383-mashq. O‘qing. To‘liqsiz gaplarni topib, qanday bo‘laklar tushirib qoldirilganini, uning sodda gapning boshqa turlaridan farqini ayting.
1. — Bu qishloqning hammasi sizga.
Menga? — Qodirbobo tushunmadi.
Ha, sizga.
Hammasi-ya?
Hammasi!
Bepul-a?
Bepul.
Tag-tugi bilan-a?
— Tag-tugi bilan. (Sh. Toshmatov.)
2. — Qaysi xislat odamni past darajadan a'lo darajaga ko‘taradi?
Aql va tamiz.
Odam nima bilan odam bo‘la oladi?
Odamgarchilik bilan.
Adab, tarbiya odamga qanday foydalar beradi?
Adabli, tarbiyali odam boshqalarga muhtoj bo‘lmaydi, balki ular bunga muhtoj bo‘ladilar.
Qaysi narsalar inson uchun ayb sanaladi?
Baxillik, yolg‘onchilik, chaqimchilik, do‘stlarining ozgina kamchiliklarini ko‘rish bilan ulardan yuz o‘girish, o‘z aybini ko‘rmay, boshqalarning ayblarini oshkor qilish. (“Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur”)
Do'stlaringiz bilan baham: |