O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Oliy o‟quv yurtining material-texnik bazasi



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/47
Sana18.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#456836
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
talim jarayonini modernizatsiyalashda talim sifati natijalarini baholash texnologiyasi

Oliy o‟quv yurtining material-texnik bazasi
o‟quv-tarbiyaviy jarayonni 
tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini va ishlanmalarni yaratish uchun zarur 
bo‟lgan asosiy vositalarning (bino va inshootlar, mashina va qurilmalar, 
laboratoriyalar, ARM fondi va.b.) qiymati va ta‟minlanganligi bilan belgilanadi. 
O‟qituvchilar tarkibini asoslashda
albatta muayyan oliy o‟quv yurti 
professor-o‟qituvchilarining ilmiy salohiyati hisobga olinadi. Ilmiy salohiyat 
ilmiy daraja va unvonli o‟qituvchilar sonini asosiy shtatdagi umumiy 
o‟qituvchilar soniga nisbati orqali foizda aniqlanadi. Shuningdek o‟qituvchilar 
tarkibini baholashda ularning o‟rtacha yoshi ham e‟tiborga olinishi mumkin. 
O‟quv dasturlarining sifati nafaqat ularni davlat ta‟lim standarti 
talablariga javob berishi bilan, balki ularning mazmunini innovasion xarakterda 
bo‟lishi bilan ham baholanadi. 


69 
 
3.2. Tajriba-sinov ishlarining natijalari va ularning tahlili 
Aytish joizki, ta‟lim sifati va samaradorligi pedagogning kasbiy salohiyati, 
pedagogik mahoratiga bevosita bog‟liq bo‟lgani sababli “Ta‟lim to‟g‟risida”gi 
Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‟lim tizimini malakali pedagog 
kadrlar bilan ta‟minlash, o‟qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini 
oshirishning 
yangi 
tizimini 
yaratish, 
ularning 
mehnatini 
rag‟batlantirishni kuchaytirish masalalariga alohida e‟tibor berilgan. 
Nazariy-pedagogik g„oyalar bevosita amaliyotda ta‟lim va tarbiyaviy 
jarayon mohiyatini o„rganish, tahlil etish hamda umumlashtirishi asosida qaror 
topadi. Shuning uchun ham dissertatsiya ishimizda pedagogik izlanish 
jarayonida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish shu jarayonning asosiy o„zagi 
sifatida namoyon bo„ladi. Muayyan ilmiy-tadqiqot doirasida tashkil etilayotgan 
tajriba-sinov ishlarining puxta ishlab chiqilgan dastur asosida olib borilishi, bu 
boradagi nazariy g„oyalarning ilmiy jihatdan asoslanishiga, ularning haqiqiy 
bo„lishiga zamin hozirlaydi. 
Zamonaviy ta‟limni modernizasiyalashda talabalarni ta‟lim sifati 
natijalarini baholashga tayyorlashga yo„naltirilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi 
vazifalarning hal etilishini talab etadi: 
1. Talabalarni o‟quvchilar bilim, ko‟nikma va malakalari darajasini 
aniqlash va sinab ko„rish; 
2. Talabalarning o„quvchilar bilimini baholash darajasini kuzatish, 
aniqlash; 
3. Talabalarga o‟quvchilar bilim, ko‟nikma va malakalarini baholash 
malakasini yangicha yondashuv asosida hosil qilish; 
4. Talabalarga ta‟lim sifati natijalarini baholash texnologiyasini ishlab 
chiqishning pedagogik shart-sharoitlarni va vositalarni yaratish; 
5. Dars mashg„ulotlari jarayonida talabalarga o'quvchilar ta‟lim sifati 
natijalarini baholash jarayonini shakllantirishga xizmat qiluvchi ta‟lim 
usullarining maxsus metodikasini sinovdan o„tkazish; 
6. Metodikaning samaradorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov 
ishlarining natijalarini umumlashtirish, matematik-statistik metod yordamida 
tahlildan o„tkazish. 


70 
Talabalarni o‟quvchilar ta‟lim sifati natijalarini baholashga tayyorlashga 
yo„naltirilgan tajriba- sinov ishlari quyidagi uslublar asosida o„tkaziladi: 
pedagogik kuzatuv uslubi, suhbat uslubi, so„rovnoma uslubi, interfaol uslublar, 
pedagogik tajriba uslubi, o„qtirish, tushuntirsh, ishontirish, og„zaki bayon qilish, 
savol-javob, suhbat, kitob bilan ishlash, faoliyatda mashq qildirish, odatlantirish, 
rag„batlantirish, matematik-statistika uslubi. 
Tajriba va nazorat guruhidagi ta‟lim jarayonining farqi shundaki nazorat 
guruhida tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan tajriba sinov ishlari 
an‟anaviy metodlar yordamida dars mashg„ulotlari olib boriladi. Tajriba 
guruhidagi talabalar guruhiga esa ta‟lim sifatini baholash haqidagi pedagogik 
bilim, ko„nikma va odatlar pedagogik texnologiya asosida ishlab chiqilgan yangi 
uslublardan foydalanishga harakat qilinadi. Bahs, munozara, erkin muloqotga 
asoslangan, talabalarni fikrlashga undovchi dars va tushuntirish usullari samarali 
yakunlandi. Mashg„ulotlarni o„tkazishda noan‟anaviy (interfaol) metodlarning 
qo„llanilishi tajriba-sinov jarayoni ishtirokchisi bo„lgan talabalar faoliyatini 
yanada faollashtirishi ma‟lum bo„ldi. 
Tadqiqotimizga oid muammo doirasidagi tajriba-sinov ishlari quyidagi 
bosqichlarda amalga oshirildi: 
1. Tajriba-sinov ishlarining o„tkazilishini ta‟minlovchi tashkiliy 
tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda muammoning tajriba-sinov ishlari dasturi 
va mazmuni belgilab olindi. 
2. Tajriba-sinov ishlari uchun obyekt sifatida belgilangan o„quvchilar 
bilan ishlash, maxsus metodikani dastlabki sinovdan o„tkazish bosqichi. Bunda 
tavsiya etilgan metodika sinab ko„rilib, zarur o„zgartirishlar kiritildi hamda 
talabalarga tushuntirildi. 
3. Tajriba sinov ishlarini amalga oshirish va tahlil etish bosqichi bo„lib, 
olingan natijalar umumlashtiriladi, natijalar taqqoslash, qiyoslash, matematik-
statistik tahlil etildi va xulosalar chiqarildi. 
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishda biz tadqiqotimiz ilmiy farazda ilgari 
surilgan g„oyalarning haqqoniyligini amaliyotda sinab ko„rish maqsadida 


71 
bo‟lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilari va pedagogika va psixologiya 
yo‟nalishi talabalari bilan suhbatlar, yozma so„rovnomalar, 4 va 5-ilovalar 
asosida olingan natijalarini nazariy jihatdan tahlil etdik.
Tadqiqot maydonchasi sifatida SamDU pedagogika fakulteti pedagogika 
va psixologiya va boshlang‟ich ta‟lim va sport tarbiyaviy ish ta‟lim yo‟nalishi 
talabalari tanlab olindi. 
Tajriba sinov boshida tajriba va nazorat guruhlariga ta‟lim sifatini 
baholashga oid bilimlarni holatini o„rganish uchun dastlab quyidagi anketa 
savollari berildi: 
1. O‟quvchilar bilimini zamonaviy baholash texnologiyasi deganda nimani 
tushunasiz? 
2. O‟quvchilar bilimini baholash jarayoniga tayyormisiz? 
3. Bu borada Sizda nazariy bilimlar yetarli deb o‟ylaysizmi? 
4. Amaliyotda buni qo‟llay olasizmi? 
5. O‟quvchilar bilimini baholashda qanday qiyinchiliklar Sizni qiynaydi?
6. Ta‟lim sifati natijalarini zamonaviy ta‟lim texnologiyalar asosida baholay 
olasizmi?
7. O‟quvchilar bilimini baholashning zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq 
etish deganda nimalarni tasavvur eta olasiz? 
8. O‟quvchilar bilimlarini boholashning zamonaviy usullaridan misollar 
keltiring? 
9. O‟quvchilar bilimini baholashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni 
bilasizmi?
Dastlabki olingan natijalarni quyidagicha keltirishimiz mumkin: 
1-jadval 
№ 
Ta‟lim sifati natijalarini 
baholashga
doir nazariy bilim va 
ko„nikmalardan xabardorlik 
Talabalarning umumiy soni 
Tajriba guruhi 
n
1
=34 
Nazorat guruhi 
n
2
=34 
Ijobiy 
Salbiy 
Ijobiy 
Salbiy 


72 

Tadqiqot boshida 
14 
20 
15 
19 
Talabalarning ta‟lim sifati natijalarini baholash haqidagi bilim, ko‟nikma 
va ma‟lumotlari darajasining yuqoridagi jadvaldagi raqamlar orqali namoyon 
bo„lishi, uning past darajada ekanligini ko„rsatdi. 
Bo‟lajak o‟qituvchi talabalarni ta‟lim sifatini baholash haqidagi bilim, 
ko‟nikma va odatlarni shakllantirish ta‟lim tizimining bir qismidir. Mazkur 
tizimning samaradorligi pedagogik tadqiqotlar natijasida to„la sinovdan 
o„tkazildi.
Dars mashg‟ulotlari jarayonida talabalarga o„quvchilar bilim, ko‟nikma va 
malakalarini baholash haqidagi pedagogik bilimlar ilg‟or tajribalar va usullar 
asosida shakllantirishga alohida e‟tibor qaratildi. Bunda bir qancha didaktik 
talablarga rioya qilindi. Bular:
- samaradorlik yuqori bo„lishi uchun pedagog faoliyatini nazorat qilish, 
unga tegishli metodik tayyorgarlik ko„rish; 
- mashg„ulotlar ishlanmalarining mazmunan yangilanishi; 
- mashg„ulotlarda ko„rgazmalilikni joriy etish; 
- mashg„ulot mavzularini ijtimoiy hayot turmushi bilan bog„lashga 
erishish; 
- ta‟lim sifatini o‟zlashtirishga xizmat qiluvchi, ijobiy ta‟sir etuvchi 
psixologik sharoitni vujudga keltirish; 
- har bir dars mashg„ulotiga puxta, chuqur tayyorgarlik bilan o„tkazish va 
xok. 
Ta‟lim sifatini baholashning ta‟lim va tarbiyaviy ta‟sirini oshirish uchun 
talabalar yana quyidagi jihatlarni inobatga olishlari lozim bo‟ladi. Bular: 
1. O‟quvchining fanni chuqur bilishi, har xil fakt, voqyealarni, ilmiy 
asoslab bera bilishi; 
2. O‟quvchining ilmiy tushunchalar, qonun-qoida, teoremalarni bilishi, 
faktlarni asoslab berishda, har xil masalalar, amaliy vazifalarni hal qilishda ilmiy 
tushunchalardan foydalana bilishi; 


73 
3. O‟quvchining bilimi amaliy, hayotiy ahamiyatga ega bo‟lishi, ya‟ni 
nazariyani amaliyot bilan bog‟lay bilishi; 
4. O‟quvchining yangi materialni o‟tilgan material bilan bog‟lay bilishi; 
5. Og‟zaki va yozma nutqi to‟g‟ri, ravon va lo‟nda bo‟lishi; 
6. Og‟zaki javobi to‟liq, to‟g‟ri, mantiqiy bog‟langan, aniq bo‟lishi va o‟z 
fikr, qarashlarini asoslab berishi; 
7. Yozma ishlarni nazariy bilimlar asosida bajarishi, ularga mustaqil 
tayyorlana olishi; 
8. O‟quvchining bilimga bo‟lgan qiziqishi, mustaqilligi va boshqalar. 
Talabalarni o‟quvchining bilim, ko‟nikma va malakasini tekshirish va 
baholashda 
o‟quv 
materialini 
tushunganligini, 
ongli 
ravishda 
o‟zlashtirilganligini, aktiv fikr yurita olishini, tafakkurining o‟sish darajasini, 
zehnining rivojlanishi, mustaqil misollar topa olishi, amalda ishlata bilishi, 
ishlash sur‟ati, o‟qishga ishtiyoqi, nutqining o‟sish darajasi kabi xususiyatlarni 
hisobga olishga alohida e‟tibor berib uqtirildi. Bu jihatlar: 
- dars jarayonida o‟quvchi ustidan hukmronlik qilmaslik; 
- o‟quvchini qo„rqitmaslik; 
- o‟quvchini siquvga olmaslik; 
- o‟quvchining qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish; 
- o‟quvchilar o„rtasida do„stona munosabatni shakllantirish; 
- bola o„z fikrini so„z bilan mustaqil, erkin bayon eta olishiga imkoniyat 
yaratish; 
- o‟quvchining o„zi tahlil qilishi; 
- dars qoldirmaslik va kech qolmaslik; 
- aniq maqsad qo„yish va unga erishish; 
- vaqtdan unumli foydalanish; 
- o‟quvchi fikrni bo„lmaslik; 
- eshita olish, savol berish madaniyatiga rioya qilish; 
- o„zgalar fikrini hurmat qilish, o„zaro hurmat; 
- ma‟suliyatli bo„lish; 
- tashkilotchi va tashabbuskor bo„lish; 
- fikrini qisqa, aniq va ravon ifoda etish; 
Bu qoidalar o„quvchilarni yuqori ma‟naviyatli, keng fikrlovchi, ijodkor 
bo„lib shakllanishiga yordam beradi, shuningdek o„zgalarni fikrini hurmat 


