Qonunitahriridagi xatboshi)
"sinov vositalarini metrologik attestatsiya qilish" - sinov vositalarining normalangan texnik
tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
(O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonunigamuvofiq kiritilgan xatboshi)
"sinov vositasi" - sinovlar o’tkazish uchun mo’ljallangan, normalangan texnik tavsiflari bo’lgan
texnik qurilma, modda va (yoki) material. (O’zR 11.12.2014 y. O’RQ-381-son Qonuniga muvofiq
kiritilgan xatboshi)
2-modda. Metrologiya to’g’risidagi qonun hujjatlari
Metrologiya to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O’zbekiston Respublikasining o’zga
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog’iston Respublikasida metrologiya sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston
Respublikasi qonun hujjatlaribilan ham tartibga solinadi.
3-modda. Xalqaro shartnomalarvabitimlar
Basharti xalqaro shartnomada yoki bitimda O’zbekiston Respublikasining metrologiya to’g’risidagi
qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari
Do'stlaringiz bilan baham: |