Saylov huquqiga oid atamalarning o’ziga xos xususiyatlari
Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an’analari, siyosiy tizim xarakteri, elektorat xulqi va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan o’z xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, demokratik davlatlarda saylov huquqi xalqaro-huquqiy hujjatlarda ifodalangan va umume’tirof etilgan printsiplarga asoslanadi. Ular qatoriga saylov huquqining umumiyligi va tengligi, yashirin ovoz- berish va boshqalar kiradi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini belgilab beradi. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, saylov huquqi butun dunyoda umume’tirof etilgan eng muhim va konstitutsiyaviy siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, u fuqarolarga nafaqat vakillik organlarini tashkil etish, balki bunday organlarga o‘z vakillarini yuborish imkoniyatini ham beradi. Fuqarolar tomonidan ularning saylov huquqlarining hech to‘siqsiz amalga oshirilishi ularning davlat boshqaruvida ishtirokining eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning bevosita saylov jarayonida, o‘zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqining amalga oshirilishi uchun yaratilgan imkoniyatga qarab, u yoki bu davlatning qay darajada demokratik tamoyillar asosida yashayotganligiga baho berish mumkin.
Koʻzlangan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi koʻp jihatdan bojxona organlari faoliyati samaradorligiga bogʻliq. Shu bilan birga, bojxona maʼmuriyatchiligi sohasida mamlakatda qulay investitsiya muhitini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator tizimli muammolar saqlanib qolinmoqda. Mana shunday muammolardan biri bojxona hujjatlarini yuritishda saqlanib qolmoqda. Ikki taraflama kelishuv har ikki tomonning ehtiyoj va talablarining qondirilishi uchun ularga mahsulot haqidagi ma’lmot to’liq, aniq va to’g’ri usulda yetkazib berilishiga bog’liq.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, bojxonaga oid matnlar, unda uchraydigan terminlar tilshunoslikni cheklab o’tolmaydi. Ushbu qismda biz bojxona terminlarining o’ziga xos xususiyatlari, ularning yasalishi, hosil bo’lish usullari, soha leksikasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyib boorish yo’llari tadqiq etiladi.
Fuqarolik huquqiga oid terminlar tarjimasi borasida so’z ketar ekan, bu terminlarning o’ziga xos xususiyatlariga to’xtalib o’tish joizdir. Ushbu o’rinda terminlarning umumiy xususiyatlariga ahamiyat berish zarur. Quyida keltirilgan xususiyatlar tarjimada e’tibor berilishi kerak bo’lgan jihatlardan biri:
Termin bir ma’noli yoki bir ma’noli tendentsiyaga ega;
Termin aniq, nominativ funksiyaga ega bo’lib, unga emotsionallik, ekspressivlik, modallik funksiyalari xos emas. Termin o’zining bu xususiyatini kontekstda ham, kontekstdan tashqarida ham saqlaydi ;
Terminning ma’nosi tushunchaga tengdir ;
Termin stilistik jihatdan neytraldir ;
Terminologik leksika alohida sistemadir.7
Keltirilgan fikrlarda olimlar terminlarning xarakteri xususiyatlarini aniq va to’la qayd qilganlar. Bu belgilardan fuqarolik terminlari uchun nihoyatda xarakterli belgilardir. Ushbu terminlarning uslubiy neytralligi, terminologik leksika alohida tizim (sistema) ekanligi (uning bunday sistema ekanligi o’zi qo’llanilayotgan sohadagina sistema elementi sifatida ko’zga tashlanishida ko’rinadi), termin funksiya bajarishi kabilardir. Yuqorida keltirilgan belgilarning oxirgisida terminologik leksika alohida sistema ekanligi ta’kidlandi. Bu esa fuqarolik huquqiga oid terminlarni tarjima qilishda uning alohida sistema ekanligini hisobga olgan holda, o’ziga xos usul bilan yondashishni talab qiladi. Ushbu sohaning alohida leksik tizim ekanligini quyidagi terminlar tabiatidan ham bilib olish mumkin :
Saylov – election
Ovoz bermoq – to vote
Nomzod – candidate
Bulletin qog’ozi – ballot paper
Saylamoq – to elect
Saylov huquqi terminlarining o’ziga xos xususiyatlarini lingvistik nuqtai nazardan talqin etganimizda uning bir qator jihatlariga e’tibor qaratishimiz joiz. Bojxona terminologiyasini o’rganish davomida soha terminlarida uchraydigan quyidagi o’ziga xosliklarni aniqladik:
Turli so’z turkumi doirasida ifodalanishi va qo’llanila olishi;
Birikma holatida qo’llanilishi;
O’z qatlam va o’zlashgan qatlamga doir so’zlar orasidan keng uchrashi
Quyida mana shu jihatlarning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz. Shuningdek, bojxona terminlarining o’ziga xosliklari yorqin misollar bilan tahlil ostiga olinadi.
Tilshunoslik nuqtai nazaridan olib qaraganda, bojxona terminlari tilshunoslikning bir qator so’z turkumlarida, xususan, ot, fe’l, sifat va son shakllarida uchraydi. Shulardan bojxona terminlarining aksariyat qismi ot va fe’l so’z turkumiga mansubligi, ulardan keng qo’llanilishi ma’lum bo’ldi. Quyidagi jadvalda ingliz va o’zbek tillarida bojxona terminlarining so’z turkumlarida ifodalanishini ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |