O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Nasimxon rahmonov


“Hayy bin Yaqzon” qissasining qisqacha mazmuni



Download 16,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/430
Sana23.06.2023
Hajmi16,49 Mb.
#952986
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   430
Bog'liq
o\'zbek adabiyoti tarixi. raxmonov n. (1)

“Hayy bin Yaqzon” qissasining qisqacha mazmuni. 
Bir kuni bir 
necha do‘stlar o‘zlari yashayotgan yurtning bir chetiga sayru sayohat qi­
ladilar. Ular o‘sha muzofot chetida istarasi issiq bir qariyani uchratadilar. 
Ko‘p yillik mehnat va keksalik uning yuzlarida o‘z muhrini qoldirga- 
niga qaramay, qariyaning qiyofasida va vujudida yoshlik kuch-g‘ayrati 
barq urib turardi: uning ulug‘vor qad-qomatida keksalik alomatlari aslo 
ko‘rinmas, sochlaridagi oq unga husn bag'ishlab turardi. Sayyoh do‘stlar 
qariya bilan tanishadilar. Do‘stlaming “Kimsiz, nima bilan mashg‘ulsiz, 
qanday orzu-niyatlaringiz bor, qayerdansiz?” degan savollariga u shun­
day javob beradi: “Meni Uyg‘oq o‘g‘li Tirik deb aytadilar, Men asli 
Quddusdanman. Qiladigan ishim - olam mamlakatlari bo‘ylab kezaman, 
shu bois hamma mamlakatlar menga ham bo‘yiga, ham eniga tanish.
135


Men otamga yuz burganman, u tirik. Otam meni hamma fanlarning kaliti 
bilan qurollantirib, qadamlarimni olamning turli burchaklariga olib bora- 
digan so‘qmoqlarga yo'naltirgan. Men sayohatlarim bilan olam ufqlarini 
birlashtirmagunimcha yurishda davom etaveraman”.
Biz unga fanlar haqida savollar berib, fanlarda yashiringan sirlar ha­
qida izoh va tushuntirishlar olishga harakat qilardik. Nihoyat, biz farosat 
faniga yetib keldik. Bu fan sohasida men unda zakovatni ko‘rdim, men 
nihoyatda hayratlandim. Biz bu fan haqida endi so‘rashga shaylanib tur- 
ganimizda, u fikrlarini ayta boshladi: «Farosat - shunday fanlardan bi- 
ridirki, undan keladigan foyda naqddir. Chunki bu fan inson tabiatining 
xususiyatlarini senga shunday yorqin qilib ko‘rsatadiki, bu xususiyat- 
lami har kim boshqalardan sir tutishga harakat qiladi. Shunga muvofiq 
ravishda sen insonlar bilan у о ochiq yoki pinhon munosabatda bo‘lasan. 
Farosat ilmi sendagi o‘chib ketay degan qirralami, deyarli yo‘qolib ke- 
tay degan, sal-palgina sezilib turadigan sifatlami yorqinlashtiradi. Agar 
senga farosatning tuzatadigan qo‘l tegsa, seni komillikka olib boradi, 
o‘zingni charxlashni boshlagin, yo‘ldan ozdiruvchi - seni sirpanchiq 
so‘qmoqqa olib chiqadi. Mana, sen o ‘zingdan yuz o‘girib ketmaydigan- 
lar qurshovidasan. Axir, ular ahmoq hamrohlardir. Sen ulardan qutula 
olmaysan. Agar seni qandaydir saxiy homiy saqlamasa, ular seni vasva- 
saga soladilar.
Sening oldingda turgan do‘sting yolg‘onchi va mahmadona. U fa­
qat safsata sotadi, bo‘hton to‘qiydi. U seni hech qachon yo‘l asbob-an- 
jomlari bo‘lib xizmat qilmaydigan xabarlar bilan ta’minlaydi, haqiqiy 
voqea safsata oqibatida loyqalanadi, yolg‘on oqibatida haqiqat panada 
qoladi. Ammo har qanday holatda ham oldingdagisi senga ayg‘oqchi va 
nazoratchi bo‘lib xizmat qiladi: senga ko‘rinmaydigan, sen turgan joy- 
dan yo‘q qilingan narsalar haqidagi ma’lumotlar u orqali senga yetib 
keladi. Unda haqiqiyni nohaqiqiydan ajrataman, uydirmadan haqiqatni 
izlayman deysan, ammo senga hech narsa qolmaydi; bir to‘da xatolardan 
haqiqatni topaman, deysan, ammo baribir, buning evini qilolmaysan. Se­
ning qo‘lingdan omad ushlab, sarsonlikdan olib chiqishi mumkin; saro- 
simalik seni joyingda qotib turishing uchun majbur qilishi mumkin; eh- 
timol, haqiqatga o‘xshab ko‘rinadigan qopqon seni uydirmaga qiziqtirib 
o‘ziga tortishi mumkin.
Sening o‘ng tomoningda turgan do‘sting - battol: agar u g‘azabga 
minsa, uni o‘git-nasihatlar bilan bosa olmaysan, erkalash bilan shaxtidan
136


