O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Soyabonlar 
ham boy tarixga ega. Quyoshdan saqlaydiganlari yomg`irdan himoya 
qiladiganlaridan ancha ertaroq paydo bo`lgan. Bu soyabon shaxsni ijtimoiy ramzi bo`lgan bois 
uni malaylar kutarib yurishardi. 
CHodir shakldagi soyabon bilan chirkov foydalangan. 
Quyoshdan saqlaydigan soyabon ilk bor qadimiy yunon guldonida tasvirlangan: u boy yunon 
ayoliga soya berib to`rgan. 
Rimliklar ham quyosh va yomg`irdan saqlanish uchun foydalanishgang. YOmg`irdan 
saqlaydigan soyabon yassi konus shaklli edi, dastasi esa doimo o`rtada bo`lmagan. Ancha vaqt 
utkach, XVI asrda Italiyada taxlanma soyabon ixtiro qiligan. Mariya Medichi quyoshdan 


95 
saqlaydigan soyaboni Frantsiyaga kiritgan. Bu erdagi soyabonlar mumlangan gazlamadan, 
dastasi esa suyakdan qilingandi. 
Rossiyaga Petr I davrida XVIII asrda Gollandiyadan kelgan, u erda 
zontek 
– bu chodr, 
polotno , parusina ma`nosini bildiradi, uni quyosh va yomg`irdan saqlanish uchun kemani 
ustidan tortilardi. SHuning uchun XVIII asrda Rossiyada “
zont
” so`zi bo`lmagani bois, uni 
“zontik” 
deb atashardi. Ilk bor 1720 yilda “zontik ” so`zi dengiz ustavida uchraydi. 
XVIII asrda yomg`irdan saqlaydigan soyabon keng tarqalgandi. Dastasi egiladigan 
kichkina soyabon ( nem. 
Knicker
) 1815 yilda ixtiro etilgan. 
Keyngi davrlarda soyabon kostyumning ayrilmas aksessuari bo`ldi. Ularning shakli, 
qo`llangan materiali, bezagi, konstruktsiyasi modaga binoan har xil bo`lgan. 
Zamonaviy soyabonlarning konstruktsiyasi keskin o`zgardi. Endi dizaynerlar soyabonni 
dizanning ko`pfunktsiyali ob`ekt qilishdi: 
soyabon – sumka, soyabon – aravacha 
(dastasining 
uchi royal` dungolagi shaklida qilinadi). 
XX-XXI aa. soyabon muhim aksessuari bo`ldi. Uning shakli har xil bo`ldi: 
kvadratsimon, to`g`riburchak, ikki qavat ovalli, chuqur kupolni ichki tomonida chuntakli
soyabon-shlyapa, soyabon-xassa, soyabon-sumka 
va b. 
Soyabonga 
qo`llanadigan materiallar ham har xil bo`ldi: suv 
o`tqazmaydigan neylon, tabiiy shoyi, nurni qaytaradigan va rezinalangan materiallar. Al`ternativ 
materiallar sifatida harir plastik, mo`yna, charm, mahsus suv o`tqazmaydigan modda bilan ishlov 
berilgan trikotaj, to`r va b. Soyabonning bezagi ham har xil: to`r, kashta, shokila, popuk, qo`yma 
gullar, kapalaklar va b. 
Rangi bo`yicha soyabon-sumka, ustki kiyim bilan mos yoki ular bilan kontrastda bo`lishi 
lozim. 
Soyabonlarni yaxlit yoki ikki va uch karra taxlanadigan turlari keng tarqaldi. Ularning 
dastasi ham turli shaklli va har xil materiallardan qilinadi (yog`och, plastmassa, temir). 
Soyabon erkaklar, ayollar va bolalar uchun; kundalik va bashang; kuz-qish va bahor-
yozga mo`ljallandi. 
Galstuklar. 
Galstuk yoki bo`yin ro`moli Qadimiy Rimda paydo bo`lgan. Rim legionerlari 
uni bo`ynini isitish uchun kiyishgan. 
Esdan chiqqan bo`yin ro`molini 
Evropada XVII asrni o`rtasida 
kiyishadigan bo`ldi. Barokko badiiy uslubi davrida dabdaba kostyumlar, katta pariklar kiyishgan, 
bo`yin ro`mol esa yoqani o`rniga bo`lgan. Uni bo`yniga aylana o`rab oldida bantga bog`lashgan. 
SHunday ro`molni frantsuz askarlari kiyishgan. Ular ro`molni shunday usulda o`rashni Lyudovik 
XIV yollagan xorvat askarlari kiygan bo`yin ro`moli “
cravate”
dan (xorvat so`zi) taqlid etishgan. 
XVII asrni 70-yy. bo`yin ro`molni bir necha tor bantga bog`lab, to`r 
uchlarini jyustokorni (kaftan) ustiga chiqarishardi. 
90-yy. 
a-la-Steinquerk 
paydo bo`ldi. Uni bo`yinga aylanasiga o`rab, uchlarini 
jyuyustkorni uchinchi izmasiga kirgizishardi. Galstuk atamasi 1692y. Steyinkerkdagi 
(SHteyinkirxe) jang bilan bog`liq, u erda frantsuz askarlari inglizlarni ustidan g`alaba qozongan. 
“Xech qanday jangdan keyin qilinmagan marosim bilan Parij saroyida va barcha qirollikda 
g`alaba nishonlangan... Bu davrda erkaklar qiyin bog`lanadigan to`r galstuklar kiyishgan. Jang 
oldidan askarlar tez kiyinib, galstuklarini pala-partish bog`lashgan. Ayollar o`z liboslari uchun 
uni namuna sifatida olishgan” (Vol`ter, “Frantsuz qirollar Lyudovik XIV va Lyudovik XVni 
podsholik tarixi”). 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish