O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti


-bob. Sodda gaplarni gaplarda qo`llanishi



Download 395,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.12.2021
Hajmi395,73 Kb.
#260928
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

2-bob. Sodda gaplarni gaplarda qo`llanishi 

1-§. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning sodda gapga transformatsiyalanishi 



 

  

Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap to‘lig‘icha bosh gap 



tarkibidagi egani izohlaydi. Bunday mazmuniy munosabat ikki xil yo‘l bilan hosil 


qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda ega ergash gapli qo‘shma gaplar shakliy 

jihatdan ikki xil ko‘rinishni hosil qiladi: a) bir havola bo‘lakli ega ergash gap; b) 

ikki havola bo‘lakli ega ergash gap. 

  

Bu haqda fikr yuritishdan oldin havola bo‘lakning nima ekanligini tushunish 



zarur bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum 

bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanib qolmaydi. Ko‘pincha bosh gap tarkibida 

ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo‘lishiga ishora (havola) 

qiladigan ko‘rsatish olmoshlari ishtirok etadi. Ergash gap shu olmoshning 

ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi: Shunday odamlar borki, 

odamlarning naqshidir. Kim ko‘p kitob o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi. Bu gaplarda 

shunday, o‘sha bo‘laklarining mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash 

gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo‘laklar havola bo‘laklar hisoblanadi. 

Bunday bo‘laklar qatnashgan gaplar esa havola bo‘lakli qo‘shma gaplar deyiladi. 

  

Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarni doimo sodda gapga transformatsiya qilish 



mumkin, chunki qo‘shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish 

olmoshining umumiy, mavhum ma’nosini aniqlash, izohlash, to‘ldirish vazifasini 

bajaradi. 

  

Ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gap: Kim erta bahordan 



dalaga chiqib ter to‘ksa, и kuzda mehnatining rohatini kо`radi. Kimki rostgo‘y 

bo‘lsa, и el orasida qadr topadi. 

  

Yuqoridagi ikki misolni tahlil qilish orqali ega ergash gapli qo‘shma 



gapning sodda gapga transformatsiyalanishida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni 

kuzatamiz. Mazmun jihatidan ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ikki 

voqea-hodisani ifodalashi zarur edi. Lekin ushbu gaplarda ikkinchi voqea bor. Bu 

denotativ voqea emas, balki modus voqeadir. Ushbu qo‘shma gaplarda bosh gap 

denotativ voqeani emas, modusni ifodalagan. Agar modusni nutqiy aloqada alohida 

ta’kidli ifodalashga zarurat bo‘lmasa, denotativ voqea ifodasi bo‘lgan ergash gap 

bosh gapdagi o‘zining mantiqiy o‘rni – havola bo‘lak o‘rnini egallaydi va qo‘shma 

gap sodda gapga aylanadi. Lekin ergash gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatish olmoshi 

o‘rniga qo‘yib bo‘lmaydi. Buning uchun ergash gap tarkibida ma’lum 

sintaktiksemantik o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Mana shunday holda 

birinchi qo‘shma gapni sodda gapga transformatsiya qilamiz. Dastlab biz ushbu 

gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlab olamiz. Ikki asosli havola bo‘lakli 

qo‘shma gaplarda doimo so‘roq olmoshlari ergash gap tarkibida, ko‘rsatish 

olmoshlari bosh gap tarkibida qatnashadi. Kim erta bahordan dalaga chiqib ter 



to‘ksa, и kuzda mehnatining rohatini ko‘radi gapida birinchi qism – kim erta 

bahordan dalaga chiqib ter to‘ksa qismi ergash gapikkinchi qism - и mehnatining 

rohatini ko‘radi qismi bosh gap hisoblanadi. Bu qo‘shma gapning qolipini 

quyidagicha ifodalash mumkin: 

  

Bosh gap tarkibidagi и ega bo‘lagi ma’nosini ergash gap to‘lig‘icha izohlab 



kelgan. Biz ergash gapni bosh gapdagi shu olmoshning o‘rniga qo‘yish uchun 

quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur: birinchi navbatda и bo‘lagiga ishora 




qiluvchi kim so‘roq olmoshi (ergash gapning egasi) tashlanadi, kesim tarkibidagi 


Download 395,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish