SINTAKSIS
So‘z birikmasi
310-mashq. Matnni o‘qib, gaplarni aniqlang. Har bir gapni so‘z birikmalariga ajrating.
1. Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni afzal. (G‘.G‘.) 2. Ketma-ket kelayotgan quruvchilar, texniklar, tuproq qazuvchilar, montajchilar uchun birinchi navbatda makon kerak. (J.Abd.) 3. Husayn Boyqaro Navoiyning uyida uch kun o‘tirdi. (M.Osim) 4. Tonggi salqin o‘rnini asta iliq shabada tafti egallay boshlaydi. (J.Abd.) 5. Farmonov bu juvonni dashtda bir-ikki marta ko‘rgandi. (O.Yo.) 6. Vazira Sherzodning bu dalilini ham yashil siyoh bilan belgiladi.(P.Q.) 7. Ertasiga Ergash kuni bo‘yi ro‘zg‘or ishlari bilan ovora bo‘ldi. (As.M.) 8. Namozboy bu gal ishni sal boshqacharoq tashkil etgan. (X.T.)
Do'stlaringiz bilan baham: |