tushira olmaysan. U quruq o‘tin ustidagi olov, tik jarlik qayrilishidagi 
suv oqimi, bolalaridan ayrilgan ona sher kabidir. Chap tomoningda tur- 
gan esa razil ochofat, shahvatparast ayg‘ir ot singaridir: uning qomini 
chang-to‘zon to'ldiradi; faqat tuproq uning nafsini qondiradi. U yalab 
ichadigan, chapillatib yalaydigan, jig‘ildoniga uradigan, makkor axta 
cho‘chqa; uni dorilab o‘ldirganlar va keyin go‘ngtepaga olib chiqib tash- 
laganlar.
Ey baxti qaro, sen ularga tobesan, faqat o‘zing tug‘ilgan o‘lkadan 
bularga o‘xshaganlarning birontasi qadami yetmagan yerga qochib ketib- 
gina ulardan qutula olasan. Ammo sen qochib ketishing uchun hali vaqt- 
soati kelmadi, ulardan qutulishing uchun najot yo‘q. Qo‘llaring ulaming 
ustidan hukmronlik qilsin, hukmronliging ular ustidan tantana qilsin. 
Ularga jilovingni berib qo‘yishdan yoki jilovingni bo‘shashtirishdan 
saqlangin. Yaxshisi, o‘zingni yaxshi xo‘jayin qilib ko‘rsatib, ulardan 
ko‘ra qo'lingni uzun qilib yurgin. Sening hukming ulaming hukmidan 
ustun kelsin. Agar sen ularga qattiq tursang, ular seni emas, balki sen 
ulami itoat ettirasan. Ular seni emas, balki sen ulami bo‘ysundirasan.
Bu oshnalarmgga nisbatan qo‘llanadigan ta’sirchan vositalar shun­
dan iboratki, o‘sha mechkay esi pastni siltab tashlab, uning hirsini ti- 
yib qo‘yish uchun, tiyiqsiz bu bevosh vositasida uni yengish uchun, 
tilyog‘lama, xushomadgo‘y esi pastni tinchitasan, o'sha o‘jar odamni 
hushini joyiga keltirib qo'yasan. Ana shu yolg‘onchi mahmadonaga kel- 
sak, u Ollohdan ishonchli kafolatni senga namoyon qilmaguncha, unga 
moyil bo‘lishga urinma. Ollohdan kafolatni namoyon qilgandan keyin 
unga ishongin, u, garchi gapidan adashib ketsa ham, senga aytadigan 
xabarlariga quloq solishdan bo‘yin tovlamagin. Ana shunda tekshirishga 
loyiq boigan xabarlar orasidan asosli va ishonchlilarini nazardan chetda 
tjoldirmaysan...”.
Qissadan olingan mazkur parcha ibn Sinoning falsafiy qarashlari- 
ai ifoda etadi. Asardagi obrazlar majoziy ma’noga tayanadi. Jumladan, 

Download 16,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish