O’zbek tilida saylov huquqiga oid terminlarning turkumlanishi
Ot
|
Fe’l
|
Sifat
|
Son
|
Ravish
|
Olmosh
|
Saylov
Ovoz
Okrug
Saylov huquqi
Saylov yoshi
Ochiqlik
Oshkoralik
Nomzod
Saylovchi
Bulletin
Saylov uchastkasi
Saylov okrugi
Ko’zbo’ya-machilik
Saylov dasturi
|
Saylamoq
Ovoz bermoq
Saylanmoq
O’tkazmoq (saylovni)
Tarqatib yubormoq
Ishtirok etmoq
Nomzodini qo’ymoq
Nazorat qilmoq
Vakil bo’lmoq
Rioya etmoq
Targ’ib qilmoq
|
Ochiq
Oshkora
Yashirin
Erkin
Takroriy
Teng
To’liq
Mag’lub
G’olib
mahalliy
|
-
| |
-
|
Ingliz tilida saylov huquqiga oid terminlarning turkumlanishi
Noun
|
Verb
|
Adjective
|
Adverb
|
Pronoun
|
Election
Vote
Poll
Ballot
Ballot box
Ballot paper
Cabinet
Candidate
Franchise
Psephology
Referendum
Commission
Right
Agent
|
To vote
To elect
To hold (election)
Administrate
To set standard
To control
To count
To recount
To make poll
To win
To lose
|
Local
General
Electoral
Open
Mayoral
|
Openly
Secretly
In advance
|
-
|
Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki, saylov huquqi terminlari tilimizda ot va fe’l va sifat holatida ko’p qo’llaniladi. Bu esa, o’z navbatida, ularning yasalishi, hosil bo’lish usullariga bog’liq.
Saylov huquqiga oid ko’pgina terminlar birikma holida uchraydi. Bu terminlarning yasalish modellari quyidagicha:
Ot + ot (noun + noun)
Saylov huquqi, saylov komissiyasi, saylov okrugi, saylov bulletini, saylov dasturi, saylov Yoshi, saylov uchastkasi, saylov senzi. Inglizchada: Polic Commissioner election, maintenance of election poll, ballot box, ballot paper, absentee ballot
Sifat + ot (adjective + noun)
Prezidentlikka saylov, deputatlikka saylov, mahalliy saylov, ochiq mulooqot, xalqaro kuzatuvchi. Inglizchada: mayoral election, electoral system, electoral register office, hung parliament, electoral commission.
Ravish + fe’l (verb + adverb)
Yashirin ovoz bermoq, qayta ovoz bermoq, muddatidan avval ovoz bermoq. Inglizchada: to vote in advance.
Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, saylov huquqiga doir terminlar bitta so’z shaklidan ko’ra birikma holatida qo’llanilishi har ikki til uchun xos va bu holat ikki til doirasida keng qo’llanadi.
Saylov huquqiga oid atamalarni tarjima qilish usullari
“Tarjima – bu bir tilda yozilgan matnni boshqa tilga mos mazmundagi matn orqali o‘girishdir. Bunda tarjima qilinayotgan manba asliyat yoki asl manba deb nomlansa, tarjima qilingan manba qayta yaratilgan manbadir”8.
Yuridik tarjima – bu yuridik xarakterga ega bo‘lgan matnni o‘girish demakdir. Bunday matnlar sirasiga fuqarolik, sud, saylov, inson huquqlari, mol-mulk huquqiga doir matnlar kiradi. Chet el hamkorlari bilan huquqiy munosabatlar o’rnatilayotganda yuridik tarjima muhim sanaladi. Shu sababli mahorat bilan bajarilgan yuridik tarjima xalqaro yuridik munosabatlarning muvaffaqiyatli amalga oshishida muhim ajralmas bo‘lak hisoblanadi. Tomonlarning malakasi va hamkorlikning ishonchliligi tarjimaning sifati bilan belgilanadi. Yuridik tarjima tarjimondan yetuk bilim va sinchkovlikni talab qiladi. Undagi har bir mayda detalning xatoligi katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tarjimon birinchi navbat yuridik terminlarni mukammal bilishi talab etiladi. yuridik matnni tarjima qilayotgan tarjimon yuridika nazariyasi bilan birga boshqa davlatlardagi yuridik tizimdan ham xabardor bo‘lishi kerak.
Yuridik matnlarni tarjima qilish jarayonida obyektivlik, mantiqiylik va aniqlik dominantdir. Bundan tashqari, original matndagi so‘zning tarjima tilida ekvivalenti bo‘lmasa, yoki aynan kontekstdagi ma’noni to‘liq anglata olmasa, tarjimon turli transformatsiyalardan foydalangan holda originaldagi birlikni adekvat tarzda tarjimada shunga mos birlik bilan namoyon etishi kerak. Tarjimada transkripsiya, transliteratsiya, kalkalamoq9, konkretizatsiya, generalizatsiya, modulyatsiya, orttirish, tushirib qoldirish, ajratish, gaplarni birlashtirish, antonimik tarjima, kompensatsiya kabi transformatsiyalardan foydalaniladi.
Biz ushbu qismimizda huquqshunoslikning saylov huquqiga oid matnning tarjima qilish usullarni terminlar misolida ko’rib chiqamiz.
Yuridik tarjimadagi yuridik terminlarni tarjima qilishning o‘ziga xosliklari:
matnning axborot beruvchanligi hamda terminlarning mazmunga boyligi;
bayon etishning har doim ham standart emasligi;
o’zlashgan so’zlardan keng foydalanish;
frazeologik birikmalarning keng tarqalganligi.
Transformatsiya – (lot. transformation – qayta tuzish). Asosiy (yader) sintaktik strukturani til qonun-qoidalari asosida o‘zgartirib, ikkinchi tur sintaktik struktura hosil qilish.
Transformatsiya tiplari: Transliteratsiya va transkripsiya.
Transkripsiyalash - tarjima amaliyotining hozirgi vaqtda transkripsiyalash metodi diqqatga molik ravishda eng keng tarqalgan bo`lib , u so`zning orfografik shaklini berishga emas , balki fonetikasini bera oladi . O`zbek va ingliz tillarning fonetik sestemasining muhim farqiga binoan , bunday uzatish bir muncha sharti va bir qancha ingliz jaranglashining ayrim o`xshashlik va o`xshamasligini ishlab chiqaradi.
Umuman olganda tarjimon transkripsiyani ishlatganda albatta transleteratsiya elementlarini chetlab o`tib ketolmaydi. Hammasini ko`rib, umuman transleteratsiya va transkripsiya elementlari quyidagilarda o’z aksini topadi .
Talaffuz qilinmaydigan tovushlar transliteratsiyasi.
Reduksiyalangan unlilar transliteratsiyasi.
Ikki marotabalik undoshlarning transliteratsiyasi.
Saylov huquqiga oid terminlarning transkripsiya orqali tarjima qilinishiga misollar:
Do'stlaringiz bilan baham: |