359-mashq. Ko‘chiring. Ravishdosh o‘ram shaklida ajratilgan hollarning tagiga chizib, ma'no munosabatini ayting.
1. Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib, yurt tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. (O.) 2. Yoshlar avtobusdan tushishlari bilan, xuddi otasidan suyunchi olgani chopgan bolalarday, yugurganlaricha Kallaquladi tepaligiga chiqib olishdi. (J. Abd.) 3. Tong saharda cho‘l parrandalarining betinim qo‘shiqlari sizni uyg‘otib yuboradi. Ko‘zingizni ochib qarasangiz, tevarak-atrofingizda shudring tushgan gullar va maysalarni ko‘rasiz. (A. Kolbinsev.) 4. Xalq, kuchli yel bilan chayqalgan dengiz kabi, birdan qo‘zg‘aldi. (O.) 5. Mashinamiz turli-tuman ranglarga g‘arq bo‘lib, cho‘g‘day tovlanardiki, ehtimol u o‘nlab kilometr naridan ko‘zga tashlanib turgan bo‘lsa kerak. (Ch. Ayt.) 6. Yigit, Alida uning ortidan qarab turganini sezsa-da, jo‘rttaga orqasiga qaramay ketaverdi. (J. Koup.)
Do'stlaringiz bilan baham: |