reyestri belgisini qo’yishi shart. O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o’tkazilgan o’lchov vositalarini sinash va metrologik attestatsiya qilish natijalarini O’zbekiston Respublikasida e’tirof etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagi qism) 17-modda. O’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish Tekshiruvdan o’tkazilishi lozim bo’lgan o’lchov vositalari turkumlarining ro’yxati "O’zstandart" tomonidantasdiqlanadi. (O’zR 25.04.2003y. 482-II-son Qonunitahriridagi qism) Yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologik xizmatlariga o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish huquqi berilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o’tkazilgan o’lchov vositalarini tekshiruvdan o’tkazish natijalarini O’zbekiston Respublikasida e’tirof etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuni tahriridagiqism)