O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


O‟quvchilar bilimini baholashda axborot texnologiyalaridan



Download 1,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/47
Sana18.02.2022
Hajmi1,12 Mb.
#456836
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
talim jarayonini modernizatsiyalashda talim sifati natijalarini baholash texnologiyasi

 
2.2. O‟quvchilar bilimini baholashda axborot texnologiyalaridan 
foydalanishning o‟ziga xos xususiyatlari 
Ta‟lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va 
foydalanishda 
O‟zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot komunikasiyasi 
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‟g‟risida»[2] gi 2002 yil 6-
iyundagi 200-sonli qarorining qabul qilinganligi mazkur masalada davlat 
siyosatining ustivor yo‟nalishi sifatida e‟tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. 
Ta‟lim sifatini ta‟minlashning asosiy yo‟nalishlari o‟quv jarayoniga 
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasion pedagogik 
texnologiyalarni keng foydalanish hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot 
kommunikasiya texnologiyalarini izchil rivojlanishi ta‟lim tizimini butun jahon 
ta‟lim muhiti talablariga javob berishi zarurligini taqoza etmoqda. Ta‟limda 
axborot va telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish masofaviy 
ta‟limning yuzaga kelishiga sharoit yaratdi [3]. Shuningdek, ta‟lim jarayonini 
xalqaro ta‟lim jarayoniga aylanishiga asos bo‟lmoqda. 
O‟quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‟llash ta‟lim 
metodlarining samaradorligini oshirishga, ta‟lim sifatini yaxshilashga xizmat 
qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-
barangligi o‟quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatlaridan kelib 
chiqib taklif etilayotgan holatlarni tanlash imkoniyatini beradi. Bunday 
imkoniyat ta‟lim tizimida ham o‟z aksini topish zarur. O‟qituvchining har xil 


53 
sathli o‟qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish bunday 
muammoning yechimi bo‟la oladi. 
O‟quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‟zlashtirish 
monitoringini tashkil etish uchun, avvalo, zamonaviy ta‟lim tizimida 
o‟qitishning sifati baholashda, ya‟ni uning holatini aniqlamay turib, undagi 
jarayonni samarali boshqarishga, ta‟limda ma‟lum bir maqsadga erishishning 
iloji yo‟qligi hyech kimda shubha tug‟dirmaydi. O‟quvchilarning yakunlovchi 
bilim ko‟nikma va malakalarini ta‟lim jarayonida turli mezonlar va 
yondoshuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy axborot 
texnologiyalarini qo‟llash, ularning qo‟yilgan didaktik talablarga haqiqatan 
mosligini nazort qilish mumkin. 
Bunda pedagogik tashhis, o‟quvchilarning bilim, ko‟nikma va 
malakalarini shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, baholashni, 
yig‟ish va statistik ma‟lumotlarning tahlili hamda kelgusida bu jarayon rivojini 
bashorat qilishni o‟z ichiga oladi. Metodik adabiyotlarda o‟quvchilar 
o‟zlashtirishining tashhisi, ular tomonidan erishilgan yutuqlarning darajasi 
sifatida qayd etish ekanligiga e‟tiborni qaratsak, unda pedagogik baholashning 
maqsadi, ta‟lim jarayoni borishining tahlili va uni baholashni o‟z vaqtida 
aniqlashtirishdan iborat bo‟ladi. 
Ma‟lumki ta‟lim jarayonida bunday baholash, faqat o‟quvchining 
o‟zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralib qolmay, o‟qish jarayonini 
rag‟batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg‟otsh bilan 
o‟quvchi shaxsiga kuchli ta‟sir etadi. Shu xilda o‟quvchini obektiv baholash 
asosida unda adekvat ravishda o‟z-o‟zini baholash imkoniyatini tug‟diradi va 
o‟z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakllanishi qayd etiladi. Shu 
nutqai nazardan o‟quvchi bilim, ko‟nikma va malakalarini baholash, ayniqsa 
bilimlarini nazorat qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborot-
pedagogik tizimlarida, ularda bilimni nazorat qilishning ahamiyati va 
haqqoniyligini 
samarali 
bajarish 
maqsadida 
tinmay 
izlanishlar 
va 
takomillashtirish ishlarini olib borish taqazo qilinadi. Mazkur masalaning 


54 
yechimi o‟qitishning maqsadga muvofiq va haqqoniy bo‟lishida, iloji boricha 
aniq va asoslangan usul sifatida qayd qilingan. 
Kompyuter texnologiyalari asosidagi o‟quvchilar bilimini nazorat qilish 
faqat mutaxassis o‟qituvchilar tomonidan emas, balki pedagogik jarayon 
ishtiriokchilari tomonidan ham amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday 
texnologiyalarning monitoring tizimida joriy qilishda pedagogik jarayon 
ishtirokchilarining axborotga, bilimga bo‟lgan extiyoj va ishtiyoqlarni 
faollashtirishga erishish zarur. O‟quvchilar bilim, ko‟nikma va malakalarini 
nazorat qilish kompyuter tizimining asosiy maqsadi, ular erishgan yutuqlar va 
muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‟llarini ko‟rsatish, shu 
asosda o‟quvchilarga samarali ijodiy faoliyat ko‟rsatish uchun sharoit 
yaratishdan iborat. Bu maqsad birinchi navbatda, o‟quvchilar tomonidan o‟quv 
materialini o‟zlashtirish sifati bilan, ya‟ni o‟quv dasturida belgilangan bilim, 
ko‟nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog‟liq. Ikkinchi tomondan, 
kompyuter nazoratining asosiy maqsadini aniqlashtirish, o‟zaro, shuningdek, 
o‟z-o‟zini nazorat qilish bo‟yicha yondoshuvlarni amalga oshirish hamda o‟zaro 
va o‟z-o‟zini nazorat qilishga bo‟lgan extiyojning shakllanishi bilan bog‟liq. 
Uchinchidan esa, bu maqsad o‟quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning 
namoyon bo‟lishi kabi shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan 
bo‟ladi. 
O‟quvchilar bilimini kompyuter texnologiyalari orqali o‟qituvchi 
tomonidan nazorat qilishning asosiy yo‟nalishlari: nazorat funksiyasi; o‟qitish; 
baholash; bashorat etuvchi; rivojlantiruvchi; yo‟naltiruvchi vazifa; tarbiya qilish 
– deb ta‟kidlaydi A.Xoliqov [33.273,274]. 
Axborot texnologiyalari orqali nazorat qilishning eng muhimi – nazorat 
funksiyasi bo‟lib, o‟quvchilar erishgan bilim, ko‟nikma va malakalarning 
darajasini, ularning bilish faoliyati bo‟yicha yondoshuvlarni, bilimlarni 
o‟zlashtirganlik ko‟rsatkichlariga ko‟ra ularning aqliy faoliyatlari rivojlanish 
darajasini aniqlashtirish imkoniyatini beradi. 


55 
Ikkinchi muhim vazifasi o‟qitish bo‟lib, u o‟quvchi erishgan bilimlar, 
ko‟nikma va malakalarni takomillashtiradi, uning tizimliligini nazorat qilishni 
ta‟minlaydi. Bunday nazorat jarayonida o‟quvchilar o‟rganilayotgan materialni 
qaytarish, mustaxkamlash bilan shug‟ullanadilar. Bilimlarni kompyuter 
texnologiyalari asosida tekshirish, o‟rganilayotgan materialdan asosiysini ajratib 
olish, shuningdek, erishilayotgan bilim, ko‟nikma va malakalarning mazmunini 
aniqlash imkoniyatini beradi. 
Axborot texnologiyalari orqali nazorat qilishning uchinchi – baholash 
vazifasi, o‟quvchilarning o‟zlashtirayotgan bilim, ko‟nikma va malakalardagi 
kamchiliklar, yetishmovchiliklar, xatolar haqida ma‟lumot olishga yordam 
beradi. O‟qitish jarayonida baholash orqali nazorat ma‟lum darajada ta‟limning 
samarali metodikasini tanlashga yordam berishi bilan muhim sanaladi. 
Kompyuter texnologiyalari asosida o‟quvchilar bilimini nazorat qilishda, 
uning bashorat etuvchi vazifasidan, ya‟ni, ta‟lim-tarbiyaviy jarayon haqida, 
uning kelajagi, oldindan ko‟ra bilish mumkin bo‟lgan holatlari to‟g‟risida 
axborotlarni oladi. 
Yana uning afzalligi o‟quv jarayonining ma‟lum bosqichida o‟quv 
materialining ma‟lum qismi bo‟yicha mo‟ljallangan aniq bilim, ko‟nikma va 
malakalar yetarlicha shakllangani, yoki shakllanmaganligini bashorat qilish 
asosida nazorat olib borish imkoniyatini beradi. Ma‟lum ilmiy bashorat bo‟yicha 
erishilgan natijalar o‟quvchilarning kelajakdagi faoliyatlari modelini yaratish 
uchun qo‟llaniladi. Bunday bashorat o‟qituvchining kelajakda o‟qitishni 
rejalashtirish va amalga oshirish uchun aniq xulosalar olishiga yordam beradi. 
Bilimlarni nazorat qilishning rivojlantiruvchi vazifasi, o‟quvchilarning 
bilishga bo‟lgan faolliklarini, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda 
namoyon bo‟ladi. Kompyuter texnologiyalari asosida amalga oshiriluvchi 
nazorat jarayonida o‟quvchilarda aniq, xotira, diqqat, tasavvur, iroda va fikrlash 
qobiliyatlarining 
rivojlanishi 
yaqqol 
seziladi. 
Nazorat 
qilishning 
rivojlantiriuvchi vazifasi, shaxsning qobiliyati, moyilligi, qiziqishlari va 


56 
extiyojlari kabi xususiyatlarining shakllanishiga ta‟sir qilish bilan muhim 
ahamityatga ega. 
Kompyuter texnologiyalari asosida nazorat qilishning yo‟naltiruvchi 
vazifasi ham mavjud bo‟lib, o‟qituvchi uning mohiyatini alohida o‟quvchi yoki 
butun guruh tomonidan o‟qitishning maqsadga qay darajada erishilganligi, ya‟ni 
o‟quv materiali qanday miqdorda va qanchalik chuqur o‟zlashtirganligi bilan 
belgilanadi. Bunday nazorat tufayli o‟qituvchi yo‟l qo‟ygan xatoliklarni va 
kamchiliklarni o‟rganib, o‟quvchilarning bilim, ko‟nikma va malakalarini 
takomillashtirishda qanday yondoshuvlarga urg‟u berish lozimligini anglab 
oladi. Nazoratning yo‟naltiruvchi vazifasi o‟quvchining turli xusasiyatlari 
bo‟yicha o‟z-o‟zini yaxshi bilishga, o‟zi erishgan bilimlari, qobiliyatlari va 
imkoniyatlarini anglash va odilona baholashga kata yordam beradi. 
O‟quvchilar bilimini baholashning yana bir muhim vazifasi tarbiyaviy 
ta‟siridir. O‟qituvchi o‟quvchilarda o‟qishga javobgarlikni, intizomni, 
saranjomlik va sarishtalikni, axloqiy xis-tuyg‟ularni tarbiyalaydi. Ularda 
mehnatga layoqatliligini, g‟urur va irodani hamda mehnatga nisbatan muntazam 
ko‟nikmalarni shakllantiradi. 
Bunday jihat haqqoniy bo‟lishi uchun internetning ta‟lim resuslari 
talabgorlarning so‟rovlari va talablariga to‟la javob bera oladigan darajada 
bo‟lishi shart. Shuning uchun ham ekspertlar tomonidan ta‟lim veb saytlarining 
sifatlarini baholash kompyuter tashxisning haqqoniyligida muhim o‟rin tutadi. 
Ta‟lim veb-saytlarning sifati ta‟lim jarayonining axborot fazasining 
rivojlanishida ta‟sir etuvchi eng muhim jihatlardan sanaladi. U mazkur fazoda 
ta‟lim olishning sifatiga va mazkur tizimning madaniyatli tashkil etilganligi 
darajasiga bevosita ta‟sir etadi. 
Tashhis va monitoringni ta‟limda joriy etishda mavjud metodologiyani 
qo‟llash orqali axborotli o‟qitish muhitining tashxisiy vazifasini aniqlash 
imkoniyati tug‟iladi. 
Ayni paytida o‟quvchilar erishgan bilimlar, ko‟nikma va malakalarni 
nazorat qilishning keng tarqalgan yo‟li testlar yordamida tekshirish bo‟lib, u 


57 
kompyuterning undan foydalanuvchi bilan o‟tkazadigan muloqotiga asoslangan. 
Mazkur 
tizim 
«o‟qituvchining 
texnik 
qayta 
qurollanishi, 
uning 
mehanizasiyalashtirilgan mehnati» yoki «o‟qituvchi mashina» degan shiorlar 
ostida 
o‟qituvchining 
o‟quvchi 
bilan 
individual 
ishlash 
jarayoni 
mujassamlashtiruvchi sifatida dunyoga kelgan. Ba‟zan o‟quv jarayonida sun‟iy 
intellekt tizimining qo‟llanilishi baholash jarayoning murakkabligi, xususan 
o‟quvchini baholash uchun o‟quvchiga katta miqdordagi axborotni qayta 
ishlashi, boholavchi va boholanuvchi orasidagi o‟zaro ta‟sir jarayoning 
murakkabligi bu masalani oson hal qilishimkoniyatini bermaydi.
Xususan, o‟quvchi va malakasini kompyuterlashtirilgan holda nazorat 
qilish, talab qilinadigan bilimlar majmuasining sifatini aniqlash muammosini hal 
qilish lozimligini, busiz erishilgan bilimlarni baholash mezonlarini va ularning 
o‟zlashtirganlik darajasini aniqlash qobiliyatlarini belgilash mumkin emasligi 
oydin bo‟ladi. O‟qituvchilar tomonidan o‟quvchilar bilimi, ko‟nikma va 
malakalarni nazorat qilishning asosiy maqsadi, ularni erishgan yutuqlar va 
muvaffaqiyatlarni aniqlash, uni takomillashtirish yo‟llarini ko‟rsatish va shu 
asosda o‟quvchilarning faol ijodiy faoliyat ko‟rsatishlari uchun sharoit 
yaratishdan iborat. Bu maqsad, birinchi navbatda, o‟quvchilar tomonidan o‟quv 
materiallarini o‟zlashtirish sifati bilan, ya‟ni o‟quv dasturida belgilangan bilim, 
ko‟nikma va malakalarni egallash darajasi bilan bog‟liq. Ikkinchi tomondan, 
nazoratning asosiy maqsadini aniqlashtirish, o‟zaro va o‟z-o‟zini nazorat qilish 
bo‟yicha yondoshuvlarni o‟rganish hamda o‟zaro va o‟z-o‟zini nazorat qilishga 
bo‟lgan extiyojning shakllanishi bilan bog‟liq. Uchinchidan esa, bu maqsad 
o‟quvchilarda bajarilgan ish uchun javobgarlikning namoyon bo‟lishi kabi 
shaxsning ijobiy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‟ladi. 
O‟quvchilarning bilimlarini intellektual nazorat qilish o‟qituvchidan 
ziyraklikni, adolat bilan faoliyat yuritishni talab qiladi. Bilimlarni intellektual 
baholashning turli metodlari mavjud. 

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish