O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.10.2019
Hajmi0,73 Mb.
#23690
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ozbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va ijtimoiy tashkilotlar


 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS  



TA’LIM VAZIRLIGI 

 

ALISHER  NAVOIY NOMIDAGI  

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

                                                                             

Tarix-falsafa fakulteti 

Falsafa  yo’nalishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasi 

 

 



O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va 

ijtimoiy tashkilotlar



 

                                     

Malakaviy bitiruv ishi 

 

 

 

Bajaruvchi: Ochilova F. 

Ilmiy rahbar: dots. Vafaeva Dj.B. 

 

 

Malakaviy bitiruv ishi Sharq falsafasi va ma’naviyat kafedrasida bajarildi. 

Kafedraning 2010 yil 3 iyundagi majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya 

etildi  (bayonnoma № 10). 

 

             Kafedra mudiri                                                    prof.Turayev B.O. 



 

 

Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2010 yil 3 iyundagi majlisida himoya qilindi 



va ____ foizga baholandi (bayonnoma № 10). 

 

  



 

 

 

 

 

 

 

 

S A M A R Q A N D  - 2010 

 



 



 

Mavzu: O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish 

va ijtimoiy tashkilotlar. 

 

Reja: 

Kirish. 

I-bob. Fuqarolik jamiyatining nazariy-tarixiy talqini. 

1.1§.    O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  to’g’risidagi 

qarashlar va uning rivojlanish  bosqichlari 

1.2§.      Ijtimoiy  tashkilotlar-fuqarolik  jamiyatining  asosiy 

elementlari. 

II-bob.  «O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  shakllanish 

o’ziga xos xususiyatlari» naulril va amaliyot. 

2.1§.  Konstitusiyaviy davlatchilik-fuqarolik jamiyat asosi. 

2.2§. 

Islohatlarni 

o’zbek 

modeli 

va 

modernizasiyalashtirish imkoniyatlari. 

2.3§. 

 

Ijtimoiy 

hamkorlik 

–  fuqarolik  jamiyat 

institutlarining rivojlanishi va istiqbollari. 

Xulosa. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 



 

KIRISh 

 

 

Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini 

qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, 

rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «O’zbek modeli» deb nom olgan o’z 

taraqqiyot yo’lini tanlab oldi



1

Biz  ishlab  chiqqan  va  bugungi  kunda  hayotga  tadbiq  etayotgan  ushbu 



modelning  ma’no-mazmuni-davlat  qurilishi  va  konstitusiyaviy  tuzumni  tubdan 

o’zgartirish  va  yangilash,  iqtisodiyotni  mafkuradan  xoli  etish,  uning  siyosatdan 

ustunligini  ta’minlash,  davlatning  bosh  islohotchi  vazifasini  bajarishi,  ya’ni 

islohotlar  tashabbuskori  bo’lishi  va  ularni  muvofiqlashtiririb  borishi,  qonun 

ustuvorligini  ta’minlash,  kuchli  ijtimoiy  siyosat  yuritish,  islohotlarni  bosqichma-

bosqich  va  izchil  olib  borish  tamoyillariga  asoslanadigan  siyosiy,  iqtisodiy  va 

ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir

2



Shu 

bois 


mamlakatimizda 

demokratik 

islohotlarni 

yanada 

chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish,  eng  avvalo 

jamiyatimiz  a’zolari,  turli  ijtimoiy  qatlamlar,  ayniqsa  talaba  yoshlar 

tomonidan uning mazmun-mohiyati teran va chuqur anglab yetilishini taqozo 

etadi. 

Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim 

yo’nalishlarida biri, bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs 

huquqi  va  manfaatlarini  ishonchli  himoya  qilishga  qaratilgan  sud-huquq  tizimini 

izchil demokratlashtirish va globallashtirishdan iboratdir. Bir so’z bilan aytganda, 

yurtimizda  huquqiy  davlat  asoslarini  yanada  takomillashtirish  va  aholining 

huquqiy  ongi  va  madaniyatini  yuksaltirish  biz  uchun  hal  qiluvchi  vazifa  bo’lib 

qolmoqda


3

                                                 



1

 I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi” T.:  2010. 16-b 

2

 I.A. Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida Т.6., 1998. 59-bet 



3

 I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi” T.:  2010.. 38-b 


 

Aynan  shuning  uchun  ham  biz  mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab 



islohotlarning  mazkur  yo’nalishiga  alohida  e’tibor  qaratganimiz  bejiz  emas.  Ana 

shunday  yondashuv  tufayli  bu  boradagi  ishlarning  ko’lami,  miqyosi  va 

samaradorligi  keyingi  o’n  bosqichga  ko’tarilganini  ko’p-ko’p  misollarda  ko’rish 

mumkin


1

.  


Bugun  biz  demokratik  jarayonlarni  chuqurlashtirish,  aholining  siyosiy 

faolligini  oshirish,  fuqarolarning  mamlakatimiz  siyosiy  va  ijtimoiy  hayotidagi 

amaliy  ishtiroki  haqida  so’z  yuritar  ekanmiz,  albatta,  axborot  erkinligini 

ta’minlamasdan,  ommaviy  axborot  vositalarini  odamlar  o’z  fikr  va  g’oyalarini, 

sodir  bo’layotgan  voqealarga  o’z  munosabati  va  pozisiyasini  erkin  ifoda  etadigan 

minbarga  aylantirmasdan  turib,  bu  maqsadlarga  erishib  bo’lmasligini  o’zimizga 

yaxshi tasavvur etamiz

2



Ma’lumki,  fuqarolarning  axborot  sohasidagi  huquq  va  erkinliklarini 

ta’minlash  masalasi  insonning  axborot  olish,  axborotni  va  o’z  shaxsiy  fikrini 

tarqatish  huquqi  va  erkinligini  o’zida  mujassam  etgan  bo’lib,  bu  O’zbekistonda 

demokratik  jamiyat  asoslarini  barpo  etishning  muhim  sharti,  ta’bir  joiz  bo’lsa, 

tamal toshi hisoblanadi

3



Erkin  saylov  va  o’z  xohish-irodasini  erkin  bildirish  prinsiplari,  birinchi 

navbatda  har  bir  shaxsning  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylash  va 

saylanish  bo’yicha  konstitusiyaviy  huquqi  milliy  davlatchiligimiz  modelining 

asosini  tashkil  etadi.  Saylovlar  –  bu  mamlakatimizda  amalda  bo’lgan  huquqiy 

normalarning nechog’liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik 

huquqiy  davlatning  uzviy  belgisi,  xalqning  o’z  xohish-irodasini  erkin  ifoda 

etishning,  fuqarolarning  davlat  va  jamiyat  boshqaruvidagi  davlat  va  jamiyat 

boshqaruvdagi  ishtirokining  asosiy  shakli  bo’lib,  o’ta  muhim  va  hal  qiluvchi 

ahamiyatga ega masaladir

4



                                                 

1

 O’sha asar. 29-b 



2

 I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi” T.:  2010. 105-b 

3

 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7 – jild. – Т.: O’zbekiston, 1999, 134 – bet 



4

 I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi” T.:  2010. 77-b 


 

O’zbekistonimiz  bosib  o’tgan  keyingi  19  yillik  davr  aholimizning  keng 



qatlamlari  qo’llab-quvvatlaydigan  turli  xil  fuqarolik  jamiyati  institutlari,  nodavlat 

notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo’ldi.  

Fuqarolik  institutlari,  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  hozirgi  kunda 

demokratik  qadriyatlar,  inson  huquq  va  erkinliklari  hamda  qonuniy  manfaatlarini 

himoya  qilishning  muhim  omiliga  aylanmoqda,  fuqarolarning  o’z  salohiyatilarini 

ro’yobga  chiqarish,  ularning  ijtimoiy,  sotsial-iqtisodiy  faolligi  va  huquqiy 

madaniyatini  oshirish  uchun  sharoit  yaratmoqda,  jamiyatda  manfaatlar 

muvozanatini ta’minlashga ko’maklashmoqda

1



Shu bilan birga «Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari 



saylovi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga fuqarolarning o’zini o’zi 

boshqarish  organlari  raislari  saylovi  tizimini  yanada  takomillashtirish  bo’yicha 

oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, 

fuqarolar  ijtimoiy  faolligini  kuchaytirishda  mahallaning  ahamiyati  va  roli 

oshirilishini  ta’minlaydigan  chora-tadbirlarni  nazarda  tutadigan  o’zgartish  va 

qo’shimchalar kiritish taklif qilinadi

2



Mavzuning  ishlanganligi.Fuqarolik  jamiyati  barpo  etishning  nazariy  va 



amaliy  jihatlari,  ushbu  jamiyatning  huquqiy  madaniyati,  ma’naviy-ahloqiy 

asoslariga  oid  muammolar  O’zbekistonning  mustaqil  taraqqiyoti  yillarida  barcha 

ijtimoiy    gumanitar  yo’nalishdagi  ilmiy  tadqiqotlarning  diqqat  markazida  turibdi. 

So’nggi yillarda fuqarolik jamiyatining mohiyati, tabiati hamda uni shakllantirish 

jarayonlariga bag’ishlangan, shuningdek tegishli huquqiy madaniyat, huquqiy ong 

va  huquqiy  mafkura  tahliliga  doir  bir  qator  siyosiy-nazariy,  falsafiy,  huquqiy, 

tarixiy yo’nalishdagi asarlar chop etildi.  

Prezidentimiz  I.A.Karimov  asarlari,  ma’ruza  va  nutqlarida  Demokratik 

jarayonlarni  chuqurlashtirish,  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirish  konsepsiyasi 

haqida  qimmatli  ko’rsatmalar,  asosiy    tushunchalar  berilgan.  Ushbu  asarlari 

                                                 

1

 Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini 



shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. “Xalq so’zi”, 2002 yil 30 avgust 

2

 I.A. Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 



rivojlantirish konsepsiyasi” T.:  2010. 18-b 

 

O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida, O’zbekiston XXI asrga intilmoqda, konsepsiya 



va boshqa ma’ruza va asarlaridir. 

Mazkur  muammolar  xususida  tadqiqot  olib  borgan  ko’pgina  huquqshunos, 

faylasuf, siyosatshunos olimlarimizning asarlari diqqatga sazovordir. Ular qatorida 

akademiklar  Sh.Z.O’razaev,  M.Sharifxo’jaev,  professorlar  A.A.Azizxo’jaev, 

Z.M.Islomov, X.T.Odilqoriev, S.Jo’raev, Sh.I. Jalilov, A.X.Saidov, R.Maxmudov, 

U.Tadjixanov,  M.A.Rajabova,  M.M.Fayziev,  E.H.Xalilov,  fan  doktorlari 

A.Hamraev,  F.X.Raximov,  F.Musaev,  M.Qirg’izboev  va  boshqalarni  ko’rsatib 

o’tish mumkin

1

.     


 

Odatda, fuqarolik jamiyati xususida gap ketganda, qadimgi Yunon faylasufi 

Arastu  fikrlariga  tayaniladi.  Darhaqiqat,  bu  tushuncha  Arastu  tomonidan  ilk  bor 

ilmiy  va  siyosiy  iste’molga  kiritilgan  edi.  U  fuqarolik  jamiyatini  siyosiy 

qurilishning  ma’lum  shakli  orqali  bir-birlari  bilan  bog’langan  erkin  va  teng  

huquqli fuqarolar uyushmasi sifatida xarakterlagan edi

2



Akademik  M.Sharifxo’jaev  o’zining  “O’zbekistonda  ochiq  fuqarolik 



jamiyatining  shakllanishi”  asarida  ushbu  jamiyatning  tarixiy-nazariy  talqiniga, 

uning  hozirgi  zamonaviy  tushunilishiga,  xususiyatlariga,  undagi  insoniy  ijtimoiy 

holatga,  hokimiyatning  mazmun-maqomiga,  davlat  bilan  jamiyat  nisbatini 

ifodalovchi  xususiyatlarga,  davlat  tuzilmasini  erkinlashtirish  masalalariga, 

fuqarolik  jamiyatining  iqtisodiy  asoslariga,  shuningdek,  islohotlarning  “o’zbek 

modeli”  orqali  mamlakatimizda  ochiq  fuqarolik  jamiyatini  shakllantirishning 

                                                 

1

 O’razayev  Sh.Z.  Mustaqil  O’zbekistonning  Konstitusiyasi. – T.,  1993;  O’sha  muallif.  Vlast  i  zakon. – T.,  1991; 



Azizxo’jayev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.: Sharq. 1997; Islomov Z.M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, 

ertaga – T., 2002; Odilqoriyev X.T. Konstitusiya va  fuqarolik jamiyati. – T., 2002; Odilqoriyev X., G’oyibnazarov 

Sh. Siyosiy madaniyat. – T., 2004; Jalilov Sh.I. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. – T., 2001; Sharifxo’jayev M. 

O’zbekistonda  ochiq  fuqarolik  jamiyatining  shakllanishi. – T.,  2003;  Jo’rayev  S.  Fuqarolik  jamiyati:  nazariya  va 

amaliyot. – T.,  2003, Tadjixanov  U.,  Saidov  A.  Huquqiy  madaniyat  nazariyasi.  1 – 2  tom. – T.  1998;  Umarova  K. 

Politicheskaya  kultura  narodov  Uzbekistana  i  Karakalpakstana:  istoricheskiy  opqt  formirovaniya. – Nukus,  1995; 

Xalilov  E.H.  O’zbekiston  Respublikasining  qonun  chiqaruvchi  oliy  organi:  soxta  vakillikdan  haqiqiy 

parlamentarizmga  qadar. – T.,  2001;  Musayev  F.  Demokratik  davlat  qurishning  falsafiy-huquqiy  asoslari. – T., 

2007; Qirg’izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T., 2006 va boshq 

2

  Қаранг:  Резник  Ю.М.  Граждонское  общество  как  феномен  цивилизации.  –М.:  1993;  Проблемы 



формирования гражданского общества. –М.: 1993;  Граждонское общество и перспиктивы демократии. –М.: 

1994;  Граждонское  общество.  Мировой  опыт  и  проблемы  России.  –М.:  1998;  Туров  И.С.Общество  как 

социальная  система.  //  Социально-политический  журнал.  1994,  №12;  Френк  Ричард  Д.  Государство, 

общество  и  бизнес  в  условиях  индустриальной  демократии.//  Проблемы  теории  и  практики  управления, 

1993,  №1;  Кравченко  А.И.  Введений  в  социологию.  –М.:  1994;  Очерки  по  истории  теоретической 

социологии  XIX  –  нач.  ХХ  вв.  –М.:  1994;  Политология  (под  ред.  Т.В.  Полуниной).  –М.:1998;  Человек  и 

общество. // Социально-политологии. –М.: 1995 ва б 


 

nazariy  va  amaliy  jihatlariga  ilmiy-publisistik  nuqtai  nazardan  baho  beradi. 



Muallifning  umumiy  xulosasiga  ko’ra,  “Fuqarolik  jamiyati  mustaqil  ishlab 

chiqaruvchi,  mustaqil  erkin  xaridor,  mustaqil  ozod  fuqaro  jamiyatidir”.  Biroq, 

asarda “mustaqillik” holatlarini mustaqillashtirish ruhi ustuvorlik qiladi. 

Professor  Z.M.Islomovning  “Fuqarolik  jamiyati:  kecha,  bugun,  ertaga” 

risolasida 

fuqarolik 

jamiyati 

ijtimoiy 

hodisasining 

paydo 


bo’lish–

shakllanish  bosqichlari, uning mohiyati, tarixiy ildizlari, xususiyatlari, davlat bilan 

fuqarolik  jamiyatining  o’zaro  nisbati,  asosiy  tamoyillarini  atroflicha  ilmiy  tahlil 

qilib chiqadi. 

Faylasuf  va  siyosatshunos  olimlarimizdan  prof. N.Shodiev,  dotsentlar 

S.Hasanov, T.Do’stjonov va M.Qirg’izboevlar fuqarolik jamiyati tahlilini qadimgi 

Sharq  va  G’arb,  xususan,  yunon  mutafakkirlari  ilmiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  falsafiy 

merosidek  tarixiy  poydevorga    tayangan  holda  amalga  oshiradilar.  Bunda  ular 

adolatli  huquqiy  davlat  g’oyasiga,  fuqarolik  jamiyatida  boshqaruv  tartibi 

masalalariga  alohida  e’tibor  qaratadilar.  Masalan,  M.Qirg’izboevning  “Fuqarolik 

jamiyati:  nazariya  va  xorijiy  tajriba”  nomli  monografiyasida  tahlil  etilayotgan 

hodisaning  umumiy  tushunchasi,  unsurlari:  siyosiy  partiyalar,  nodavlat  notijorat 

tashkilotlar, o’zini o’zi boshqarish organlari kabi fuqarolik jamiyati institutlarining 

shakllanish  bosqichlari  bayon  etilgan,  shuningdek,  fuqarolik  jamiyatining  tashkil 

topishi,  uning  huquqiy  davlat  bilan  munosabatlariga  doir  xorijiy  tajriba  nazariy 

jihatdan umumlashtirilgan. 

Professor  X.T.Odilqoriev  “Fuqarolik  jamiyatining  mohiyati  va  qadriyatlari 

tizimi”  hamda  “Konstitutsiya  va  fuqarolik  jamiyati”  nomli  asarlarida  fuqarolik 

jamiyatining  mohiyati,  mazmuni,  yuridik  tabiati  va  ta’rifi,  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirishning  konstitutsiyaviy  zamini,  uning  tarkibiy  tuzilishi  va  faoliyat 

yuritish  tamoyillari,  bu  jamiyatning  madaniyati,  ma’rifiy  qadriyatlari,  ma’naviy-

axloqiy  asoslari,  fuqarolik  jamiyati  bilan  huquqiy  davlatning  o’zaro  munosabati, 

fuqarolik  jamiyati  sharoitida  inson  huquqlarini  muhofazalash  mexanizmi  kabi 

masalalar borasida muhim ijtimoiy-huquqiy xulosalar chiqaradi. 



 

M.Sharifxo’jaev,  X.Odilqoriev,  Z.M.Islomov  kabi  olimlar  muammoning 



tahliliga  qo’shgan  eng  qimmatli  hissasi  shundaki,  ular  fuqarolik  jamiyatini  uch 

nuqtai  nazardan:  ijtimoiy-iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’naviy-madaniy 

(axloqiy)  jihatlarning  bir butunligi  deb  talqin  qilishni  taklif  etadilar.  Fuqarolik 

jamiyatining  madaniy,  ma’rifiy-ma’naviy,  ijtimoiy-axloqiy  jihatlariga  e’tibor 

bizning mazkur tadqiqotimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 

Faylasuf  olim  F.Musaev  “Demokratik  davlat  qurishning  falsafiy-huquqiy 

asoslari”  nomli  doktorlik  dissertasiyasida  bugungi  kunda  mamlakatimizda 

fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlat  shakllanishiga  doir  tarixiy  va  zamonaviy 

ilmiy-nazariy  qarashlar  (konsepsiyalar)ni   tahlil  etgan.  Unda  fuqarolik  jamiyati 

qurishning milliy  mafkuraviy,  ma’naviy,  huquqiy-madaniy jihatlariga ham e’tibor 

qaratilgan

1



Mustaqil taraqqiyot yillarida fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq 

islohotlar  jarayoni  umumiy  tahlili  barobarida  uning  ma’naviy  asoslariga  ham 

e’tibor  qaratilib,  huquqiy  mafkura,  huquqiy  madaniyat,  qonun  ustuvorligi  va 

qonunga  itoatkorlik  muammolari  ilmiy  tadqiqotlar  mavzusiga  aylandi.  Bu 

muammolar  ustida  U.Tadjixanov,  A.Saidov,  E.M.Abzalov,  R.Mahmudov, 

E.H.Xalilov, N.Vaxobov, F.Xayitboev, Sh.Bilolxo’jaeva va boshqalar samarali ish 

olib bordilar. Professorlar U.Tadjixanov bilan A.Saidovlarning huquqiy madaniyat 

nazariyasiga oid darslik va monografiyalarini alohida ta’kidlab o’tish lozim

2



Fuqarolik  jamiyati,  huquqiy    madaniyatining  mohiyati,  tushunchasi, 



funksiyalari,  uslublariga  oid  izlanishlar  quyidagi  mualliflar  tomonidan  amalga 

oshirilgan:  E.V.Agranovskaya,  N.M.Keyzerov,  V.P.Kudryavsev,  A.L.Likas, 

E.A.Lukasheva, 

G.V.Malsev, 

V.M.Mejuev, 

V.P.Salnikov, 

A.R.Ratinov, 

                                                 

1

 Musayev F. Demokratik davlat qurishning falsafiy-huquqiy asoslari. – T., 2007. 



2

 

Qarang:  Tadjixanov  U.,  Saidov  A.  Huquqiy  madaniyat  nazariyasi.  2  jildli. – T.:  O’zbekiston  Respublikasi  IIV 



Akademiyasi. 1998;  Таджиханов У. Научно-теоретические проблемы правовой культуры. Автореф.дисс... д-

ра  юрид.наук. – Т.,  1995;  Xalilov  E.  Ijtimoiy  turmushda  huquqiy  ongning  o’rni. – T.,  1997;    Хамраев  А.У. 

Правовая  культура  личности.  Автореф.  дисс...  канд.юрид.наук. – Т.,  1999;  Абзалов  Э.М.  Проблемы 

формирования  правовой  культуры  молодежи.  Автореф.  дисс...  канд.юрид.наук. – Т.,  2000;  Vaxobov  N. 

O’zbekistonda huquqiy mafkuraning shakllanish muammolari. Yurid.fan.nomzodi... Avtoreferat. – T., 1997. 


 

10 


Yu.M.Reznik,  A.P.Semitko,  V.V.Lapaeva,  V.S.Nersesyans,  M.N.Marchenko, 

N.I.Matuzov, V.A.Chetvernin, Ya.S.Yaskevich va boshqalar

1

. 



Biz malakaviy bitiruv ishida boshqalardan farqli ularoq ijtimoiy tashkilotlar 

tugrisida va ularning fuqarolik jamiyatga o’rni va ta’sirini yoritib berishga xarakat 

qilamiz.   

Diplom ishning maqsadi

 

ijtimoiy tashkilotlarning

 

O’zbekistonda fuqarolik 



jamiyatini shakllantirish o’rni va rolini ochib berish.  

Diplom  ishning  obekti  fuqarolik  jamiyatning  rivojlanish  xususiyatlari  va 

ijtimoiy tashkilotlar



Predmeti  esa    fuqarolik  jamiyatni  shakllantirishda  ijtimoiy  tashkilotlarni  

rolini ko’rsatish 



Mavzuni  yoritishda    diplom  ishida  bir  nechta  masalalar  ko’rib 

chiqilgan.  Fuqarolik  jamiyati  ko’p  aspektrli  hodisa  hisoblanadi.  Lekin  bitiruv 

ishida  biz maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalarga ahamiyat berdik. 

Birinchidan,    Fuqarolik  jamiyatining  nazariy-tarixiy  talqinini  tahlil  qildik. 

Bu  yerda  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  to’g’risidagi  qarashlar  va  uning 

rivojlanish    bosqichlari,  ijtimoiy  tashkilotlar-fuqarolik  jamiyatining  asosiy 

elementlari,  fuqarolik  jamiyati  demokratik  sivilizasiyaning  oliy  shakllari  sifatida 

tahlil qilingan. 

Ikkinchidan,  O’zbekistonda  fuqarolik  jamiyati  shakllanishining  o’ziga  xos 

xususiyatlarini  ko’rib  chiqdik.  Ushbu  savolni  yoritishda  Konstitusiyaviy 

davlatchilik-fuqarolik 

jamiyat 

asosi, 

islohatlarni 

o’zbek 


modeli 

va 


modernizasiyalashtirish  imkoniyatlari,  Ijtimoiy  hamkorlik  –  fuqarolik  jamiyat 

institutlarining rivojlanishi va istiqbollari muammolari ko’rib chiqilgan. 

                                                 

1

 Қаранг: Аграновская  Е.В.  Правовая  культура  как  фактор  общественной  жизни. – М.,  1982;  Унинг: 



Правовая культура и обеспечение прав личности. – М., 1988; Ершова Л.А. Правовая культура должностных 

лиц  и  пути  его  формирования.  Автореф.  дисс...  канд.юрид.наук. – М.,  1991;  Сальников  В.П.  Правовая 

культура: теоретико-методологический аспект. Автореф. дисс... д-ра юрид. наук. – Л., 1990; Кейзеров Н.М. 

Политическая и правовая культура – М., 1983; Гражданское общество. Мировой опыт и проблемы России. –

 М.,  1998;  Межуев  В.М.  Гражданское  общество,  правовое  государство,  право. – М.,  2002,  Резник 

Ю.М.Гражданское  общество  как  феномен  цивилизации. – М.,  1993;  Проблемы  общей  теории  права  и 

государства. – М., 2000; Лукашева Е.А. Права человека. – М., 1999; Ликас А.Л. Культура правосудия. – М., 

1990;  В.А.Четвернин  Демократическое  конституционное  государство:  введение  в  теорию. – М.,  1993  ва 

бошқ.  


 

11 


Malakaviy bitiruv ishining metodologik asosi va metodlari: O’zbekiston 

Respublikasi  Konstitusiyasi,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom 

Karimovning  asarlarida  bayon  qilingan  imkoniyati  cheklanganlarni  huquqiy 

muhofazani  shakllantirish  haqidagi  fikrlari,  O’zbekiston  Respublikasi  «Ta’lim 

to’g’risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»,  Oliy  Majlisning 

imkoniyati  cheklanganlarni  muhofaza  qilishning  huquqiy  negizlariga  oid  qabul 

qilgan  qonunlari,  xalqaro  hamda  mamlakatimizda  qabul  qilingan  aholining  shu 

toifasiga  taaluqli  qonun  hujjatlari  ushbu  malakaviy  bitiruv  ishining  metodologik 

asosi sifatida olindi.  

Prezidentimiz  asarlariga  yondashgan  holda  bu  savollarni  yoritishda  bizlar 

umumilmiy  va  empirik  metodlarni  asos  qilib    ayniqsa  analiz,  qiyosiy  taqqoslash, 

kuzatuv,  tarixiylik  va  mantiqiylik  va  hujjatlarni  tahlil  qilish  metodlari  orqali 

yuqoridagi muammolarni yoritishga harakat qildik. 

Malakaviy  bitiruv  ishining  tarkibiy  tuzilishi  va  hajmi:  Malakaviy  bitiruv 

ishi  64  betni  tashkil  qilib,  kirish,  ikki  bob,  beshta  paragraf,  umumiy  xulosalar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 

Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv ishnning ilmiy natijalari Tarix-

falsafa  fakulteti  talabalari  uchun  ma’lumot  manbai  sifatida,  boshqa  fakultet 

talabalari  uchun  «Siyosatshunoslik»  fanida  hamda  «Demokratik  jamiyat  qurish 

nazariyasi va amaliyoti» fanini o’zlashtirish jarayonida foydalanish va shu mavzu 

bo’yicha  tadqiqitlarni  olib  boruvchi  mutaxasislar  foydalanish  uchun  maqsadga 

muvofiqdir. 



  

 

 



 

 

 



 

 


 

12 


 

 

 



 

 

 



I-BOB. 

FUQAROLIK 

JAMIYATINING 

NAZARIY-TARIXIY 

TALQINI. 

1.1.§  O’zbekistonda  demokratik  jamiyat  to’g’risidagi  qarashlar  va 

uning rivojlanish  bosqichlari 

 

Xar  qanday  davlat  o’z  jamiyatining  tarixiy,  madaniy  va  axloqiy  merosi, 

negizlari  asosida  rivojlanishida  yangi  bosqichlarga  ko’taradi  uning  istiqbol 

omillarini  kengaytiradi.  Ajdodlarimiz  tomonidan  yaratilgan  yana  shunday 

davlatchilik merosi insoniyatning tarixi rivojiga ulkan xissa qo’shgan

1



Prezident  I.A.Karimov  tarixchi  olim  va  jurnalistlar  bilan  bo’lgan 

uchrushuvida  ta’kidlaganidek  xozir  O’zbekiston  deb  ataluvchi  xudud,  ya’ni 

bizning Vatanimiz nafaqat Sharq balki umumjaxon sivilizasiyasi beshiklaridan biri 

bo’lganligini butun jaxon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk 

allomalar,  fozilu-fuzalolar,  olimu-ulamolar,  siyosatchilar,  sarkardalar  yetishib 

chiqqan.  Diniy  va  dunyoviy  ilmlarning  asoslari  mana  shu  zaminda  yaratilgan, 

saykal  topgan.  Darxaqiqat,  Mavarounnaxr  oralig’ida  paydo  bo’lgan  ulkan 

davlatchilik madaniy meros insoniyat tarixi ibtidosida eng dastlabki xolda qadimiy 

davlatchilik,  madaniyati  sifatida  ma’lum.  Ayni  paytda  bunday  meros 

mustaqilligimiz  sharofati  bilan  milliy  davlatchilik  to’g’risidagi  ta’limotlarni 

urganish imkoniyatini ochib berdi

2



                                                 

1

 I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil  12 noyabrdagi 



qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 

rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasi. T.:  2010. 70-b 

2

 I.A. Karimov O’zbekistonning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. O’zbekiston 



Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza. 1995 yil, 23 fevral. “Vatan sajdagoh kabi 

muqaddasdir” kitobida, 3 jild, - Toshkent: O’zbekiston, 1996 yil, 10 bet. 



 

13 


Ma’lumki  O’zbekistonda  milliy  davlatchiligimiz  to’g’risidagi  eng  qadimgi 

manba  "Avesto"dir.  U  eramizdan  oldingi  3  minginchi  yillarda  ajdodlarimiz 

tomonidan  yaratilgan  ilk  davlatchilik  to’g’risidagi  ijtimoiy  qarash  xiisoblanadi. 

Agar  "Avesto"  da  ilgari  surilgan  g’oyalarga  e’tibor  beradigan  bo’lsak,  bugungi 

adolatparvar  demokratik  jamiyat  barpo  etishga  qaratilgan  g’oyalarimiz  bilan 

xamoxang ekanligini ko’ramiz

1



Davlatchiligimiz  asoslarini  shakllantirish  borasida  "Avesto"  deyarli  bir 



ijtimoiy  masalalar,  qadimgi  geografik  tushunchalar,  etnik  jamoalar,  viloyat 

xududlari ularning nomlari, qadimgi mamlakatlarning ruyxati, iqtisodiy va ijtimoiy 

munosabatlar,  ijtimoiy  va  siyosiy  tuzum  asoslari,  zardushtiylarning  falsafasi, 

dunyo tarixining rivojlanishi xaqidagi ma’lumotlarini uz ichiga kamrab oladi. 

Manbada  avvola inson  erki, komilligi,  ruxiy  sog’lomligi  masalalari ustuvor 

kuyiladi. Masalan, men yaxshi fikr, yaxshi so’z,  yaxshi ishga shon-shavkat baxsh 

etaman  deyiladi.  "Yasna"  (14)  kitobida  Axuramazda,  insonlar  o’rtasida 

bo’layotgan  munosabatlar  uzaro  samimiylik,  xurmat,  begaraz  yordam  va  okibatli 

bo’lish zururligiga, yomon fikrlardan xoli bo’lishga ishora qiladi. Kattaga xurmat 

va  kichikka  izzat,  sabr-bardoshlilik  xalollik,  mexr  okibat  va  boshqa  bir  qator 

tamoyillar borki milliy goyamizning asosiy tamoyillariga uygun keladi

2



G’oyalarning    bunday  tarzda  qo’yilishi  dunyo  ana  shu  kuchlarning  yonma-

yon  yashashidan  iborat,  degan  falsafaning  moxiyatini  anglashga  undaydi. 

3

  Shu 


tariqa  "Avesto"  usha  zamonda  yashagan  odamlar  o’rtasidagi  munosabatlarni 

barqarorlashtirishda  davlatga  bo’lgan  extiyoj  va  zururiyati  ularoq  yuzaga  kelgan 

manba bo’lib xisoblanadi. 

"Avesto"da  eng  muxim  masalalardan  biri  bu  xuquqiy  munosabatlarning 

nazariy  jixatdan  shakllanganligidir.  Unda  inson  xayoti  va  odamlar  o’rtasidagi 

ijtimoiy-iktisodiy  munosabatlar  xuquqga  asoslanganligi  xaqida  ma’lumot  bor. 

Xaqiqat yaxshi so’z va maqsad, poklik va ezgulikka intilish, suv, er, olov, xonadon 

va chorvani asrab-avaylash axloqiy burch bo’lib sanalgan. Inson uzining ishlari va 

                                                 

1

 Otamurodov S. “Avesto” “Milliy g’oyamiz manbayi jamiyat va boshqaruv” 2002 y, 34 bet 



2

 Абдукомилов Р.Авестийский текст о государственности и правой вопрос--- и эволюции структуры, 

O’zbekiston tarixi, 2000y 3 son, 22 bet 

3

 Otamurodov S. “Avesto” Milliy g’oyamiz manbayi jamiyat va boshqaruv” 2002 y, 34 bet 



 

14 


fikrlari  bilan  yaxshilik,  yorug’lik  va  baxt  keltiruvchi,  xayot  va  xaqiqat  beruvchi 

oliy tangri Axuramazdaga yordamchi bo’lib xizmat qiladi. 

Oila  va  jamoada  berilgan  so’zdan  yoki  maqsaddan  voz  kechish,  odamlar 

o’rtasida  tuzilgan  axdnomani  buzish  katta  gunox  xisoblangan.  "O  Spitamen 

shartnomani  buzuvchi  kishi  butun  mamlakatni  buzadi  shu  bilan  birga  o’rtaga 

tegishli  barcha  mol-mulkga  putur  etkazadi.  O  Spitamen,  axtingni  buzma"      

(yasht. X bob) 

1

  



Tarixiy xujjatlar asosida aytish mumkinki, "Avesto"ning "Yasna", "Visprat", 

"Yasht", "Videvdat" kitoblarida ilgari surilgan xuquqiy ta’limotlar Rim xuquqidan 

qadimiyroq  xisoblanadi,  boz  ustiga  ular  keyinchalik  tashkil  topgan  davlatlar 

siyosiy  tizimning  shakllanish  manbasi  bo’lib  xam  xizmat  qilgan.  Shu  tariqa 

"Avesto"  Grek  mutafakkirlari  va  Rim  xuquqshunoslari  ijodida  o’zining  xar 

tomonlama mukammaligi bilan ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, inson xuquqi jismoniy 

va  xuquqiy  shaxs  erkinligi,  inson  erkinligi,  erkak  va  ayolning  tengligi  masalasi, 

ozchilikning  xuquqiy,  voyaga  etmaganlar  xuquqi  shartnomalarning  majburiylik 

xuquqi,  mol-mulk  xuquqi,  oila  xuquqi  shartnomalarning  majburiylik  xuquqi, 

jinoyatning qasddan yoki extiyotsizlik natijasida sodir etilgan jinoyat turlari ishlab 

chiqilgan,  ug’rilik  yoki  bosqinchilik  farqlari  tasniflangan  ximoya  xuquqi  va  sud 

ishlarini yuritish xamda tashkil etish kabi boshqa xuquqiy tamoyillari o’z ifodasini 

topgan. 

X-XIII asrlar O’rta Osiyo tarixida shunday murakkab davr bo’lgan xalqning 

o’z  mustaqilligi  uchun  kurashishi,  bunda  xurriyat  va  inson  erkinligi  g’oyalari 

millatni ma’naviy yuksalishga olib kelgan. Bu davr uz mazmuni, salmogi jixatidan 

O’rta Osiyoda uygonish davri deb tarixga kiradi

2

. Uyg’onish davri madaniyatining 



o’zigi xos tomonlari mavjud bo’lib ular quyidagilardan iborat 

edi:


 

1) 


Dunyoviy  ma’rifatga  intilish  bu  yulda  utmish  va  kushni 

mamlakatlarning  madaniyati  yutuklaridan  keng  foydalanish  ayniqsa  ijobiy-

falsafiy, diniy, tarixiy xamda ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish. 

                                                 

1

 Sa’dullayev A, Aminov, Mavlonov, U Norqulov O’zbekiston tarixi, Davlat va jamiyat taraqqiyoti. Т.Akademiya 



2000 y. 31 bet 

2

 O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. T.: “O’zb”, 1995. 182 bet 



 

15 


2) 

Tabiatga qiziqish 

3) 

Insonni ulug’lash 



4) 

Qomusiylik 

5) 

Davlat qurilishi va boshqaruv 



6) 

Davlat raxbari 

Bu davrning yirik namoyondalaridan biri Abu Nasr Farobiy o’zining "Fozil 

odamlar  shahri"  asarida  insoniyat  jamiyatining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishning 

muayyan  tabiiy  davlatga  bo’lgan  ehtiyojlarining  paydo  bo’lishini,  unda  adolat  va 

axloqning  shakllanish  qonuniyatlari  nazariy  jixatdan  tasnifini  yaratganligi  bilan 

mashxurdir. Shu tariqa yaxshi davlat shakllari va unda boshqaruvning muntazam, 

izchil  siyosiy  tizimini  yaratishga  erishadi.  Masalan,  fozillar  shahrining  (davlat 

nazarda tutiladi) tarkib topishi va unda qanday axloqiy sifatdagi shaxsning raxbar 

bo’lishi tasniflari bugungi demokratik jamiyat qurishning bevosita nazariy talablari 

bilan uyg’un keladi. Bu borada A.N.Farobiy-ularning o’zlaridan saylangan raxbar 

yoki  boshliqlar  xoqimi  mutloq  bo’lmaydi,  ular  odamlar  ichidan  kutarilgan, 

sinalgan  eng  olijanob  raxbarlikka  loyiq  kishilar  bo’ladi.  Shuning  uchun  bunday 

raxbarlar uz saylovchilarini to’la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan 

muxofaza  qiladilar

1

  deb  takidlaydi.  Davlat  boshqaruvida  demokratik  tamoyillarni 



ta’minlash  bilan  bogliq  axloqiy  qadriyatlarni  tizimlashtirish,  e’tiborli  jixati 

shundaki,  Farobiy  qarashlaridagi  "xoqimi  mutloq  bo’lmasligi,  saylovchilar 

irodasi",  "ozodlik"  kabi  fikrlari  nafaqat  shu  davr,  balki  butun  insoniyat 

madaniyatining-demokratiyani bosh goyasi bo’lib xizmat qiladi. 

Ayni  paytda,  Farobiy  fozil  shaharlarning  (davlatning)  ziddiyatli  bo’lgan 

shaharlarning  ijtimoiy  mohiyatini  ochib  beradiki,  bu  totalitar  davlat  tizimiga  xos 

keladi.  Masalan,  johil  shaxrining  bir  necha  xususiyatlarini  ko’rsatadi.  Bunday 

shaharlar  adolatli  jamiyat  qurish  to’g’risidagi  ta’limotlarga  zid  ekanligi 

ko’rsatiladi. 

Davlat  va  uning  boshqaruviga  daxldor  masalalar  Yusuf  Xos  Xojib  ijodida 

xam  katta  urin  tutgan.  U  "Kutadg’u  bilig"  dostonida  davlatni  boshqarish  amallari 

                                                 

1

 Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” 1993 y, Т. 198 bet 



 

16 


qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarni jamiyatda qaror toptirishga qaratilgan 

qarashlari bilan e’tiborlidir. 

U  davlat  boshqaruvi  va  xizmatini  tashkil  etish  turlarini,  hamda  shu 

darajalarga  muvofiq  sifatlarini  tasniflaydi.

1

  Shoxlikka  da’vogarlar  onadan  bir  ajib 



iste’dod  bilan  tug’iladilar  va  ular  darxol  yaxshi  yomonni  ajratish  fitratiga  ega 

bo’ladilar.  Bundaylarga  Xudo  idrok,  farosat  va  yumshoq  bir  kungil  ato  etadilar, 

qolaversa  yaxshi  ish  yuritish  uquvi  bilan  xam  ishlaydi

2

  deydi.  Ayni  paytda  ana 



shunday  iste’dodning  tasniflarini  Farobiy  singari  12  sifatlarini  ko’rsatish  bilan 

birga uning vazifasi va majburiyatlarini belgilaydi. Bunda u jamiyat tabaqalarini 15 

toifaga  ajratib,  xar  biriga  ko’rsatilishi  lozim  bo’lgan  muruvvatni  adolatli  davlatni 

mustaxkamlashda  va  uning  boshqaruvini  tashkil  etishda  muxim  omil  ekanligiga 

e’tiborni qaratadi. 

Unga  zamondosh  bo’lgan  qomusiy  olim  Ibn  Sino  O’rta  Osiyo  tabiiy-ilmiy 

va  ijtimoiy-falsafiy  fikrlarning  buyuk  namoyondasi  tibbiyot,  ijtimoiy-siyosiy, 

axloqiy ta’limotlar tarixiga ulkan xissa qo’shgan mutafakkirdir. 

Adolatli  davlat  boshqaruvchisi  uning  mukammal  tizimini  yaratish  borasida 

ulkan  ilmiy  meros  qoldirgan  O’rta  asrlar  mutafakkiri  Nizomulmulkning 

"Siyosatnoma" asari muxim manba xisoblanadi.  Amaldorlarni axloqiy fazilatlarga 

qarab  tanlash  adolat  va  insofni  oyok  osti  qiladigan  kishilarni  davlat  ishlariga 

aralashtirmaslikni,  davlatni  boshqarishda  kengash  bilan  olib  borishi,  faoliyatlarni 

muntazam  nazorat  qilish,  itoat,  ijro  sifatlari  to’g’risidagi  fikrlari  bilan 

axamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning "Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan qaror 

eng  sabobli  bo’ladi  va  shunday  yul  tutish  kerak"

3

  degan  qarashlari 



ajdodlarimizning  davlat  qurilishining  demokratik  tartiblariga  nechog’lik  darajada 

axamiyat berganligidan dalolat beradi. 

Diniy-ilmiy tadqiqotlarda borliq, iloxiy qudrat, inson komilligi, adolat-insof, 

diyonat,  vijdon  kabi  g’oyalar  inson  ruxiyatini  poklash  orkali  erkin  jamiyatga 

chorlanadi. Bu borada J.Rumiy shunday deydi "Inson bir buyuk mu’jiza va uning 

                                                 

1

 Yusuf Xos Xojib  "Qutadg’u bilig" Т, Fan 1971y 328-b 



2

 O’sha asar 329 bet 

3

 Nizomulmulk “Siyosatnoma” Т.Adolat 1997 y. 98 bet. 



 

17 


ichida  xamma  narsa  yozilgan.  Biroq  zulmat  va  pardalar  borki,  ular  yozuvlarni 

o’qishga imkon bermaydi. Zulmat va pardalar, turli-tuman mashg’ulotlar insonning 

dunyo  ishlari  borasida  olgan  tadbirlari  va  kunglining  so’ngsiz  orzularidir".

1

 



Darhaqiqat,  J.Rumiyning  qarashlarida  insonning  farqi  uning  komilligiga 

asoslanadi.  Shuning  uchun  u  dunyoga  erki,  dini,  millati,  tabaqasidan  qat’i  nazar, 

barcha insonlarga barobar murojaat qiladi. "Menga vaxdan mayini tutgil, uzgalarni 

ham  ondin  baxramand  etgil,  toki  jamoat  bo’lib,  fakat  suvratda  bo’lmish 

tafovutlarni bartaraf etaylik. Biz xammamiz yagona yogochning butoklari, yagona 

qo’shinning navkarlarimiz".

2

 Jaloliddinning bashariyat birligi xaqida gapirishi davr 



uchun mislsiz jasorat edi.  

Ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyot  rivojining  ma’naviy  asoslarini  urganishda  O’rta 

Osiyoda vujudga kelgan tasavvufchilar oqimining axamiyati xam  aloxida muxim 

urin  tutadi.  Tasavvuf  ta’limoti  asosida  adolat,  xaqiqat,  to’g’rilik,  mexr-shafqat, 

insof,  iymon-e’tiqod,  ilm,  mexnatsevarlik,  vatanparvarlik  kabi  umuminsoniy 

g’oyalarni  targibot  qiluvchi  futuvvatga  asoslangan  bir  kancha  diniy,  siyosiy 

oqimlar paydo bo’ladi. Ular jamiyatning axloqsiz unsurlariga goyaviy kuch sifatida 

qarshi qo’yiladi. 

Bu  borada  A.Yassaviy  shunday  deydi:  "Shayx  uldurkim  niyoz  olsa, 

miskinlarga, garib, bechoralarga bergaylar. Agar olib o’zi esa,  murot et emishdek 

bo’lgay. Agar tun qilib kiysa, ul tun tuzguncha Xaq Taola namoz, ruzasini qabul 

qilmagay  va  biror  olgan  Niyozidin  non  qilib  esa,  Xaq  Taola  oni  duzaxda  turluk 

azobga  girifdor  qilgay  va  agar  andog  shayxga  xar  kishi  e’tiqod  qilsa  kofir 

bo’lgay".

3

  

Yassaviyning  xikmatlarida  raxbar  shaxslarning  sifatlari  to’g’risidagi 



talqinlar  deyarli  ijodining  asosini  tashkil  etadi.  Chunki,  shu  davrda  xalq  orasida 

katta  obru-e’tiborga  ega  bo’lgan  sufiy  shayxlar  siyosatiga  bevosita  aralashib 

kelganlar.  Bu  borada  Amir  Kulolning  ugli,  amir  Umarning    qarashlari  (1406  yil 

                                                 

1

 Rumiy “Ichingdagi ichingdadir”. Т.”Yozuvchi” 1997 y 51 bet 



2

 Fish Red, Jaloliddin Rumiy. Т. "Adabiyot va san’at" nashr 1986 y, 241 bet

 

3

Axmad Yassaviy. “Devoni hikmat”. Т. "G’.G’ulom"  nash. 1992 y. 8 bet  



 

18 


ulgan)  siyosatning  nazariy  va  amaliy  moxiyatini  ochishda  e’tiborlidir.  Unda 

siyosatga shunday nisbat beriladi.  

"

Bilgilkim,  siyosat-tutib  turish  va  tartibga  solishdir,  yomon  kishilarni 



qo’rquv va titroqda tutmoq, yaxshilarni taqdirlamoq kerak. Agar siyosat bo’lmasa, 

davlatning muxim ishlari amalga oshmaydi: agar tartibot, jazo qonunlari bo’lmasa, 

davlat  ishlari  xam  unglanmaydi.  Chunki,  hukmdorning,  jamoaning  ko’rki,  davlat 

va dinning rivoji siyosatdir".  Ya’ni din orkali siyosatda umuminsoniy qadriyatlar 

ifoda  etilishi  va  bunday  siyosat  esa,  bevosita  davlat  qonunlari  orkali  oilada  uz 

tasdigini topishiga erishmok lozim deb xisoblayman".

1

 

Amir  Temur  uz  davridagi  xizmatlarining  eng  asosiy  eng  buyugi-bu  uning 



davlat  arbobi  sifatida  adolat  g’oyalariga  asoslangan  milliy  davlatchilik 

ta’limotlarining  xuquqiy  negizlarini  yaratganligi  xamda  uni  tadbik  etib 

berganligidir.  Shu  tariqa  uz  siyosiy  faoliyatini  shunday  xulosalaydi:  "xar 

mamlakatning  yaxshi  kishilariga  men  xam  yaxshilik  qildim,  nafsi  yomonlar, 

buzuklar  va  axloqsiz  odamlarni  mamlakatimizdan  kuvib  chikardim.  Pastkash  va 

razil  odamlarga  uzlariga  loyik  ishlar  topshirdim,  hamda  hadlaridan  oshishlariga 

yo’l quymadim"

2

.  



Undan  tashqari  «Ulug’larni  va  sharaf  -  e’tiborli  kishilarni  hurmatlab, 

martabalarini  oshirdim.  Har  mamlakatda  adolat  eshigini  ochdim,  zulmu  sitam 

yo’lini to’sdim»

3

 deb ta’kidlaydi A.Temur o’z tuzuklarida 



Shu  davrning  yirik  klassik  namoyondalardan  biri  Alisher  Navoiydir.  U 

nazariyotchi  va  amaliyotchi  sifatida  davlat  siyosatining  adolatli  asoslari  va  uning 

ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta xissa qo’shadi ayniqsa, adolasizlik va 

zulm  davlatni  tanazzulga,  jamiyatni  jaholatga  olib  kelishi  to’g’risidagi  qarashlari 

o’z  ifodasini  topadi:  "…davlat  ishi  bilan  mashgul  amaldorlik  choglarimda  kungil 

mulkini  turli  odatlarning  xujumi  bo’lgaladi.  Goh  amirlik  urnida  utirdim  va 

hukumat maxkamasida xalqning arzdodini surdim va goh podshox yonida vazirlik 

                                                 

1

 www.Ziyonet.uz. 



2

 Temur tuzuklari. T.: 1994y. 124 bet 

3

 O’sha asar 144 bet 



 

19 


qildim  va  menga  umidvor  nazar  bilan  qarab  turgan  elga  muruvvat  ko’rsatdim  "

1

 



deydi. 

A.Navoiy  adolat  to’g’risidagi  qarashlarida  inson  ruxiyati  bilan  boglik 

ijtimoiy  illatlarning  moxiyatini  izlaydi.  Jamiyatda  yovuzlikning  kelib  chikish 

sababalarini  taxlil  etadi.  Adolatli  jamiyatga  erishishda  nafaqat  podshoxning 

odilligi,  balki,  fuqarolar  o’rtasidagi  munosabatlarning  adolatli,  ma’nan  sog’lom 

bo’lishi  lozimligiga  e’tiborni  qaratadi:  "oilamda  bo’lmish  xar  nav’  odam  bilan 

ko’rishdim;  katta-kichikning  fe’li  atvorini  o’rgandim;  yaxshilik  va  yomonlikning 

sharbatini ichib, zaxrini totib ko’rdim. Baxil va paskashlarning zaxmini, saxovatli 

kishilarning  malxamini  kunglim  darxol  sezadigan  bo’lib  qoldi"

2

 



 

deydi.    Ayni 

paytda,  inson  ruxiyati  bilan  boglik  illatlar  moxiyatiga  shunday  nisbat  beradi: 

"Yaxshilikka  mukofot-kupollik;  odob  bilan  qilingan  xushmuomila  evaziga 

kekkayish,  takaburlikdan  o’zgacha  munosabat  kurmaymiz.  Birovga  bir  xizmat 

qilsang,  undan  un  zarb  eyishga  tayyor  turmoq  kerak;  kimgaki  bir  tavoze’ 

kursatsang,  ming  qupollik  va  dilsiyoxlikka  hozir  bilib  turmog'ing  lozim".

3   


Shu 

tariqa,  u  "Maxbub  ul  qulub"  asarida  xar  xil  odamlarning  fe’l-atvori  va  axvoli, 

yaxshi  fe’l  xosiyati  va  yomon  xislat  kasofati  xaqidagi  qarashlari  asosida  jamiyat 

ijtimoiy  munosabatlarning  yaxlit  nazariy  tizimi,  fuqaro-jamiyat-davlat  o’rtasidagi 

axloqiy majburiyatlarni umumlashtirishga erishadi. 

Adolat  g’oyasi  Navoiyning  juda  ko’p  asarlarida  turli  tarzda  ifodalangan. 

"Xayrat  ul-Abror",  "Saddi  Iskandariy",  "Farxod  va  Shirin",  "Sab’ai  sayyora", 

dostonlarining, "Maxbub  ul-qulib"  asarlarining  bosh  goyasi  adolatdir.  Yana  shuni 

aytish  kerakki,  Navoiyda  insondagi  juda  kup  ijobiy  xislatlar,  chunonchi  sadokat, 

vafo,  xayo,  saxovat  kabilar  xam  adolat  bilan  boglab  tushuntiriladi.  Zero,  kishida 

adolat tuygusi bo’lmasa, unda boshqa sifatlar xam bo’lmaydi 

4

 deb qaraydi. 



A.Navoiy  zamondoshlari,  Arastu,  Aflotun,  Farobiy,  Ibn  Sino,  Nasriddin 

Tusiyning  ilmiy  merosi,  asarlarini  kunt  bilan  urgangan,  ularning  ilmiy  va 

                                                 

1

 Komilov N/ Navoiy va zamonamiz. Jahon adabiyoti, 2001, fevral soni 10 bet 



2

 

Аlishеr Nаvоiy. «Mаhbub ul qulub». T., 1983.-122 b



 

3

 Аlishеr Nаvоiy. «Mаhbub ul qulub». T., 1983.-120 b 



4

 Komilov N/ Navoiy va zamonamiz. Jahon adabiyoti, 2001, fevral soni 10 bet 



 

20 


insonparvarlik  g’oyalaridan  xabardor  bo’lib,  uzi  shu  yunalishda  katta  meros 

qoldirgan  ijodkorlar  Zaxriddin  Muxammad  Bubur,  Xusayin  Voiz  Koshifiy  va 

Jaloliddin  Davoniylardir.  Ular  davlashunoslik,  axloqshunoslik,  adabiyot,  ta’lim-

tarbiya, nasr va nazm soxalarida ijod qilgan yirik olimlardir. Davlat boshqaruvi va 

uning  siyosati  bilan  boglik  bo’lgan  ijtimoiy-axloqiy  masalalarni  M.Z.Boburning 

"Boburnoma"

1

 Koshifiyning "Axloqiy Muxsiniy"



2

, Davoniyning asarida atroflicha 

bayon  qiladi.  Ular  jamiyatning  paydo  bo’lishi,  ijtimoiy  tabakalar,  davlat  va  uni 

boshqarish  yullari,  adolatli  va  adolasiz  podshoxlar,  ularning  fuqarolarga 

munosabati,  axloq  va  ta’lim-tarbiya  masalarini  o’z  navbatida  o’tmish  davlatchilik 

madaniy  merosimiz  bilan  bogliq  bo’lgan  qadriyatlarimizni  yanada  boyitishga 

xizmat qilgan. 

Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  XIV-XV    asrdagi  ijtimoiy  va  madaniy 

yuksalish uz mazmun-moxiyati bilan  IX-XII asrlardagi O’rta Osiyodagi Uygonish 

davrining  uzviy  davomi  edi.  Xulosa  shundaki,  bunday  madaniy  meroslarning 

monandlikka  intilishi,  uning  davriy  uygunlashuvi  xalqlar  xayotida  taraqqiyot 

xamda  yuksalishiga  poydevor  bo’lgan  nazariy  ta’limotlarning  rivojlanish 

boskichlarini kuzatamiz. 

Ammo,  O’zbekiston  xalqlari  davlatchilik  tarixi  o’z  taraqqiyotida  bir  xilda 

rivojlangan  emas.  XVI-XIX  asrlar  O’rta  Osiyo  xayotida  murakkab  va  keskin 

burilish  davri  bo’ldi.  Uning  murakkabligi  avvalo  Amir  Temur  imperiyasining 

parchalanishi xamda vorislar o’rtasidagi nizolar bilan boglanadi. Doimiy ixtiloflar 

moydoniga  aylanib  qolgan  Movaraunnaxr  Shayboniyxon  lashkarlari  tomonidan 

bosib olinadi. Davlatda egasizlik, boshbodoklik xukm suradi.  

Mana  shunday  sharoitda  haqiqiy  ilm  o’rnini  diniy  aqidaviy  qarashlar 

egallaydi. Natijada anik va tabbiiy fanlar kuvgunga uchraydi, ayniksa matematika 

va astronomiya orqada koladi. Buning oqibatida ilm-fan rivojining darajasi keskin 

pasayib ketadi. Ayni paytda, bu davr oldingi mutafakkirlarning ilgor g’oyalarining 

uzaro faol ta’siri zaiflashuvi bilan xarakterlanadi. Din bevosita davlat siyosatining 

                                                 

1

 Qarang: Bobur. “Boburnoma”. Т. “Yulduzcha”, 1989 



2

 Qarang: Ma’naviyat yulduzlari. R.Maxmudov; “A.Qodiriy” nash. 1999. 227 bet 



 

21 


asosiga, xoqimiyat uning raxnomalari qolida manfaatlarini nikoblovchi mafkuraga 

aynaladi.  Natijada  jamiyatda  diniy  tazyik  kuchayadi.  Din  peshvolari  davlat 

siyosatiga  bevosita  aralashishi  okibatida  bir  yoklama  mafkuraviy  zulm  ortib 

boradi. Xar qanday ijodiy xur fikr ta’kibga olinadi

1

.  


Shunga qaramay O’rta Osiyoda ijtimoiy fikr, falsafa adabiyot, tarix, musika 

fanlari, me’morchilik, tasviriy san’at rivojlandi, qator madrasa va machitlar kurildi. 

Jumladan,  Ibn  Muxammad  Yusuf  Al-Korabogiy,  Muxammad  Sharif,  Mashrab  va 

Sufi  Olloyor,  Nodira,  Uvaysiy,  Dilshod,  Komil  Xorazmiy,  Avaz  Utar,  Bedil, 

Fuzuliy, Axmad Xoji ijodiyotida ilgor ijtimoiy g’oyalar yaratiladi. 

Shu  davr  shark  mutafakkirlarining  ijtimoiy  qarashlarini  chukur  urgangan 

olim  I.Muminov  ayniksa,  Bedilning  falsafiy  ijodiga  katta  baxo  beradi.  Bedil 

dastlab  islom  falsafasini  xamda  xind  falsafasini  urganganligini  kayd  etadi.  Uning 

g’oyalari ma’rifatli bo’lishga, bilim va xunarni urganishga, ayni payt, yovuzlikka 

murosasiz bo’lishga da’vat qilganligini kursatadi

2



 E’tirofli jixatlari shundaki, shu davr ijodkorlari kaysi soxada ijod qilmasin, 



shaxs  va  ziyolilikka  xos  kudratda  ularning  asosiy  dikkati  xalq  va  uning  turmush 

dardi  bilan  bevosita  boglik  bo’lganligiga  amin  bo’lamiz.  Mulla  Olim  Maxmud 

Xoji  uzining  "Tarixi  Turkiston"  asarida  shunday  deydi.  "Turkiston  xonlari 

vaktidagi  musulmoniyalar  nixoyat  darajada  axvoli  olamidan  xabarsiz  bo’ldilar. 

Zolim  xakamlarga  rost  va  to’g’ri  so’zni  aytadurgonlar  kolmay,  zolimlar  uchun 

besh-un tillo badaliga ertadan kechgacha xushomad so’zlar aytib, alar qanday so’z 

aysa ma’kul deydurgonlar bo’lgon edilar. Ilmu maorifda bo’lsa Turkistonda utgan 

Ibn  Sino,  Farobiy,  Ulugbek,  Ali  Kushchi  urniga  ulturgon  olim,  faylasufi  zamon 

deganlarimiz  izzatu  nafs  va  riyokorlikka  tabdil  bo’lib,  jaxl  balosiga  mubtalo 

bo’lgon edilar…"

3



Demak,  jamiyat  to’g’risidagi  dastlabki  qarashlar  ana  shulardan  iborat.  Bu 



fan milliy istiqlol goyasi bilan chambarchas boglik xolda rivojlanadi. 

 

                                                 

1

 O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan. “O’zb”, 1995. 182 bet 



2

 Mo’minov I. O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning rivojlanishi tarixidan. Т.: “Fan”, 1960. 77 bet 

3

 Mulla Olim Maxdumhoji “Tarixi Turkiston” “Nafas” nashriyoti, 1992 yil 100-bet  



 

22 


 

 

 

 

 

 

 

1.2


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish