2.3 MUSTАQIL YECHISH UCHUN MISОLLАR.
Rayon podstansiyasidan zavodni ta’minlaydigan 125 km uzunlikdagi 220 kV li havo liniyasi uchun r0=0.098, x0=0.429. Zavod qabul qiladigan quvvat S=(5450+j7250) kVA. ∆P, ∆Q va ∆W ni toping. t=8760 soat.
Kuchlanishi 35 kVli tarmoqdan S=(15450+j17250) kVA ga teng bo’lgan quvvat, solishtirma aktiv qarshilgi ro=0,198 Ω/km, uzunligi l=70km bo’lgan liniyadan o’tmoqda. Tarmoqning shu qismidagi aktiv quvvat va 1 sutkadagi elektr energiya isrofini toping.
Podstansiyadan 95 km uzoqlikdagi iste’molchini ta’minlovchi 35kV kuchlanishli tarmoqda quvvat isroflari ∆Q=158 kVt, ga teng. Shu tarmoqdan o’tayotgan reaktiv quvvat 7500 kVArga teng bo’lsa, 1 oydagi elektr energiya isrofini toping. ro=0,121, x0=0.435.
Iste’molchi bilan ta’minlovchi podstansiya orasidagi masofa 20 kmni tashkil etadi. Shu tarmoq havo liniyasida 1 sutkadagi elektr energiya isrofi 5760 kVt∙soatga teng bo’lsa, tarmoqdan o’tayotgan aktiv quvvatni toping. ro=0,428, x0=0.432, Q=6500 kVAr, UH=35 kV
Rayon podstansiyasidan iste’molchini ta’minlaydigan, 70 km uzunlikdagi 220 kV li havo liniyasi uchun r0=0,128, x0=0,426. Iste’molchi qabul qiladigan quvvat S=(2500+j7200) kVAga teng. Tarmoqning berilgan qismidagi reaktiv quvvat va 1 sutka davomida elektr energiya isrofini toping.
Kuchlanishi 220 kVli tarmoqdan S=(12000+j13050) kVA ga teng bo’lgan quvvat, solishtirma aktiv qarshilgi ro=0,198 Ω/km, bo’lgan liniya orqali o’tmoqda. Tarmoqning shu qismida 1 sutkadagi elektr energiya 1791 kVt∙soat ga teng bo’lsa liniya uzunligini toping.
Iste’molchi bilan ta’minlovchi podstansiya orasidagi masofa 35 km ni tashkil etadi. Shu tarmoq havo liniyasida 1 sutkadagi elektr energiya isrofi 5760 kVt∙soatga teng bo’lsa, tarmoqdan o’tayotgan rektiv quvvatni toping. ro=0,428, x0=0.412, P=4000 kVt, UH=110 kV.
8. Rayon podstansiyasidan iste’molchini ta’minlaydigan, 80 km uzunlikdagi AC-120 markali, 110 kV li havo liniyasidan 112 A tok o’tmoqda.. Tarmoqning quvvat koeffitsienti 0,89 ga teng bo’lsa,tarmoqning berilgan qismidagi elektr energiya isrofini toping. AC-120 uchun r0=0,249, x0=0,427, t=8760soat.
9. Iste’molchi bilan ta’minlovchi podstansiya orasidagi masofa 95 km uzunlikdagi AC-95 markali, 35 kV li havo liniyasidan 74 A tok o’tmoqda. Tarmoqning quvvat koeffitsienti 0,92 ga teng bo’lsa,tarmoqning berilgan qismidagi elektr energiya isrofini toping. AC-95 uchun r0=0,306, x0=0,434.
10. Kuchlanishi 35 kV, uzunligi l=65km va quvvat koeffitsienti 0,95 ga teng bo’lgan tarmoqdan 67 A tok o’tmoqda. Shu tarmoqdagi elektr energiya isroflarini toping. AC-95 r0=0,306, x0=0,434.
Do'stlaringiz bilan baham: |