74 
qilishga o„rgatadi. Talabalar dars jarayonida shu qoidalarga amal qila olishsa o„z 
fikrlarini, g„oyalarini aytishda cho„chishmasa, serg„ayrat, shijoatli, o„zgalarni 
fikrini hurmat qila olishsa darslar o„z samarasini berishi aniq. 
Pedagogik tajriba ishlari maxsus tayyorlangan metodikani amaliyotda 
sinash natijasida sezilarli darajada o„zgarishga olib keldi. Mazkur o„zgarish 
quyidagi jadvalda o„z aksini topdi. 
2-jadval 
№ 
Ta‟lim sifati natijalarini 
baholashga
doir nazariy bilim va 
ko„nikmalardan xabardorlik 
Talabalarning umumiy soni 
Tajriba guruhi 
n
1
=34 
Nazorat guruhi 
n
2
=34 
Ijobiy 
Salbiy 
Ijobiy 
Salbiy 

28 

23 
11 
Tajriba va nazorat guruhlarida o‟zlashtirish darajasidagi bilimini 
baholashda qulay bo„lishi uchun 100 ballik reyting tizimidan 5 ballik baho 
tizimini qulay deb topdik. Bu jadvalda ifodalangan. 
3-jadval 
Baho 
«2» 
«3» 
«4» 
«5» 
Ballar 
51-54 
55-60 
61-65 
66-70 
71-75 
76-80 
81-85 
86-90 
91-95 
96-
100 
Tajriba I 










Nazorat II 










1. Reyting ko„rsatkichi – 70,9-56% – «3» 
2. Reyting ko„rsatkichi – 85,9-71% – «4» 
3. Reyting ko„rsatkichi – 100-86% – «5» 
4. Reyting ko„rsatkichi – 55% – «2» (attestasiya qilinmaydi). 
Tajriba-sinov ishlari jarayonida talabalardan olingan savolnoma, anketa 
va boshqa ishlar tahlil etilib, matematik-statistika metodi orqali tasodifiy 
tanlangan ikkita guruh (34 nafar talaba)larining ta‟lim sifatini baholashning 
shakllanganlik darajasi aniqlandi. Yuqoridagi 3-jadvalga asoslangan holda 3.4-
jadvalni to„ldiramiz. 
1-tajriba guruhi 
2-nazorat guruhi 
X









N
1

12 

10 
n
2
=34 

16 




75 
n
1
=34
Tajriba va nazorat guruhlari uchun tanlanma model qiymatlari mos 
ravishda M
T
=5 va M
N
=3, ya‟ni ular orasidaga farq yetarli darajada bo„lib, 
M
T
>M
N
ekan. Bu esa, o„z navbatida, bu tanlanmalar uchun mos o„rta qiymatlar 
ham x-u shartlarni qanoatlantirishini oldindan ko„rsatadi. 
05
,
1
1044558
,
1
34
5515
,
37
34
63
,
1
10
/
63
,
0
9
37
,
0
13
37
,
1
3
34
)
63
,
1
(
10
)
63
,
0
(
9
)
37
,
0
(
13
)
37
,
1
(
3
2
2
2
2
2
2
2
2




















Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish