O‘sha davrdayoq senat sekstilis (6- oyni) imperator Avgust nomi bilan atadi. Chunki avgust kalendarini to‘grilagan va harbiy galabalarni ko‘lga kiritgan edi. Biroq sekstilis oyi faqat 30 kunga ega edi. Senat imperator Avgustga bag’ishlangan oyni Yuliy Sezarga bag’ishlangan oydan kam bo‘lishini lozim ko‘rmadi. Buning ustiga 30 raqamini baxtsiz son hisoblab, (juft kun) fevraldan yana bir kun olishib, uni sekstilis - avgustga ko‘shishgan. Shunday qilib, fevral 28 yoki 29 (kabisa yilida) kunga ega bo‘lib qolgan. Endi uch oy (iyul, avgust, sentabr) qatorasiga 31 kundan iborat bo‘lgan edi. Bu ham Rim ko‘shinlariga ma’qul tushmagan. Shunda ular sentabrning bir kunini oqtabrga, noyabrning bir kunini dekabrga o‘tkazishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |