GAP
320-mashq. O‘qing. Matndagi gaplarni aiiqlab, tegishli tinish belgilarini qo‘yib ko‘chiring. Gapning so‘z va so‘z birikmasidan farqini tushuntiring.
Hamid Olimjonga aqalli Pushkin yoshiga yetish ham nasib bo‘lmadi u bor-yo‘g‘i salkam 35 yil yashadi va shundan yigirma yili davomida muttasil ishladi va yozdi adabiyot haqida uning nomisiz, ilhomisiz yozilgan birorta maqolani topib bering-chi uning nomi tilga olinmagan birorta she'riy anjuman yoki mushoirani eslaysizmi shu yillar ichida, ya'ni adabiyotimizga ikki-uch yangi avlod kirib kelgan davr davomida va hozir, shu kunlarda ham, Hamid Olimjonni, Hamza va Abdulla Qodiriy, Oybek va G‘afur G‘ulom qatorida, o‘ziga ustoz deb bilmagan bironta ijodchi bormi. (H. G‘ulom.)
Do'stlaringiz bilan baham: |