O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Fitrat Ahmad Yugnakiy haqida. 
Adib Ahmad haqida Navoiy 
keltirgan dalillar afsonaomuz mazmunni ifodalaydi. Navoiy keltirgan 
naqlda Adib Ahmad Imom A’zamning eng yaxshi shogirdlaridan biri, 
Imom A’zamdan tahsil olgan tolibi ilm sifatida talqin qilingan. Abdurauf 
Fitrat bunga aniqlik kiritgan. U Imom A’zamning hijriy 150-yili vafot 
etganini, “Hibat ul-haqoyiq” hijriy ikkinchi asrda (“Qutadg‘u bilig” va 
“Devonu lug‘atit-turk”dan uch asr burun) yozilganini qabul etishga im­
kon yo‘qligini ta’kidlagan edi. Fitrat uchun eng asosiy dalil - “Hibat 
ul-haqoyiq”ning til va uslub tomondan “Qutadg‘u bilig”ga yaqinligidir.
200


“Hibat ul-haqoyiq” til va uslubiga ko‘ra, “Qutadg‘u bilig”dan bir-ikki 
asr keyin yozilgan.68
Fitrat asosiy dalil sifatida “Hibat ul-haqoyiq” bag‘ishlangan Dod 
Spohsolor bekning kimligi va u yashagan davmi asos qilib oladi. Dod 
Spohsolor bek haqida fors shoirlaridan Sayfi Isfarangiy (581U185 
-666U268) devonida ma’lumot bor. Dod Spohsolor bek Sayfi Isfarangiy 
zamonida yashagan Farg‘ona hokimidir (Fitrat. Yuqoridagi asar, 49-b.).
Navoiyning “Munshaot” asarida Mirzo Badiuzzamonga yozilgan 
bir maktub bor. Badiuzzamon otasi Husayn Boyqaroga qarshi isyon 
ko‘taradi. Navoiy Badiuzzamonga nasihat tariqasida maktub yozar ekan, 
Adib Ahmadning quyidagi to‘rtligini keltiradi:
Otadin xato kelsa, ko‘rma xato,
Savob bil xato qilsa dag‘i ota.
Seni yuz balodin qutqarg‘ay Xudo,
Otaning xatosin bilgil savob
(Fitrat. Yuqoridagi asar, 48-b.).
Ammo mazkur ruboiy mavjud nashrlarda uchramaydi. Bundan 
ma’lum bo‘ladiki, “Hibatul-haqoyiq”ning bizgacha yetib kelgan nusxa- 
lari bir oz chala bo‘lgan ko‘rinadi. Navoiy davrida esa bu asaming mu- 
kammal nusxasi bo‘lgan va ulug‘ shoir ana o‘sha mukammal nusxadan 
foydalangan.
Adib Ahmad “Hibat ul-haqoyiq”da ham o‘zi haqida quyidagicha 
ma’lumot beradi:
Adib Ahmad otiin, adab, pand so‘zim,
So‘zum munda qolur, borur bu o‘zum.
Shuningdek, “Hibat ul-haqoyiq”ning muallifi haqidagi ayrim izoh- 
lar, tushuntirishlar bu asami ko‘chirgan kotiblar tomonidan ham kiritil- 
gan. Jumladan, asaming bir qo‘lyozmasida Adib Ahmad haqida quyida­
gicha ma’lumot berilgan:
Otasi oti Mahmudi Yugnakiy,
Adib Ahmad o‘g‘li, yo‘q ul hech shaki.
68Fitrat. Tanlangan asarlar. 2-jild. Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi filologiya fanlari 
doktori, professor H.Boltaboev, M a’naviyat, 2000, 47-b.
201


Adibning yen oti Yugnak erur,
Safoliq ajab yer, ko‘ngullar yorur.
Adiblar adibi fozillar boshi,
Go‘hartin so‘z aymish, adin so‘z boshi.
Shuningdek, asar qo‘lyozmasiga kotib tomonidan yozilgan izohda 
shunday misra bor:
Tug‘a ko‘rmas edi adibning ko‘zi.
Shoirning ko‘zi ojiz ekani to ‘g ‘risida Navoiy bergan m a’lumot, qola- 
versa, “Hibat ul-haqoyiq”ni ko'chirgan kotiblar bergan m a’lumotlardan 
shu narsa anglashiladiki, asarni adib og‘zaki aytib turgan va biron kotib 
yozib olgan.

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish