Kurs ishining obyekti va predmeti Tadqiqotning obyekti saylov huquqi terminlari, predmeti esa saylov huquqiga oid matnlarda uchraydigan terminlarning o’ziga xos xususiyati, tarjimasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llaridir.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati Tadqiqot ishi saylov huquqiga doir darslik va uslubiy qo‘llanmalar yaratishda, shu yo‘nalishdagi kelgusi tadqiqotlarda hamda unga oid mavzulardagi muammolarning yechilishida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Ish tuzilmasining tavsifi Mazkur tadqiqot ishi kirish, uchta rejani o‘z ichiga oluvchi asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmetining belgilanishi, kurs ishi maqsadi va vazifalari, tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqotning ilmiy yangiligi bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |