O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


li bo‘lgan «Hibat ul-haqoyiq» dostonida ham uchraydi



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet421/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

li bo‘lgan «Hibat ul-haqoyiq» dostonida ham uchraydi:


misradagi «tapinurmen» so‘zi avvalgi bandning oxirgi misrasidagi «ina- 
nurmen» so ‘zi bilan ohangdoshlik hosil qilib, bandlararo qofiyalanishni 
yuzaga keltiryapti. Bu - bandlararo qofiyadoshlik butun she’r oxirigacha 
davom etadi va uni amalga oshirishda keyingi bandlarda «o'kunurnen», 
« o ‘girarmen», «ildinurmen» so ‘zlari xizniat qiladi. Shu jihati bilan she’r 
xalq og‘zaki ijodi she’rlariga yaqinlashadi. 0 ‘zbek xalq og ‘zaki ijodida- 
gi qofiya tizimini maxsus o ‘rgangan Farmon Rayhonov bunday tadrijli 
qofiyalanish usulini folklor xususiyatlaridan kelib chiqqan holda voqe- 
aband qofiya deb atash lozimligini qayd etadi16'. Demak, buddaviylik 
she’rlarining yaratilishida mualliflar qadimgi turkiy o g ‘zaki ijod namu­
nalari yutuqlariga tayanganlar ham da folklor an’analarini she’riyatga 
singdirishga harakat qilganlar. Bundan qadimgi turkiy adabiyotda janr­
larning folklor adabiy tizimi mavjud bo ‘lgani singari shakliy-poetik 
xususiyatlari ham og ‘zaki ijod asosida shakllangan, degan fikrga kclish 
mumkin. Chunki bandlararo qofiyadoshlik « 0 ‘n turli niyozusuli», «Jon- 
lilarga foydali b o ‘lmoq», «Itifar», «Yaxshi tilak» kabi she’rlarda ham 
uchraydi.
Buddaviylik ta ’sirida yaratilgan turkiy she’rlami o ‘rganish ularga 
xos boMgan quyidagi xususiyatlaming mavjudligini ko'rsatadi:
1) misra, bayt va bandlarda allitcratsiyaning yctakchiligi;
2) takror so‘zning qofiya vazifasini bajarishi;
3) bandlararo qofiyalanishning mavjudligi.
T o‘rtliklar Mahmud K oshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida 
ham mavjud bo‘lib, mazkur to‘rtliklaming ko‘pchiligi xalq og‘zaki ijo­
di namunalari hisoblanadi va ular asosan turkiy xalqlar folklorida ming 
yillardan beri yetakchi mavqega ega b o ‘lib kelgan barmoq vaznida ya­
ratilgan. «Devonu lug'otit turk» orqali yetib kelgan badiiy ijod namuna- 
larining vazni xususida olim lam ing fikrlari turlichadir. Jumladan, ayrim 
tadqiqotchilar ularni barmoqda yaratilganligini e ’tirof etishsa, ba’zilar 
esa aruz vazniga mansub deb hisoblashadi166.
«Devonu lug‘otit turk»dagi she>riy parehalarning yaratilish il- 
dizi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. «Devon» bilan maxsus 
shug‘ullangan olim Solih Mutallibovning fikricha, asarda keltirilgan 
adabiy, she>riy parchafar, umuman, xalq og‘zaki ijodi namunalari faqat 
XI asr adabiyotininggina namunasi bo'1 may, balki ayni paytda ularning
Rayhonov F. S h c 'r qanoti-lagi yulduzlai. Toshkent, A dabiyot va san ’at, 1986. B. 47.
166 
Bu 
haqda qarang: T o'xlic'- B. 
«Quladg'u 
bilig»ning 
poctikasi masalalari 
// 0 ‘imas obidalar. 
Toshkent, Fan, 
1989. B. 339-340 .
51 1


kattabir qismi juda uzoq davrlar m ahsulidir167. Darhaqiqat, «Devon»dagi 
qo‘shiqlar, she’riy parchalam i maxsus o'rganish, tahlil qilish yuqoridagi 
fikrlarni tasdiqlaydi.
T o‘rtliklaming islomdan keyingi turkiy xalqlar yozma adabiyotida 
aruz vaznida yaratilgan ilk namunalari Y usuf Xos Hojibning «Q utadg‘u 
bilig» asarida uchraydi. «Qutadg‘u bilig»dagi m avjud «... to ‘rtliklar 
butun ildizi bilan turkiy xalqlar she’riyatiga borib taqaladi. Y usuf Xos 
Hojib bu asarini garchi arab va fors adabiyoti an’analaridan bahramand 
b o ‘lib yozgan b o ‘lsa-da, unda turkiy xalqlar nazmi bilan mustahkam ich- 
ki muvofiqlik bor»168. Darhaqiqat, doston to ‘rtliklari bilan xalq og‘zaki 
ijodi to ‘rtliklari o ‘rtasida bir qator umumiy xususiyatlar mavjudki, bu 
masalalar, y a’ni «Qutadg‘u bilig» to ‘rtliklarming o ‘ziga xos xususiyat- 
lari, ulaming ruboiy janri va xalq to ‘rtliklari bilan munosabati kabilar 
o ‘zbek adabiyotshunosligida maxsus o ‘rganilgan169
T o‘rtliklar Ahmad Yassaviyning «Devoui hikmat» asarida ham uch­
raydi. «Devoni hikmat» - Yassaviyning soTiylikqarashlari asosida vujud- 
ga kelgan she’rlam i o ‘z ichiga olgan adabiy manbadir. Undagi she’rlam i 
shakliy-poetik tomondan kuzatish muallifning to ‘rtliklaming irnko- 
niyatidan unumli foydalanganligini ko‘rsatadi. «Devoni hikmat»dagi 
to ‘rtliklar turkiy-islomiy yozma adabiyotda barmoq vaznida yozilgan 
dastlabki namunalar ekanligi bilan ham ajralib turadi.
Hikmatlar asosan m urabba’ shaklidagi to ‘rtliklardan tashkil topgan. 
Ulaming qofiyalanishini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) b-a-b-a, v-v-v-a... ko‘rinishdagi qofiyaga ega b o ‘lgan she’rlar;
2) b-b-b-a, v-v-v-a... shaklda qofiyalangan she’rlar;
3) b-a-v-a, g-g-g-a... qofiya tizimidagi she’rlar.
K o‘rinib turibdiki, har bir guiuhdagi she’rlam ing dastlabki band- 
lari, y a’ni boshlanishi qofiyalanishi jihatdan farqlanadi, keyingilari esa 
birinchi bandning oxirgi misrasi bilan qofiyadosh b o ‘lib keladi. Shu- 
ningdek, to ‘rtliklar orasida «а-а-Ь-а» shakldagi qofiyalanganlari ham 
borki, ular vaznini hisobga olmaganda «Qutadg‘u biiig» va «Hibat ul- 
haqoyiq»dagi to ‘rtliklarni esga soladi. Hikmatlarning vujudga kelishida
167 M utallibov S. S o ‘z boshi /7 D evonu !ug‘otit turk. I-tom. Toshkent, Fan, I960. B, 34.
16s Haqqulov I. O bzbek adabiyotida ruboiy. Toshkent, Fan. 1981. B. 35.
B u haqda qarang: T o ‘xIiev B. «Q utadg‘u bilig»ning poetikasi m asalalari / 0 ‘lmas obidalar. 
lo sh k e n t. Fan, 1989. B. 331-348.
512


m isralar takrori ham alohida rol o ‘ynaydi. Bu xususiyat ayrim she’rlarda 
k o ‘zga tashianadi. Masalan, she’m ing birinchi bandidagi oxirgi misra 
butun she’r davomida mavjud to ‘rtliklaming so‘nggi misralarida aynan 
takrorlanadi. Misralar takrorining ikkinchi ko‘rinishida esa she’rning 
dastlabki to ‘rtligi o ‘zgachaligi bilan ajralib turadi. Chunki to ‘rtlikning 
ikkinchi misrasi to ‘rtinchi m israda to' 1 iq qaytariladi.
Hikm atlam ing 
qofiya 
tizimini 
o ‘rganish jarayonida 
ayrim 
to'rtliklarning qofiyalanishi e ’tibom i o ‘ziga tortadi. Xususan, ularda - 
bir to ‘rtlikda ikki xil qofiyalanish usuli kuzatiladi:
Chin oshiqlar kechkan ermish jonin tashlab,
Adham sifat barham urub molin tashlab,
Hu-hu teyu haq zikrini aytib xushlab,
hnon tasdiq qilib bag‘rin kabob etdi170.
Ko‘rinadiki, to ‘rtlikning birinchi bayti qofiyaga ham, radifga ham 
ega. Uchinchi misra esa dastlabki misralar radifi bilan ohangdoshlik ho- 
sil qilgani holda radifsizdir.
Takror so‘zning qofiya vazifasini bajarib, yoqimli ohangdorlik 
va she’riy ritm hosil qilishi Yassaviy to ‘rtliklariga ham xos xususiyat 
b o ‘lib, ularga ajib xalqona ruh baxsh etgan:
Qodir Egam qudrat bila sulh aylasa.
Jannat ichra kirar oshiq amr aylasa.
N a’ra tortib faryod etib, vird aylasa.
May n o ‘sh etib sam o’ qilib yurar b o ‘lg‘ay171.
Qadimgi turkiy she’riyatga xos bo ‘lgan an ’ananing «Hibat ul- 
haqoyiq»dagi kabi «Devoni hikmat»da ham davom etishi to‘rtliklaming 
turkiy adabiyotdagi uzluksiz tadrijiy taraqqiyotidan guvohlik beradi.
Yassaviy hikmatlari asosan mustaqil to ‘rtliklardan iborat boTsa-da, 
mazmun va ohang jihatidan yagona maqsadga xizmat qiladi. Mantiqiy 
izchillik u laming asosiy xususiyatidir. Bu jihati bilan ular xalq og‘zaki 
ijodi qo‘shiqlariga yaqinlashadi.
Adib Ahmadning «Hibat ul-haqoyiq» asarida 103 ta to ‘rtlik mavjud.
i7“ Y assaviy A. Hikm atlar (Nashrga tayyorlovchi: I.IIaqqulov). Toshkent, A dabiyot va sa n ’at, 
1990. B. i 85.
I7i Y assaviy A . 0 ‘sha kitob. B. 181.
513


Ushbu to ‘rtliklarni kompozitsion-semantik xususiyatlariga ko‘ra quyida- 
gi turlarga ajratish mumkin:
I. Biliklik keraklik so ‘zin so‘zlayur,
Keraksiz so‘zini ko‘mub kizlayur.
Biliksiz ne aysa ayur uqmatin,
Aning o ‘z tili o ‘z boshini yeyur172
Bilimli kishi kerakli so‘zni so ‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib yas- 
hiradi.
Ilmsiz kishi nima gapirsa, nodonligi sababli so‘zlaydi, shuning uc­
hun uning tili o ‘z boshini yeydi.
Mazkur to‘rtlik tuzilishi jihatdan o ‘rganilsa, uni ikki qismga ajra­
tish mumkin. T o‘rtlikning birinchi qismida bilimli kishiga xos b o ‘lgan 
ijobiy xususiyat tasvirlansa, ikkinchi qismida muallifning ilmsiz, johil 
kishiga nisbatan salbiy fikri ifodalangan. Demak, kompozitsion qismlar 
o ‘zaro mazmuniy ziddiyatga asoslangan. Baytlam ing o ‘zaro qiyosi orqa- 
li to ‘rtlikda oldinga surilgan poetik fikr - ilmli kishining ilmsiz kishidan 
afzalligi kitobxonga yanada oydinlashadi, bu esa to ‘rtlikning emotsional 
tomonini kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim omildir.
II. Ko‘ni bo‘l, ko‘ni qil, otin ko‘ni,
K o‘ni teyu bilsun xaloyiq seni.
K o‘nilik to ‘nin kiy, q o ‘yub egrilik,
Kedim to ‘n to ‘lusi ko ‘nilik to ‘ni.
(HH, 51-bet)
T o ‘g ‘ri b o ‘l, to ‘g ‘ri ish qil. T o‘g ‘ri deb nom chiqar. Xaloyiq seni 
to ‘g ‘ri deb bilsin.
T o ‘g ‘rilik to ‘nini kiy, egrilik to ‘nini yech. Kiyadigan to ‘nning yaxs- 
hisi to ‘g ‘rilik to ‘nidir.
Ushbu to ‘rtlik ham kompozitsion jihatidan ikki qismga bo‘lingan. 
Bu b o ‘linish yuqoridagi to ‘rtlik kabi m a ’no jihatdan ziddiyat asosiga 
qurilmay, balki kompozitsion qismlar o ‘rtasida m a’naviy parallellikni 
yuzaga keltirgan. M azkur turning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, birinc-
172 
Y ugnakiy A. H ibat ul-baqoyiq. Toshkent, 1971. B. 44-45. (B undan keyingi m isollar ham 
m azkur kitobdan olinib, sahifasi qavsda ko'rsatiladi).
514


hi m israda ilgari surilgan fikr, ikkinchi m israda o ‘zining poetik rivojiga 
erishadi. Ikkinchi misra birinchi misradagi fikmi to ‘ldirishga, chuqur- 
lashtirishga, mustahkamlashga xizmat qiladi. T o ‘rtlikning keyingi bay- 
tida ham dastlabki baytdagi kabi qoidalarga amal qilinadi va natijada 
baytlararo m a’naviy parallellik yuzaga keladi. Bu usul to ‘rtlikning poe­
tik mazmunim ochishga xizmat qilgani holda, uning jonli, yorqin ifoda- 
lanishiga olib kelgan.
HI. Bilik bilti bo‘lti eran belguluk,
Biliksiz tirikla yituk k o ‘rguluk.
Biliklik er o ‘lti oti o ‘lmatu,
Biliksiz esan crkan oti o ‘luk.
(HH, 41-42 bctlar)
Ilmli kishilam ing nomi m ashhur b o ‘ladi, bilimsiz kishilar esa tirik- 
layin o ‘ldi hisob va bu unga k o ‘rgulikdir.
Bilimli kishi o ‘lsa ham uning nomi o ‘chmaydi, ilmsiz kishining o ‘zi 
hayot b o ‘lsa ham oti o ‘likdir.
K o‘rinadiki, bu to ‘rtlikning kompozitsion qismlari ham m a’no jihat- 
dan qarama-qarshilikka asoslangan, lekin bu ziddiyat baytlararo emas, 
balki misralararodir. Kitobxonga to ‘rtlikdagi poetik fikr - ilmli kishining 
ilmsiz kishidan ustun ckanligi birinchi bayt misralarining o ‘zaro qara- 
ma-qarshiligi orqali uqtiriladi. M azkur poetik g ‘oya so ‘nggi misralarda 
rivojlantiriladi hamda m isralaming ziddiyati natijasida yanada ravshan- 
lashadi. «Bu yerda toq m isralar m a’lum poetik fikmi o ‘rtaga qo‘yadi. 
Jufit misralar esa uning ziddi uchun keltiriladi. Mana shu usul orqali shoir 
o ‘z fikrini oydinroq bayon etadi»173
IY. Kudazgil tilingni kel oz qil so‘zung,
Kudazilsa bu til kudazlur o ‘zung.
Rasul cmi o ‘tqa yuzin otquchi,
Til o ‘l tedi yig‘ til yul o ‘ttin o ‘zing.
(HH, 49-bet)
Tilingni tiy, so‘zingni qisqa qil, bu til tiyilsa, o ‘zing ham saqlanasan.
Rasul kishini o ‘tga tashlovchi tildir, deb aytdi, shuning uchun tiling­
ni tiy, o ‘zingni o ‘tdan tort.
Bunday tur to ‘rtliklaming o ‘ziga xos xususiyati sifatida shuni
173 
T o ‘xliev B. «Q u tad g 'u bilig»ning poetikasi m asalalari // 0 ‘lm as obidalar. Toshkent, Fan, 
1989. B. 335.
515


ko ‘rsatish mumkinki, ulam ing birinchi va ikkinchi misralarida m a’lum 
bir poetik g ‘oya ifodalanadi, keyingi misralarda esa man a shu fikming 
tasdig'i, dalili, ta ’kidi sifatida maqol, hadis, hikmatli so‘zlarga muro- 
jaat qilinadi. Yuqoridagi to‘rtlik fikrimizga dalil bo‘la oladi: uning bi­
rinchi baytiga «tilni tiyish, o ‘ylab so‘zlash» kerakligi to‘g ‘risidagi fikr 
singdirilgan b o ‘lsa, keyingi baytda bu fikr payg‘ambarimiz M uham­
m ad alayhissalomning hadislari orqali tasdiqlanyapti. M azkur usul ham 
to'rtlikning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillardan 
biri hisoblanadi.
Y. Haris to‘ymas ochun nengini terip,
Harislik qarimas idisi qarip,
Harislikni qo‘yur haris er qachon,
0 ‘lub yitsa tuproq ichiga kirip.
(HH, 71-bet)
M azkur to'rtlikka singdirilgan poetik g ‘oyani Adib Ahmad zanjirli 
ravishda rivojlantirgan, y a’ni birinchi misrada m a’lum bir fikr boshlanib, 
rivojlantirilgan. Chunonchi: haris (ochko‘z) kishi qarisa ham harisligi 
qarimaydi - ikkinchi misrada keltirilgan m azkur fikr alohida olingan- 
da ham tugal bir hikmat m azmuniga ega. Haris kishi qachon harisligini 
q o ‘yishi mumkin? Faqat o ‘lib, tuproqqa kirgachgina qo ‘yadi.
Xuddi shu yo ‘l orqali poetik g ‘oya o ‘zining tugal ifodasiga erishgan. 
Shuningdek, to ‘rtlikdagi misralarning kompozitsion jihatdan nisbatan 
mustaqilligi, har bir misraning o ‘zicha tugallangan mustaqil mazmun- 
ga egaligi, uchinchi - qofiyasiz misraning kitobxonning diqqatini o ‘ziga 
kuchliroq jalb etib, so'nggi m israda kelayotgan to ‘rtlikning yechimiga 
ishora qilishi kabi xususiyatlar alohida ahamiyatga ega. Chunki bu bel- 
gilar to ‘rtlikni ruboiy janriga yaqinlashtiradi. M a’lumki, «ruboiy fikr, 
ifodada ixchamlik va teranlikni talab etadigan jan r» 174
. Shu jihatdan yuqoridagi to ‘rtlik mazmun e’tibori bilan ham rubo- 
iyga yaqin turadi, chunki unda juda ham teran hayotiy bir fikr ilgari su- 
rilgan.
«Hibat ul-haqoyiq» to ‘rtliklarini ruboiy deyish mumkinmi, degan 
o ‘rinli savol tug‘iladi. Albatta, mazkur to ‘rtliklar shakliy xususiyatla- 
riga ko‘ra ruboiyga o ‘xshasa-da, lekin vazn nuqtai nazaridan qaragan- 
da ulardan farq qiladi. Chunki ruboiylar mumtoz she>riyat qoidalariga
174 H aqqulov I. O 'zb ck adabiyotida ruboiy. Toshkcnl, Fan, 1981. B. 9.
516


k o ‘ra arazning hazaj bahrida yaratilib kelgan. «Hibat ul-haqoyiq»dagi 
to‘rtliklar esa mutaqorib bahrida yozilgan. Shu sababli ulami ruboiy deb 
atash qiyin. Shunga qaramay, m azkur to ‘rtliklar turkiy adabiyotda rubo­
iy janrining shakllanishida sezilarli ta>sir k o ‘rsatganligi tabiiydir.
YI. Bu budun to ‘iusi axi er turur,
Axilik sharaf, joh, jam ol ortturur,
Sevulmak tilasang kishilar aro,
Axi b o ‘l axiliq seni sevdurur.
(HH, 64-bet)
Mazkur to ‘rtlikning dastlabki misralarida Adib Ahmadning saxiy- 
lik to‘g ‘risidagi fikrlari ifodalangan b o iib , ular quyidagicha mazmunni 
ifodalaydi: xalqning yetugi saxiy kishidir, saxiylik sharaf, martaba va 
go ‘zallikni orttiradi. M uallifuchinchi m isradao‘quvchini m ushohadayu- 
ritishga, o 'у lab k o‘rishga d a’vat etgani holda, so‘nggi misrada to ‘rtlikda 
k o ‘tarilayotgan poetik fikr - saxiylik, saxovatlilikni har bir kishi, albatta, 
o ‘ziga singdirishi kerakligini alohida uqtiradi: Kishilaming muhabbatini 
o ‘zingga jalb qilmoqchi b o ‘lsang, saxiy bo ‘l, saxovat seni sevikli qiladi.
Demak, bunday turga mansub to‘rtliklarda asam ing didaktik mhi 
alohida sezilib turadi, ya’ni to ‘rtlikda ilgari surilayotgan poetik fikr oxir- 
gi misrada o ‘ziga xos tarzda targ‘ib qilinadi. Dostonda bunday usulda 
yaratilgan to‘rtlik!ar k o ‘plab uchraydi. Biroq ayrim to ‘rtliklarda shoir o ‘z 
fikrlarini yuqorida keltirilgan misollardagi kabi faqat so‘nggi bayt yoki 
misralarda pand-nasihat tarzida uqtirib qolmasdan, balki to ‘rtlikning har 
bir misrasida sbe’rda ko ‘tarilayotgan poetik fikrga o'quvchining amal 
qilishi lozimligini ta ’kidlab o ‘tadi:
U lug‘lug‘qa tegsang yengilma o ‘zung,
Qoli kiysang atlas unutma bo‘zung.
IJlug4 bo ‘ldug‘ungcha tuzunrak bo‘lub,
Ulug‘qa kichikka siliq tut so ‘zung.
(HH, 78-bct)
U lug'likka yctishsang yanglishma. atlas kiyganingda bo‘zingni 
unutma.
U lu g iik k a crishguningcha yaxshiroq b o‘lib, katta va kichikka 
so ‘zingni silliq, muloyim qil.
«Hibat ul-haqoyiq» asarida, undagi to ‘rtliklarda qadimgi tur-
517


kiy adabiyotga xos an’analaming ta ’siri sezilib turadi. Dostondagi 
to‘rtlikiam ing tuzilishi, mazmun va g ‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini 
o'rganish shuni ko‘rsatadiki, ular qadimgi turkiy xalqlar yozma adabi­
yoti va o g ‘zaki ijodi to ‘rtliklari, xususan, «Devonu lug‘otit turk»dagi 
to‘rtliklar bilan bir o ‘rinda turadi. Mahmud K oshg‘ariyning «Devonu 
lug‘otit turk» asaridagi «... to ‘rtliklam ing tematikasi aneha boy. Ularda 
qabila bahodirlarining mardonavor kurash tuyg‘ulari, jasorati, m ehnat va 
muhabbat hislari o ‘z aksini topgan. «Devon»dagi to ‘rtlik va lirik parc- 
halar... ning aksariyati 7-11 hijodan tashkil topgan. 7-11 hijoli a-a-a-b 
yoki a-a-b-a shaklida qofiyalanuvchi she’rlar turkiy xalqlar poeziyasi- 
da qadim zamonlarda paydo b o ‘lganligi va nihoyatda keng tarqalgan- 
ligi ilmda allaqachonlar isbotlangan»175. Bu haqda, y a’ni to ‘rtliklaming 
turkiy xalqlar she’riyatida qadimdan keng qo‘llanilib kelgan yetakehi 
shakllardan biri ekanligi to ‘g ‘risida ye.E.Bertels quyidagilami qayd eta- 
di: «Qasida va g ‘azallardagi yagona qofiyalilik albatta, arablardan. Bi­
roq ju ft qofiya arablarga mutlaqo m a’lum emas edi. Ularga ruboiy ham
nom a’lum b o ‘lgan. Ammo ruboiy juda qadim zamonlardanoq 0 ‘rta va 
M arkaziy Osiyodagi turli turkiy xalqlar folklorida eng yoqimli shakllar­
dan biri bo‘lgan. Shuningdek, arab termini bilan ataladigan m urabba’, 
y a’ni har bir misrasi a-a-a-b, v-v-v-b, g-g-g-b k o ‘rinishida qofiyalanuvc­
hi to ‘rtliklardan boshqa narsa emasligini tan olmaslik mumkin em as»176.
Darhaqiqat, «Hibat ul-haqoyiq» va «Devonu lug‘otit turk»dagi ada- 
biy parchalarni muqoyasa qilish natijasida mazmunan va g ‘oyaviy yaqin 
bo ‘lgan misralarga ham duch kelish mumkin:
0 ‘g ‘ulum senga kuzurmen ardam o ‘gut xumaru,
Bilga erig b o ‘lub sen baqqil aning tabaru.
0 ‘g ‘lim, senga meros qilib ezgu xulq, odobni qoldiraman. 
A g a r
ilmli, aqlli odamlarga yo ‘liqsang, ularga yaqinlash, ulardan foydalan177.
M azkur fikr «Hibat ul-haqoyiq»ning quyidagi misralari uchun ham 
g/oyaviy asos b o ‘lib xizm at qilishi fikrimizga dalil b o ‘la oladi:
Biliktin avurmon so‘zumga ula,
175 Х аадулов И. У збек адабистида рубоий. Тош кент, Фан, 1981. Ь. 30.
1,6 Бсртельс Е.Э. И стория персидско-тадж икской литературы . М осква, 1960. С. 88.
т
Кошгарий 
М. Д евону луготит турк. 1-том. 
Тошкент, 
Ф ан, 1960. Б. 412.
518


Biliklikka, yo do‘st, o ‘zungni ula.
Bilik birla bilinur saodat y o ‘li,
Bilik bil saodat y o iin i bula.
(HH, 40-bet)
Bilim haqida so‘zlayman, so‘zimga quloq sol, ey do‘st, ilmli kishiga 
o‘zingni yaqin tut.
Bilim bilan saodat y o ‘H ochiladi, (shunga k o ‘ra) ilmli bo‘l, baxt 
y o ‘lini izla.
«Hibat ul-haqoyiq» dostonini ko‘zdan kechirar ekanmiz, shoiming 
o ‘zidan oldin yashab o ‘tgan ijodkorlaming, xususan, Y usuf Xos Hojib- 
ning «Qutadg‘u bilig» dostoni bilan yaqindan tanisbganligi, uning yu- 
tuqlaridan ijodiy foydalanganligi, har ikkala asam ing mazmun hamda 
g ‘oyaviy jihatdan bir-biriga o ‘xshash tomonlari mavjud ekanliginmg 
guvohi bo‘lamiz:
Qara bash yag'isi qizil til tumr,
Necha bash yedi bu taqi ma yeyur.
Bashingni tilasa tilingni ko ‘daz,
Tiling tekma kunda bashingni yeyur178
Qora boshning yovi qizil tildir, u qanchadan-qancha boshlarni yedi, 
yana ham yeydi.
Boshim omon b o ‘lsin desang, tilingni ehtiyot qil, tiling istagan bir 
kunda boshingni yeydi.
Y usuf Xos Hojibning bu fikr!anga Adib Ahmadning quyida kelti- 
rilayotgan misralardagi qarashlari o ‘zaro hamohangligi bilan ajralib tu- 
radi:
Sonip so‘zlagan er so‘zi so ‘z sog‘i,
0 ‘kush yangshag‘on til ay olmas yog‘i.
So‘zung bushlug' esma yig‘a tut tiling,
Yetar boshqa bir kun bu til bushlig‘i.
(HH, 47-bet)
0 ‘ylab so‘zlagan kishining so‘zi to ‘g ‘ridir, o ‘rinsiz ko‘p vaysagan 
til ayamaydigan yovdir.
So‘zing achchiq, ezma tilingni tiyib tut, achchiq (erk berilgan) til bir
З х Ю суф Хос Хржиб. К^утадгу билиг. Тош кснт, Ф ан, 1971. Б. 196.
519


kuni boshingga yetadi.
«Hibat ul-haqoyiq» va «Q utadg‘u bilig» to ‘rtliklarini solishtirish or­
qali ular o ‘rtasidagi bir qator o ‘xshashliklami kuzatish mumkin:
1. «Qutadg‘u bilig»dagi to ‘rtliklar ham, «Hibat ul-haqoyiq»dagi 
to‘rtliklar ham mavzu jihatdan didaktik xarakterdadir.
2. Har ikkala asardagi to ‘rtliklar aruz vaznining mutaqorib bahrida 
yaratilgan.
3. O 'zaro uyg‘unlik Y usuf Xos Hojib va Adib Ahmad to ‘rtliklarining 
kompozitsion xususiyatlarida ham mavjud.
Xullas, to ‘rtliklaming turkiy adabiyotda o ‘ziga xos taraqqiyot ta- 
rixi mavjud. Ular yozma adabiyotda qadimgi turkiy moniylik va bud- 
daviylik she'rlaridan boshlab kuzatiladi. Islomdan avvalgi she’riyatda 
alliteratsiyaning o ‘rni beqiyosdir. Chunki she’rdagi ohangdoshlikning 
yuzaga kelishi asosan alliteratsiyaga bog‘liq b o ‘lgan. Shuning uchun 
ham ularda qofiya hali islom davri adabiyotidagi kabi she’rning yetakchi 
unsuri darajasiga k o ‘tarilgan emas. Bu - qadimgi turkiy she’riyatda qo­
fiya bo‘lmagan, degan xulosaga olib kelmaydi. Balki uning shakllanish 
jarayonida ekanligini bildiradi. Shu bois to ‘rtliklarning yaratilishi ham 
asosan alliteratsiyaga tayanadi.
Bizning kuzatishlarimiz shundan dalolat beradiki, alliteratsion 
she’r, garchi qadimgi skandinaviya she’rlari uchun xos b o ‘lsa-da, u qa­
dimgi turkiy adabiyotda ham yetakchilik qilgan. Bu xususiyat turkiy 
she’r rivoji ham dunyo xalqlari she’riyati biian umumiy jarayonga ega 
ekanligini k o ‘rsatadi. Badiiy tafakkum ing ilk bosqichdagi umumiy hola- 
ti she’riyatda, xususan, janrlardagi umumiylikni belgilaydi.
Qadimgi turkiy she’riyatdagi qofiya tizimi haqida gap ketar ekan, 
moniylik she’rlariga qaraganda, buddaviylik she’rlarida qofiyaning anc- 
ha shakllanib qolganligini kuzatish mumkin. Bundan keyingi davrlar 
she’riyatida qofiyaning ohangdoshlik hosil qilishdagi vazifasi orta bor- 
ganligi k o ‘rinadi.
Turkiylar islomni qabul qilgach, yozma adabiyotda aruzning mav- 
qei ko‘tarila bordi va u turkiy she’riyatning asosiy vazni b o iib qoldi. 
To‘rtliklar ham aruz vazniga moslashdi, qofiya ulam ing yaratilishida 
yetakchi unsurga aylandi va alliteratsiyaning roli m oniylik hamda bud­
daviylik muhitiga nisbatan ancha pasaydi. Bu hodisa sh e’riyatning shu 
davrdagi ehtiyoji bilan baholanadi. Albatta, islom davri to‘rtliklarining 
vujudga kelishida qadimgi turkiy adabiyotdagi tajriba va an’analar mu-
520


him ahamiyat kasb etdi.
Shunday qilib, to ‘rtliklar qadimgi turkiy she’riyatdan islom dav- 
ri adabiyotigacha uziuksiz rivojlanish jarayonini bosib o ‘tdi va har bir 
davrdagi (moniylik, buddaviylik, islom) adabiy an ’analar asosida mu- 
kammallashib bordi.
MARSIYA
Har qanday odamning oTimi uni biladigan kishilarni, ayniqsa, ya- 
qinlarini chuqur iztirobga soladi. Inson ruhiyatidagi ana shu dardli kec- 
hinmalar, qayg‘u va alamli she’rlam i yuzaga keltirishi mumkin. M azkur 
she’rlar xaiq og‘zaki ijodida yig‘i atamasi orqali nomlanadi. Yozma ada- 
biyotda. esa ular marsiya deb ataladi.
M arsiya jam m ing taraqqiyotini o'rgam'sh uning turkiy adabiyot­
ning ichki imkoniyatlari asosida shakllanganligini k o ‘rsatadi. U dastlab 
xalq o g ‘zaki ijodida paydo b o ‘lgan va keyinchalik yozma adabiyotga 
o ‘tgan. M azkur fikrlami chuqurroq tadqiq etish maqsadida «Devonu 
lug/otil. turk»179 asariga murojaat etamiz. Garchi «Devonu lug‘otit turk» 
tilshunoslikka oid qimmatli asar b o ‘lsa-da, unda berilgan badiiy ijod 
namunalari m a’lum darajada qadimgi turkiy adabiyotning o ‘ziga xos 
tomonlarini tasavvur qilishga yordam bera oladi. Masalan, «Devon»da 
qadimgi turkiylar davlatining hukmdori Alp Er T o‘nganing mardligi, 
olijanobligi, shon-shuhratini madh etuvchi, shu bilan birga, uning vafoti 
munosabati bilan paydo b o ‘lgan bir qator to ‘rtliklar uchraydiki, ulaming 
yaratilishi, shubhasiz, eramizdan oldingi davrlarga borib taqaladi. M az­
kur to ‘rtliklam i marsiya janri namunalari, deb atash mumkin. Ulardagi 
chuqur dard, alam, iztirob, achinish, umuman, hazin ruh shunday deyish 
uchun asos b o ‘la oladi.
M a’lumki, Alp Er T o ‘nga miloddan avvalgi YII asrda yashagan tur­
kiy xoqon edi. U turkiy qabilalami birlashtirib, qudratli davlat tuzishga 
erishadi va bu davlatning shon-shuhrati tez orada uzoq oTkalarga ham
,7‘' Каранг: Ф ш р а т. Энг эски турк адабиёти лам уналари. Тош кент, М ум гоз суз, 2008. Ка- 
ю мов А . Кадимият обидалари. Тош кент, А дабиёт ва санъат, 1972; Стеблева И.В. Развитие 
тю ркских поэтических форм XI века. М осква, Наука, 1971; Х айитм стов А. Кдцимги туркий 
ш еърият хдкида // Х аёгбахш чашма. Тош кент. А дабист ва санъат, 1974. li. 138-149; М аллаев
Н. У збек адабиёти тарихи. Тош кент, У ^игувчи, 1976. Б .55-66, 103-108; У збек адабисти тари- 
хи. 5 том лик, 1-том. Тош кент, Ф ан, 1978. Б.88-92; М ахмуд К ош гарийнинг «Девону луготит 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   417   418   419   420   421   422   423   424   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish