Qadimgi rimliklar kalendari qamariy - shamsiy kalendar edi. Bu kalendar dindorlar ko‘liga berib ko‘yilgan bo‘lib, ular ko‘shimcha ko‘yishda adashib ketdilar. Og’ir ijtimoiy muammolar, noqulayliklar kechiqtirib bo‘lmaydigan kalendar islohotini talab etdi. Bunday islohot 2000 yil avval, eramizdan avvalgi 46 - yilda o‘tkazildi. Uning tashabbuskori Rim davlati arbobi Yuliy Sezar edi.
Yuliy Sezar eramizdan avval 100-44 yillarda yashagan Rim davlat arbobi va lashkarboshisidir.U eramizdan avval 46 yili Rimda oliy hokimiyatni egallaydi. Birmuncha oldinroq esa u oliy Qoxin qilib saylangan edi. Bu vaqtda u qadimgi dunyo fani va madaniyatining markazi hisoblangan Misrga borib, mirsliklar kalendarining asosiy xususiyatlari bilan kelgan edi. Sezar misrliklar kalendarini Evergetning Kanop dekretida ko‘rsatilgan tuzatishlari bilan o‘z davlatida joriy etmoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda u Sozigen boshlik bir gruppa aleksandriyalik astronomlarga yangi kalendar tuzishni topshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |