381-mashq. O‘qing. Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplarni (nominativ) topib, egasiz bir bosh bo‘lakli gaplardan farqini ayting. Nominativ (atov) gaplarni ko‘chirib, ularning mazmun va strukturasiga ko‘ra tiplarini aniqlang.
1. Baland tog‘. Uning cho‘qqisiga qaragan odamning do‘ppisi tushadi, ko‘zi tinib, boshi aylanadi. (I. R.) 2. Yoz. Atrofga qaralsa, ko‘z quvnab, ko‘ngil qanot yozadigan kunlardan biri. Kechqurun. Yo‘lchi Adashev mashinasida kerilib o‘tirib olgan. (A. Muhiddin.) 3. O‘shandan beri qirq ikki yil o‘tdi. Qirq ikki tashvishli bahor, qirq ikki qahraton qish... Uning yuz-manglayidagi ajinlar — shu tashvishlarning izlari: soch-soqolidagi oq — shu qishlardan qolgan qirov... (D. G‘.) 4. Mana, oq uy. Kabinet. Stol. Mikroskop yonida Mavjuda. (Mirm.) 5. Balki bu yo‘lda sonsiz shafqatsizliklarni, musibatlarni boshdan kechirishga to‘g‘ri kelar. (J.Abd.)6. Tantanali kecha. Katta zal hamma yoqdan kelgan turli kasbdagi odamlar bilan lim-lim. (A. Muhiddin.)
Do'stlaringiz bilan baham: |