O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


faoliyatining  kafolotlari  to’g’risida”gi  Qonun



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.10.2019
Hajmi0,73 Mb.
#23690
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar


faoliyatining  kafolotlari  to’g’risida”gi  Qonunning  qabul  qilinishi  muhim 

ahamiyat kasb etdi. Bu qonunni qabul qilishdan maqsad quyidagilarda ifodalanadi: 

 

NNTlarini yanada rivojlantirish; 



 

ularning mustaqil ish yuritishini ta’minlash; 



 

ularning chinakam mustaqilligini ta’minlash; 



 

ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; 



 

ular  faoliyatini  tashkiliy-huquqiy  jihatdan  qo’llab-quvvatlashni 



kuchaytirish; 

 



ular 

faoliyatini 

moddiy-texnik 

jihatdan 

qo’llab-quvvatlashni 

kuchaytirish. 

Nodavlat notijorat  tashkilotlarini  “uchinchi sektor”  deb ham  ataydilar.  Shu 

o’rinda  aytish  kerakki,  “birinchi  sektor”  deyilganda  davlat  va  “ikkinchi  sektor” 

deyilganda  tijorat sektori  (yoki shaxsiy  sektor  deb  ham  atashadi)  nazarda  tutiladi. 

Respublikamizda  nodavlat  notijorat  tashkilotlariga  oid  milliy  assosiasiya 

uyushmasi mavjud. 

Ma’lumki,  har  qanday  tashkiliy  tuzilmaning  mohiyati  va  mazmuni  u  olib 

boradigan  funksiyalar  va  faoliyat  yo’nalishlarida  yorqin  ifodalanadi.  Jamoat 

tashkilotlarining  funksiyalari  ham  ularning  jamiyat  hayotiga  nisbatan  muayyan 

faoliyatni  amalga  oshirishlari  orqali  ta’sir  ko’rsatishlarida  namoyon  bo’lishi 

shubhasiz. 

Jamoat  tashkilotlarda  amalga  oshirilayotgan  demokratik  islohotlarning 

samarasi  va  davomiyligini  ta’minlash  borasidagi  faoliyatni  quyidagi  yo’nalishlar 

bo’yicha tahlil etish mumkin: 

Birinchidan, fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti hisoblanadigan 

jamoat  tashkilotlarining  birlamchi  va  asosiy  funksiyasi,  ularning  davlat 



 

53 


hokimiyatini  muayyan  darajada  chegaralash,  ya’ni  davlat  hokimiyati  organlari 

faoliyati  ustidan  jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirish  ekanligini  e’tirof  etish 

joiz.  Aytish  mumkinki,  jamoat  tashkilotlarining  roli  aynan  demokratik 

jarayonlarning  rivojlanish  davrida  uni  qo’llab-quvvatlash  va  mustahkamlashda 

ko’rinadi. 

Ikkinchidan,  mamlakatimizda  jamiyatni  demokratlashtirish  va  isloh  qilish 

jarayonida  siyosiy  partiyalar  muhim  funksiyalarni  amalga  oshiradilar.  Siyosiy 

partiyalarning  asosiy  funksiyasi  alohida  olingan  fuqarolar,  ijtimoiy  qatlamlar  va 

guruhlar  manfaatlarini  birlashtirib,  ularni  siyosiy  manfaatlar  majmuasi  darajasiga 

ko’tarish,  shuningdek,  bu  uyg’unlashgan  manfaatlarning  jamiyat  uchun  bir  xilda 

ahamiyat kasb etishini ta’minlay olishdir. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  siyosiy  partiyalar 

mavjud  konstitusiyaviy  huquq  me’yorlari  doirasida,  shuningdek,  fuqarolarning 

huquq  va  erkinliklariga  daxl  qilmagan  holda  shakllanib  kelayotgan  siyosiy 

jarayonlar  va  munosabatlar  tamoyillari  doirasida  muqobil  siyosiy  yo’llarni  ifoda 

etuvchi vosita sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Har bir partiyaning o’z dasturi 

va  maqsadlariga  mos  ravishda  nazariy,  mafkuraviy,  siyosiy  va  tashkiliy 

funksiyalari bo’lib, ular partiya faoliyati va ichki hayotining ajralmas qismidir. 

Uchinchidan,  jamoat  tashkilotlarining  eng  ommaviy  shakllaridan  biri 

hisoblangan  kasaba  uyushmalari  jamiyatning  ijtimoiy  taraqqiyotiga  sezilarli 

darajada  ta’sir  o’tkazadilar.  Ta’kidlash  joizki,  ushbu  institutning  ijtimoiy 

jarayonlardagi  ta’siri  faqatgina  mehnat  munosabatlari  bilan  chegaralanib 

qolmasdan, balki undan ham kengroq doiraga qaratilgan. 

Kasaba  uyushmalarining  ijtimoiy  yo’naltirilgan  funksiyalarining  mohiyati 

quyidagilarda namoyon bo’ladi:  

 



jamiyatning integrasiyalashuviga erishish;   

 



ishlab  chiqarish  demokratiyasini  rivojlantirish  orqali  fuqarolik 

jamiyatini shakllantirish;  

 

davlatning ijtimoiy sohadagi siyosatini rivojlantirishga ko’maklashish; 



 

jamiyatning mehnat potensiallarini saqlash va rivojlantirish; 



 

54 


 

bozor 



munosabatlarini 

rivojlantirish, 

mehnat 

bozorini 



takomillashtirish;  

 



jamiyatda  inson  qadr-qimmatini  oshirish  va  mehnat  odatlarini 

rivojlantirish. 

Mamlakatimizda  ijtimoiy  voqelikning  jadal  sur’atlarda  rivojlanib  borishi, 

jamiyatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar fuqarolik jamiyatining asosiy 

institutlarining yangi funksiyalarini shakllanishiga olib kelmoqda. 

Hozirgi  kunda  deyarli  barcha  jamoat  tashkilotlari  mamlakatni  demokratik 

yo’nalishda  rivojlantirish,  muayyan  sohalar  yuzasidan  insonning  huquq  va 

erkinliklarini himoya  qilish, davlat hokimiyati  organlari faoliyati ustidan  samarali 

nazorat o’rnatish kabi masalalarga o’zlarining asosiy faoliyat yo’nalishlari sifatida 

qaramoqdalar.  Jamoat  tashkilotlariga  birlashgan  fuqarolar  ular  orqali  o’zlarining 

turli  xil  manfaatlari  va  huquqlarini  amalga  oshirishni  ko’zlaydilar.  Bunday 

sharoitda  jamoat  tashkilotlari  oldiga  fuqarolarning  davlat  ishlarini  amalga 

oshirishda ishtiroklarini ta’minlash hamda ularning mavjud qonunchilikka nisbatan 

ijobiy  munosabatlarini  shakllantirish  va  shu  orqali  ularni  qonunga  itoatkor  shaxs 

sifatida tarbiyalash kabi yangi vazifalar qo’yilmoqda. 

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldiga muayyan maqsad 

va vazifalarning qo’yilishi hamda  yangidan-yangi  muammolarning yuzaga kelishi 

o’z navbatida, jamoat tashkilotlari faoliyat yo’nalishlarining o’zgarib borishi, o’z-

o’zidan  uning  o’zgacha  mohiyat  kasb  etishiga  olib  keladi.  Binobarin,  jamoat 

tashkilotlari  bugungi  kunda  jamiyatni  demokratlashtirish  va  isloh  qilish 

jarayonining  ajralmas  va  zaruriy  bo’g’iniga  aylanib  bormoqda.  Bunday  sharoitda 

ularning funksiyalari doirasi kengayib borishi hamda turli xil shakllarda namoyon 

bo’lishi obektiv xususiyatga egadir. 

Mamlakatimizda  huquqiy  demokratik  davlat  qurish  jarayonida  fuqarolik 

jamiyatining  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblangan  fuqarolarning  o’zini  o’zi 

boshqarish  organlaridan  biri  –  mahallaning  o’rni  beqiyosdir.  Mahalla  –  bu 

sharqona  “demokratiya  darsxonasi”.  O’zbekistonda  fuqarolar  yig’inlari  va  o’zini 

o’zi  boshqarish  organlari  –  mahallalarning  soni  10  mingdan  ortiqni  tashkil  etadi. 



 

55 


“Mahalla”  so’zi  arabcha  “mahallun”  so’zidan  olingan  bo’lib  “joy”,  “hudud” 

ma’nolarini  bildiradi.  O’zbekiston  davlat  mustaqilligiga  erishganidan  so’ng 

mahalla  faoliyatining  huquqiy  asoslari  yaratildi.  Bunda  mahallalar  hayoti  bilan 

bog’liq ko’p masalalar bilan bir qatorda mahalla oqsoqolini saylash tartiblari ishlab 

chiqildi.  Fuqarolar  yig’ini  raisi  (oqsoqoli)  va  uning  maslahatchilari  saylovi 

mamlakatimiz hayotida muhim o’rin tutadi. Bu saylov demokratizm, oshkoralik va 

teng saylov huquqi asosida o’tkaziladi. 

Fuqarolik  jamiyati  institutlari  tizimida  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 

(mahalla)ning  o’rni  beqiyosdir.  Chunki  boshqa  mamlakatlardan  farqli  o’laroq, 

mahalla  instituti  yurtimizda  ming  yillar  davomida  sinalgan va chuqur  ildiz otgan, 

aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, 

uning  hozirgi  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  xalqimizning  urf-odatlari, 

an’analari  va  qadriyatlarini  saqlab  qolish,  ularni  jipslashtirish  kafolati  sifatida 

maydonga chiqayotganligini yaqqol ko’rib turibmiz.  

Mahalla  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  eng  yorqin  ko’rinishi,  ayni 

paytda  fuqarolik  jamiyatining  asosi  va  tayanchi  deb  tan  olinganligi  bilan  ham 

o’zining  yuksak  mavqeiga  ega.  Mustaqillik  yillari  mobaynida  jamiyatdagi 

boshqaruv  tizimlarini  isloh  qilish,  davlat  vazifalarini  jamoat  tashkilotlariga 

bosqichma-bosqich  o’tkazish,  ya’ni  kuchli  davlatdan  kuchli  fuqarolik  jamiyatiga 

o’tish borasidagi ishlar izchil davom ettirib kelinmoqda. 

Inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquq  va  erkinliklarining  ta’minlanishini 

amalda  keng  va  to’la  ro’yobga  chiqarish  maqsadida  tashkil  etilgan  va  shu  yo’lda 

faoliyat  yuritayotgan  Inson  huquqlari  bo’yicha  Oliy  Majlis  vakili  (Ombudsman), 

Inson  huquqlari  bo’yicha  milliy  markaz,  “Ijtimoiy  fikr”  jamoatchilik  markazi, 

Amaldagi  qonun  hujjatlari  monitoringi  instituti  kabi  bir  qator  milliy  institutlar  va 

tashkilotlar  qatorida  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  yanada  kengroq  tarkibini 

yaratish  alohida  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Mamlakatimizda  “Kamolot”  yoshlar 

ijtimoiy  harakati,  O’zbekiston  xotin-qizlar  qo’mitasi,  “Sog’lom  avlod  uchun”  va 

“Nuroniy”  jamg’armalari,  “Ijod”  fondi,  Nodavlat  notijorat  tashkilotlar  milliy 

assosiasiyasi  va  boshqa  jamoat  tashkilotlari  samarali  faoliyat  yuritmoqda.  Biroq 



 

56 


shu va shunga o’xshash fuqarolik institutlarining faoliyatini yanada jonlantirish va 

rivojlantirish  hozirgi  kunning  o’ta  muhim  vazifalaridan  biridir.  Bunday  dolzarb 

vazifaning  bajarilishi  yo’lida  bir  qator  amaliy  ishlar  qilindi.  Fuqarolik  jamiyati 

institutlarining  rolini  va  ahamiyatini  oshirishga  hissa  qo’shayotgan  200  dan  ortiq 

qonun  hujjatlari  qabul  qilindi.  Biroq  bu  yo’lda  qilinadigan  ishlar  hali  talaygina. 

Chunki  bunday  vazifalarning  dolzarb  ahamiyat  kasb  etishi  hyech  kimga  sir 

bo’lmagani holda ularning so’zsiz ijobiy yechimi hayotiy zaruriyatdan o’zga narsa 

emas. Chunki mohiyat e’tibori bilan fuqarolik jamiyati davlatni va uning organlari 

faoliyatini  nazorat  qiladi.  Shuning  uchun  ham  u  zarurdir.  Bu  zarurat  ma’lum 

asoslar  mavjud  bo’lgan  taqdirdagina  o’z  hayotiy  ifodasini  topishi  mumkin. 

Jamoatchilik  nazorati  kasaba  uyushmalari,  siyosiy  partiyalar,  iste’molchilarning 

uyushmalari  va  shu  kabilar  orqali  amalga  oshiriladi.  Bular  xalqning  davlat 

hokimiyati  bilan  o’zaro  muloqotini  ta’minlab  beruvchi  “ko’prik”dir.  Bunday 

ko’prikning mavjud  bo’lishi va uning yaxshi taraqqiy etishi demokratik, huquqiy 

davlat qurishni maqsad qilgan jamiyat uchun juda muhim vazifa, chunki xalqning 

davlat  hokimiyati  bilan  o’zaro  muloqotining  yo’lga  qo’yilishi  demokratiya  uchun 

asosiy  omil  hisoblanadi.  Lekin bunday  muloqotning  yo’lga qo’yilishi  ancha qiyin 

masala.  Bu  borada  davlatning  ham,  jamoatchilikning  ham  faolligi  zarur. 

Mamlakatimiz rahbarining ilgari surgan takliflari ana shunday zaruriyatning davlat 

tomonidan amalga oshirilayotgan hayotiy ifodalaridan biridir. 

  Mamlakatimiz  Prezidenti  ilgari  surgan  takliflardan  biri  –  bu  “Ijtimoiy 

sheriklik  to’g’risida”gi  Qonunni  qabul  qilish  taklifi.  Ushbu  qonunda  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlanish  dasturlarini  amalga  oshirish,  gumanitar  muammolarni  hal 

etish,  mamlakatimiz  aholisi  turli  qatlamlarining  huquq  va  erkinliklari, 

manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat tuzilmalari 

bilan  o’zaro  munosabatlaridagi  aniq  chegaralarni  belgilash  va  tashkiliy-huquqiy 

mexanizmlarni takomillashtirish kabi masalalar bo’yicha huquqiy normalar ko’zda 

tutilishi  darkor.  Ushbu  qonunning  qabul  qilinishi  jamoaviy  mehnat  nizolarini  hal 

etishga  hissa  qo’shadi,  ijtimoiy  barqarorlikni  ta’minlashga  ko’maklashadi, 

xodimlarning mehnatga doir huquqlarining samarali kafolatlanishiga xizmat qiladi. 


 

57 


 

 

 



 

 

 



 

 

 

XULOSA 

 

Insoniyat  taraqqiyotining  har  bir  tamaddun  bosqichi  yangi-yangi 

muammolaru  ularni  omilkorlik  bilan  bartaraf  etish  qonuniyatlaridan  iborat. 

Muammolar  echimi  esa  strategik  vazifalarni  aniq  belgilab  olish,  ular  ijrosi 

mexanizmlarini puxta ishlab chiqishga bog’liq. 

Mustaqil  O’zbekiston  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’lini  «o’zbek  modeli»ning 

o’ziga  xosu  o’ziga  mos  mashhur  besh  tamoyili  asosida  strategik  aniq  belgilab, 

buyuk  kelajagi  sari  dadil  yuz  tutdi.  Besh  tamoyil  milliy  kamolotning  yaxlit 

kvintessensiyasi sifatida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, uning 

negizida  ochiq  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  nazariy-amaliy 

poydevoriga aylandi. 

Fuqarolik  jamiyati  muammosi  –  asriy  muammo,  insoniyatning  azaliy  orza-

ideallari 

olami. 


Qadim 

Bobulning 

«Xammurapi  qonunlari»dan  qadim 

Hindistonning  vedalarigacha,  milliy  halq  og’zaki  ijodi  namunalari  g’oyalaridan 

«Avesto»,  ya’ni  zardushtiylik  ta’limotigacha,  qadim  Rim,  qadim  Ellada,  qadim 

Xitoy  siyosiy-huquqiy  ta’limotlaridagi  «ideal  shoh»,  ideal  shahar  (davlat),  «ideal 

jamiyat» haqidagi qarashlardan buyuk mutafakkur bobakalonlarimizning, o’rta asr 

Ovruposi  va  XIX-XX  asrlar  siyosiy  falsafasi  g’oyalarigacha  fuqarolik  jamiyati 

haqidagi  orzular  hamda  ularning  ruyobi  muammolari  hamisha  ham  nazariy,  ham 

amaliy  dolzarblik  kasb  etgan.  Bular  tarixiy-retrospektiv  yo’nalishda  kitobda 

tahliliy umumlashtirilib berilgan. 


 

58 


Ayni  paytda,  jahoniy  nazariy  va  amaliy  tajribalarga  asoslangan  holda, 

mustaqil  O’zbekistonda  ochiq  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  bilan  bog’liq 

o’ziga  xos  muammolar  echimi  mazkur  tadqiqotning  bosh  mavzusiga  aylandi. 

Albatta,  o’n  ikki  yillik  mustaqillikdavrida  mamlakatimizda  ro’y  bergan, 

berayotgan  ijtimoiy  yangilanishlar  ko’lami  va  mohiyatiga,  insoniyatning 

demokratik  sivilizasiyasini  mehvariga  fuqarolik  jamiyati  shaklida  qanday 

ko’tarilayotganimizga odil hukmni tarix beradi. 

O’zbekiston  o’z  Yo’lboshchisi  rahnamoligida  adolatli  shunday  jamiyatni 

shakllantirish yo’liga qat’iy qadam qo’ydi. 

Milliy  taraqqiyot  modelining  barcha  prinsiplari  bozor    sivilizasiyasining 

demokratik  afzalliklari  bilan  uyg’un  vobasta  qilishga  qaratilgan.  Bu  juda  yuksak 

tarixiy  mas’uliyat  bo’lib,  turli  jabhalarning  tub  islohiy  jarayonlarida  uni  qat’iy 

inobatgaolishga to’g’ri keladi. Gap yolg’iz fuqarolik jamiyatini shakllantirish aniq 

rivoji xususida ham ketyapti. 

Bunday  taqdirilamon  buyuk  o’zgarishlar  tajribasini  biror  bir  davlat 

osonlikcha  boshdan  kechirgani  yo’q.  Shu  bois,  nazarimizda,  mustaqillik  yillari 

tabiiy holda biz uchun oson kechmadi, kechmayapti. O’zbekiston sobiq ittifoqdosh 

respublikalar  singari  o’tish  bosqichidek  murakkab  jarayonni  qiyinchiliklar  bilan 

kechindi,  kechinmoqda.  Bu  tabiiy  qiyinchiliklar  milliy  taraqqiyotimizning 

o’zimizga  xos  yalpi  tub  islohatlar  yo’li  va  ularning  amaliy  samarali  orqaligina 

omilkorlik  bilan  bosqichma-bosqich  bartaraf  qilindi.  Jahon  hamjamiyati 

O’zbekistonda  ro’y  berayotgan  yalpi  demokratik  o’zgarishlarni  qattiq  kuzatib 

turibdi. Biz tabiiy ravishda ularga ko’p e’tibor berib turmadik, chunki shunday yo’l 

va strategik maqsadni etti o’lchab, bir kesgan holda o’zimiz tanladik. Har bir millat 

tanlagan  taraqqiyot  yo’liga  esa  hamisha  hayrihohlik  bilan  qarash,  baho  berish 

lozim. 


Zamonaviy  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  demokratik  huquqiy  davlat 

qurish,  ochiq  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  tub  islohatlarning  strategik 

maqsadi  qilib  belgilandi.  Bular  hammasi  xalq  tomonidan  qizg’in  qo’llab-

quvvatlanilgan yalpi yangilanishlarning ijobiy natijalar berishiga asos bo’ladi. 



 

59 


Milliy  iqtisodiyot  mustaqil  rivojining  bosh  yutuqlaridan  biri  -    bu 

mamlakatning  don  va  yoqilg’i  mustaqilligiga  erishgani,  xo’jalik  faolligi 

pasayishining  oldi  olinganligi,  ming  yilliklar  arafasida  iqtisodiyot  barqaror 

o’sishining  ta’minlanganligi  bo’ldi.  Ushbu  omillar  jamiyat  hayotining  barcha 

sohalarini yalpi isloh qilishda bosh asos bo’lib xizmat qildi. 

Biroq  iqtisodiyotni  ma’naviyatdan  ayri,  birining  ikkinchisi  ustidan  ustun 

holda qaramaslik lozim. 

Istiqlolning  ilk  kunlaridanoq,  iqtisodiyotimiz  mafkurasizlashtirildi.  Asosiy 

maqsad  iqtisodiyotni  yovuzlik  imperiyasidan  meros  totalitar  mafkuradan  tezroq 

xoli bo’lishi edi. Maqsad o’zini to’la oqladi. 

Jamiyat oldida nisbatan murakkab vazifa turardi. U ijtimoiy sivilizasiyaning 

yangi  insoniy  qadriyatlari  asosida  iqtisodiyot  bilan  mafkura  o’rtasidagi  o’zaro 

uzviylikning uyg’un tizimini yaratish edi. Iqtisodiy islohatlarni g’oyaviy jihatdan, 

milliy  tiklanish,  adolatli  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  jarayonlarini 

mafkuraviy  sog’lom  ta’minlash  masalalariga  tobora  ko’proq  e’tibor  qaratilgani, 

qaratilayotgani sabablari aynan ana shunda. 

Jamiyatda mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’ymaslik davlatning bosh strategik 

maqsadiga  aylandi.  Jamiyat  jiddiy  va  o’ta  mas’uliyat  bilan  mafkuraning  nisbiy 

mustaqil hodisa ekanligi omilini hisobga olgan holda, milliy istiqlol mafkurasining 

yaxlit  konsepsiyasini  yaratishga  kirishdi.  Ushbu  siyosatning  tizimiy  asosi  bo’lib 

konstitusiyaviy  mafkuraviy  plyuralizm,  fikrlar  va  g’oyalar  xilma-xilligi 

demokratizmi, Islom Karimovning «G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat 

fikr,  jaholatga  qarshi  faqat  ma’rifat  bilan  bahsga  kirishish,  olishish  mumkin», 

degan g’oyaviy plyuralizm falsafasi xizmat qildi. 

«O’zbekiston  –  kelajagi  buyuk  davlat»  majmuiy  milliy  g’oyasi  va  uning 

negizida  «Kuchli  davlatdan  –  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari»  siyosiy  qurilish 

dasturi ishlab chiqildi. Ayni paytda, mustaqil davlat o’z ichki siyosati strategiyasini 

bosqichma-bosqich  tadrijiy  rivojlanish,  «Ozod  bo’lsang  –  obod  bo’l,  erkin 

bo’lsang – erkin bo’l, mustaqil bo’lsang – mustaqil bo’l!», «Yangicha fikrlash va 

ishlash – davr talabi» shiorlari negizida belgiladi, tashqi siyosatda bosh tamoyillar 



 

60 


qilib «Mintaqaviylikdan globallashuv sari» va «mintaqaviy xavfsizlikdan – global 

xavfsizlik sari», degan g’oyalar asos qilib olindi. 

Jamiyat 

hayotining 

barcha 

jabhalarini 



isloh 

qilish, 


demokratik 

yangilanishlarni  yanada  chuqurlashtirishning  hozirgi  sifat  bosqichi  bu  – 

O’zbekiston  demokratik  rivojlanishi  tarixining  yangi  bosqichidir.  Bosqichning 

ijtimoiy-siyosiy sifat falsafasi erkinlashtirish va ochiq fuqarolik jamiyati asoslarini 

shakllantirish strategiyalarida teran namoyon bo’ldi. 

Davlat 


jamiyati 

bo’lmish 

fuqarolik 

jamiyatini 

O’zbekistonda 

shakllantirishning  eng  asosiy,  eng  muhim  ustuvor  maqsadi,  avvalo,  mustaqillikni 

yanada asrab – avaylash, himoya qilish va mustahkamlash, deb belgilandi. Aynan 

shu  maqsad  «mamlakatimizni  siyosiy  jihatdan  rivojlantirish,  iqtisodiyotni 

modernizasiya  qilish,  jamiyatni  ma’naviy  yangilash  borasida  olib  borayotgan 

barcha islohatlarimizning mezoni»

1

, deb baholandi. 



Fuqarolik  jamiyati  –  erkin,  ochiq,  adolatli  jamiyat.  Unda  inson  va  fuqaro 

huquqlari,  erkinliklari,  ommaviy  axborot  vositalari  erkinligi,  oshkoralik, 

demokratik plyuralizm eng bosh qadriyatlardir. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini 

shakllantirishning to’rtinchi asosi qilib aynan ana shu taqdirilamon mohiyatlarning 

tanlanganligi ayni muddao. 

Nodavlat  va  jamoat  tashkilotlarining  jamiyat  hayotidagi  o’rni,  mavqei 

hamda demokratik maqomi fuqarolik jamiyatining asosidir. 

Xulosa  qilib  aytganda  Fuqarolik  jamiyatini  yanada  shakllantirishda 

qo’yidagi takliflarni tavsiya etamiz: 

-ijtimoiy tashkilotlarning xuquqiy normativ bazasini yanada kuchaytirish; 

- nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida inforimasion baza yaratish 

- ijtimoiy xamkorlikni rivojlanishda infrastruktura yaratish 

-NNT tugrsisida axalini bilimlarini oshirish 

-  eshlarga  NNT  to’g’risida  va  ularni  tashkil  etish  masalalarini  kengrok 

eritish; 

                                                 

1

 Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini 



shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. –T.: O’zbekiston, 2002. 17-bet.. 

 

61 


-  fuqarolik  jamiyati  to’g’risida  oliy  ukuv  yurtlarida  maxsus  kurslar  tashkil 

etishdavlat. 

 

 

 



 

 

ADABIYOTLAR RO’YXATI 



 

1.  O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi.-T.: "O’zbekiston". 2003. 

2.  Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiklol, iktisod, siyosat, mafkura. T.1.,-T.: 

"O’zbekiston". 1996.  

3.  Karimov  I.A.  Yangicha  fikrlash  va  ishlash  davr  talabi.  T.5.-T.: 

"O’zbekiston". 1997. 

4.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XXI  asr  busag’asida:  xavfsizlikka  taxdid, 

barqarorlik shartlari va tarakkiyot kafolotlari. T.6.-T.: "O’zbekiston", 1997.  

5.  Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda.- T.: "O’zbekiston", 2000.  

6.  Karimov 

I.A. 

O’zbekistonda 



demokratik 

o’zgarishlarni 

yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy 



yo’nalishlari.  Ikkinchi  chaqiriq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining 

to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruza. Xalq so’zi, 2002 yil 30 avgust. 

7.  Karimov  I.A.  El-yurtga  xalol,  vijdonan  xizmat  qilish  xar  bir  raxbarning 

muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan 

tashkari sessiyasida so’zlangan nutk. "Ishonch", 2004 yil 26 may. 

8.  Karimov  I.A.  Konun  va  adolat  ustuvorligi  faoliyatimiz  mezoni  bulsin. 

Surxondaryo  viloyat  xalq  deputatlari  Kengashining  navbatdan  tashqari 

sessiyasida so’zlangan nutk. "Xalq so’zi". 2004 yil 2 iyun. 

9.  Karimov 

I.A. 


Mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T.: 2010. 

 

62 


10. Mo’minov  I.  O’zbekistonda  ijtimoiy-falsafiy  tafakkurning  rivojlanishi 

tarixidan. T.: “Fan”, 1960. 

11. Keyzerov N.M. Politicheskaya i pravovaya kultura – M., 1983;  

12. Gegel G.V.V. Filosofiya prava: - M.: Mыsl, 1990, 

13. Xayek F.N. Put k rabstvu. Per. s angl. –M.: 1992. 

14. Alisher Navoiy "Maxbub ul-kulub"-T.: "Adabiyot" nashriyoti. 1996. 

15.   Forobiy  Abu  Nasr.  Fozil  odamlar  shaxri.-T.:  Abdulla  Kodiriy  nomidagi 

"Xalq merosi" nashriyoti, 1993. 

16.  Problemы formirovaniya grajdanskogo obщyestva.CB.statey. –M.: 1993. 

17. Reznik Yu.M.Grajdanskoye obщyestvo kak fenomen sivilizasii. – M., 1993; 

18. Azizxujayev A.A. Demokratiya-xalq xokimiyati demakdir.-T.: 1996 

19. Azizxujayev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat.-T.: "Akademiya". 1997. 

20. Mirzo Ulugbek. To’rt ulus tarixi.-T.: 1998. 

21. Grajdanskoye obщyestvo. Mirovoy opыt i problemы Rossii. – M., 1998;  

22. Azizxujayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar.T.: "Sharq", 

"Akademiya". 2001. 

23. 

Islomov Z.M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga – T., 2002; 



 

24. 


Odilqoriyev X.T. Konstitusiya va fuqarolik jamiyati. – T., 2002; 

 

25. Mejuyev  V.M.  Grajdanskoye  obщyestvo,  pravovoye  gosudarstvo,  pravo. –



 M., 2002,  

26. Azizxujayev A.A. Chin o’zbek ishi.T.: "Akademiya", 2003. 

27. Sharifxo’jayev 

M. 


O’zbekistonda 

ochiq 


fuqarolik 

jamiyatining 

shakllanishi. – T., 2003. 

28. Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T., 2006  

29. Fuqarolik jamiyati. Umumnazariy, ijtimoiy-siyosiy jurnal. 2010-2011. 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish