O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

Ismoiliylar mazhabi 
765-yili shiachilik mazhabida bo'linish na- 
tijasida yuz berdi. 760-yili shiachilikda oltinchi imom Jafar as-Sodiq 
to'ng'ich o'g'li Ismoilni imomatning qonuniy merosxo'rligidan mahrum 
qildi va kichik o'g'lini valiahd deb e’lon qildi. Buning sababi shu edi- 
ki, Ismoil sunniylarga ashaddiy dushmanlik kayfiyatida edi. Ismoilning 
hokimiyat tepasiga kelishidan aholining o'rta va quyi qatlami shialar ja-
141


moatining ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zgarish bo‘lishiga umid qilardi. 
Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ismoil vafot etdi. Ismoil vafot etgan 
bo‘lsa ham, uning tarafdorlari harakati yoyilib boraverdi. Avvaliga u, 
Ismoil o‘ldirilmagan, balki dushmanlardan yashirinib yuribdi, ya’ni 01- 
lohning xohishi bilan “g‘oyib” bo‘ldi, deb gap tarqatdilar. Ma’lum vaqt 
o‘tgach, Ismoilni yettinchi, “yashiringan imom”, u kerak paytda payt­
da Yog‘ surtilgan-mahdi sifatida paydo bo‘ladi, shuning uchun yangi 
imomlaming kelishiga hojat yo‘q, deb e’lon qildilar. Ismoiliylar asta- 
sekin kuchayib, X asrda Shimoliy Afrikada Fotimiylar xalifaligiga asos 
soldilar. Aynan Fotimiylar xalifaligi davrida Ismoiliylar Yaqin va 0 ‘rta 
Sharqda keng tarqaldilar. F otimiylar xalifaligining markazi Qohira bo ‘ lib 
qoldi. Musulmon olamining boshqa o‘lkalarida, shuningdek, ortodoksal 
shialar yashaydigan o ‘lkalarda ham Ismoiliylami ashaddiy mazhab deb 
hisobladilar va ulami shafqatsiz ta’qib qildilar.
Ismoiliylaming falsafiy-diniy aqidalaridan biri shu ediki, Olloh 
vaqti-vaqti bilan yer yuziga yuborilgan payg‘ambarlar Odam Ato, Nuh, 
Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad a.s.laming tanalariga o‘zining ilo­
hiy mohiyatini joylashtirgan. Ismoiliylar ulami “notiqlar”, ya’ni voizlar 
deb atagan edilar. Har bir yuborilgan payg'ambar voizlarga hamroh qi­
lib “somitlar”, ya’ni sukut saqlovchilami ham yuboradi. Somitlar hech 
qachon o'zlaridan gapirmaydilar, balki payg'ambar voizning va’zlarini 
talqin qiladilar. Muso davrida Homn, Iso davrida Butrus, Muhammad
a.s. davrida Ali bin Abu Tolib somit edilar. Olloh har bir payg'ambar 
voizni yuborganda, ular odamlar oldida fazoviy idrokni va ilohiy haqi­
qatni ochib berardilar. Ismoiliylaming yana bir aqidasiga ko'ra, olamga 
yettita payg'ambar voiz kelishi kerak. Ulaming biridan keyin ikkinchisi 
paydo bo'lishi oralig'ida olamni yetti imom izchil ravishda boshqaradi- 
lar, Olloh ular orqali payg'ambarlaming ta’limotini talqin qilib beradilar. 
Oxirgi - yettinchi payg'ambar voiz Ismoil o'g'li Muhammad qaytib kel­
ganda, u so'nggi ilohiy timsolni o'zida zohir etadi. Shundan keyin olam- 
da ilohiy idrok hukmron bo'ladi. Ilohiy idrok e’tiqodli musulmonlarga 
adolatni va rohat-farog'atni olib keladi.
Rudakiyning hayoti va ijodi haqida ishonchli ma’lumotlar as- 
Somoniyning “Kitob ul-ansob” (Nasabnoma kitobi), Muhammad Av- 
fiyning “Lubob ul-albob” (Mag'izlaming mag'izi, 1222-yil) va Davlat-
142


shoh Samarqandiyning “Tazkiratush-shuaro” tazkiralarida bor. Hamma 
tazkiralarda Rudakiy haqidagi ma’iumotlar bir-birini to‘ldiradi: arab va 
Ajamda unga teng keladigan shoir yo‘qligi, xalq uni doimo tantana bi­
lan kutib olgani, Amir Nasr davrida benihoya boyigani, uning she’rlari 
yuz jilddan (daftardan) iborat bo‘lgani haqida mazkur tazkiranavislar 
yozib qoldirganlar. Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, “ustod 
Rudakiy advor (musiqa sohasining bir turi - N.R.) va musiqiy fani- 
da tamom quwatga ega edi... uning ilmlar va ko‘p fanlardan voqifli- 
gi bordir. She’riyat turlaridan qasida va masnaviyni (ham) yaxshi ay- 
tar erdi. Ustod Rudakiy xosu avom oidida baland martabaga erishgan” . 
0 ‘rta asr adabiyotida Firdavsiy va Hofiz ijodida, bayozlarda, lug‘atlarda 
Rudakiy nomi tez-tez eslanadi.
Rudakiyning ijodiy merosi 130 ming baytdan iborat. Ba’zi 
ma’lumotlarga qaraganda, bir million uch yuz ming baytdan ham ko‘p 
ekan.
Jumladan, XI asrda yashagan shoir Rashidiy Samarqandiy Ruda­
kiyning adabiy merosi haqida quyidagicha ma’lumot beradi:
Jahon she’riyatiga boshliq kerak bo‘Isa gar,
Shoirlarga bosh bo‘lmoq Rudakiyga yarashar.
She’rini sanab chiqdim o‘n uch martaba yuz ming,
Yaxshiroq sanaganda, ehtimol, ko‘proq chiqar.
(

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish