Tarjimada so’zni termin sifatida qo’llash. Ba’zi o’rinlarda oddiy so’zlar termin sifatida qabul qilinadi. Bu kabi terminlar ikki planli leksik birlik – bir o’rinda oddiy so’z, ikkinchi bir o’rinda termin hisoblanadi: vote – ovoz, right – huquq, opinion poll – muhokama so’rovnomasi.
Izohlash. Ko’pgina huquqiy terminlar leksik jihatdan qaytadan yasalishiga to’g’ri keladi, sababi ular o’ziga xos madaniy konsepsiyalarni ifodalashi mumkin. Bu kabi terminlarning tilda aynan muqobili bo'lmaydi. Agar terminning ekvivalenti mavjud bo’lmasa, tarjima quyidagi usul bilan amalga oshirilgan holat ham mavjud. Bu o’rinda terminga izoh keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |