teshiklarga ishlov beruvchi sidirgich quyidagi asosiy elementlardan tashkil
topgan. Sidirgichni konstruktsiyasini ko’rib chiqamiz.(63-rasm)
1. Sidirgichni quyruq qismi. Uni sidirgichlash dastgohiga mahkamlash uchun
xizmat qiladi.
2. Bo’yin qismi.
3. O’tuvchi konus qismi.
4. Oldinga yo’naltiruvchi qismi.
5. Kesuvchi tishlari.
6. Oxirgi yo’naltiruvchi qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |