O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Devoni hikmat”ning mavzu ko‘lami



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Devoni hikmat”ning mavzu ko‘lami. 
“Devoni hikmat” mavzu 
e’tibori bilan oddiy, qolaversa, mavzu rang-barangligi unchalik ko‘zga 
tashlanmaydi. Darveshlar va darveshlik fazilatlari haqida ko‘plab hamdu 
sanolar, axloqiy, diniy-falsafiy o'gitlar, Muhammad s.a.s.ning hayoti va 
mo‘jizalariga oid muhim parchalar, dunyo ahvolidan shikoyatlar va qiyo- 
mat kunlarining yaqinlashganini insonlarga eslatish maqsadi bilan yara­
tilgan zohidona shikoyatnomalar, jannat va jahannam, hur va g ‘ilmonlar 
va boshqalardan bahs etadigan jonli, hayotiy hikmatlardan iborat.
Yassaviyning hikmatlari molparastlikka, bu dunyoning hoyu havas- 
lariga qarshi qaratilgan kuchli g ‘oya. “Jondin kechgan chin oshiqlar dun­
yo demas” (52-b.), deydi Yassaviy bir hikmatida. Chin oshiqlar - muttasil 
ravishda Haq diydorini talab qilganlar. Ular uchun dunyo moli hech nar- 
sadir. Dunyo moliga suqlik bilan ko‘ngli bog‘laganlar oshiq emas. Hatto 
shunday riyokorlar ham borki, ishq yo‘liga qadam qo‘yadilar, o ‘zlarini 
parvonaday o ‘qqa-cho‘qqa uradilar, ammo yuz ming toat-ibodat qilsalar 
ham, buning asosi yo‘q, riyokorlikdan boshqa narsa emas, hamma hara- 
katlari soxta. Zotan, Junayd Bag‘dodiy: “Biz tasavvufni ochlik, uyqu- 
sizlik, dunyodan uzilmoq va sevgan narsalarimizdan nari bo‘lmoq bilan 
topdik” 
(Attor. Yuqoridagi asar, 90-b.),
deb aytganda, aynan bu yo‘lga 
kirganlaming hayot tarzi, a ’moli, e’tiqodini ko‘rsatib bergan edi.
“Devoni hikmat”ni o‘qir ekanmiz, tasavvufning turli istilohlari, 
ramziy obrazlariga duch kelaveramiz. Shu bois Yassaviy hikmatlariga
219


jo ‘n qarab, tasavvufiy istilohlami bugungi zamonaviy tushunchalar va 
qarashlar asosida talqin qilish tamomila xatolikka olib kelgan bo‘lardi, 
Shu bilan birga, chuqur mazmunli diniy-falsafiy tizimlarni Yassaviy- 
dan qidirish ham sun’iy xulosa va qarashlarga sabab bo‘lishi tabiiydir. 
Yassaviy hikmatlarida soddalik, lo‘ndalik va tabiiylik yarq etib ko‘rinib 
turadi. Xalqona ruh, xalqona til - hikmatlaming keng omma tomoni­
dan qabul qilinishiga birinchi kafolat; ayni paytda omma Hikmatlaming 
mazmun-mohiyatini, maqsadini qiyinchiliksiz anglay olishlari Yassaviy 
va uning izdoshlarining diqqat markazida turgan.
Yassaviy hikmatlarini tasavvuf ilmining o‘ziga xos manbai deb ay- 
tilsa ham b o ‘ladi. Fikrimizning isboti uchun bu ulug‘ zotning quyidagi 
hikmatlaridan birini olib ko‘raylik:
Har kim qilsa tariqatning davosini,
A w al borib shariatni bilmak kerak.
Shariatning ishlarini ado qilib,
Andin so‘ngra bu da’voni qilmak kerak.
Shariatsiz dam urmaslar tariqatda,
Tariqatsiz dam urmaslar haqiqatda.
Ushbu so'zlar ma’lum bo‘lar m a’rifatda,
Jumlasini shariatdin so‘rmoq kerak (224-b.).
Bu to ‘rt ruknga - shariat, tariqat, m a’rifat, haqiqatga buyuk mu­
tasavvuflar o ‘z ta’limotlarida bergan ta’riflari tom m a’noda chuqur 
ma’nolidir. Jumladan, Ahmad Yassaviyga nisbat beriladigan “Faqmo- 
ma” asarida har bir ruknning o'ntadan maqomi - jami qirq maqom ha­
qida bayon qilingan. Bu mknlami ko‘p mutasavvuflar talqin qilganlar. 
Talqinlar bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Jumladan, Najmiddin Kub- 
ro... deylilarki: “Ba’zi kishilar “shariatda yuribman” desalar, ba’zilari 
“tariqatdaman”, yana ba’zilari esa “haqiqat yo'lidaman”, deydilar. “Sha­
riatda yuribman”, deya da’vo qiluvchilami mo‘min va musulmon deyi- 
ladi. “Haqiqat yo'iidaman”, deydiganlami esa orif, oshiq va muhib kabi 
ismlar bilan ataladi”. Bu yo‘llarda yurganligini da’vo qilgan kishilarga 
m a’ni kerak, y a’ni ular m a’naviy hoi egalari boiishlari lozim...”82 Shu
82So‘fiy Muhammad Donishmand. M ir’ot ul-qulub. (Qalb ko‘zgusi). - Nashrga tayyorlovchi 
Nodirxon Hasan. - Xoja Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” (yangi topilgan namunalar) asariga
220


bois Yassaviy “Dunyo qo‘ymay, hoi ilmini bilsa bo'lmas”, degan edi. 
Darvoqe, m a’naviy hoi shuki, solik hoi darajasiga yetgach, tasawuri- 
da va xayolida ilohiy jamolni mushohada qila boshlaydi, qalbini zavqu 
shavq qamrab oladi83.
Umuman, tasavvuf ruknlariga berilgan ta’rif va talqinlami Boyazid 
Bistomiy, Hazrati Imom Ahmad Tanbal, Junayd Bag‘dodiy kabi qator 
mashhur mutasawuflar ta’limotida uchratamiz 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish