317-mashq. Bitishuv yo‘li bilan tuzilgan so‘z birikmalarini topib ko‘chiring, ularning ifodalanishi va boshqa birikmalardan farqini ayting.
1. Serfayz bahor darakchisi bo‘lgan bu havo Saodatning diliga quyildi, ruhi yana ham tetik tortib ketdi. (I. R.) 2. Maktabning katta zalida sozandalar saf tortib muzika chalmoqda. Yoshlar birin-ketin raqsga tushmoqda. (I. R.) 3. Saodatning yuragi sof sevgiga to‘la edi. U yoshligidan qishlog‘i, onasi, jajji singlisini sevardi. Mevazor bog‘ni, uning har bir tup o‘rigi, olmasi, gilosu olchasini, gulini, qushlarini, quyoshi, oyi, yulduzlari va oqin suvlarini chin qalbdan yaxshi ko‘rardi. Keyin bu qalbga Bahodirning iliq nafasi, otashin muhabbati qo‘shildi. (I. R.) 4. Ular shovillab oqayotgan daryo bo‘yida jimgina turishardi. O‘ynoqi ko‘klam yeli bu qo‘shaloq baxtiyor yoshlarning boshiga xushbo‘y is taratib turgan olma gullarini yog‘dirardi. (K. Moiseeva.)
Do'stlaringiz bilan baham: |