O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti tasviriy san’at va mehnat ta’lim fakulteti



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/73
Sana17.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#815917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
Ajiniyoz nomidagi

Kiyim dizayni 
– dizayn faoliyati yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi insonning 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi buyumlar olami elementlaridan biri bo‘lgan 
kiyimni loyihalashdan iborat.
Kiyilish o‘rniga, odam tanasiga qo‘ndirish usuliga va bichimiga ko‘ra kiyimlar quyidagi 
turlarga bo‘linadi:
burmalangan kiyim (bichilmagan va tikilmagan) – bu bir bo‘lak gazlamadan burmalar yoki 
taxlamalar vositasida hosil qilingan odam tanasini o‘rab turuvchi kiyimdir;
qoplama (egniga tashlanadigan) – bu boshdan kiyiladigan kiyim bo‘lib, tikilmagan – 
boshdan kiyish uchun teshigi bo‘lgan gazlama bo‘lagi ko‘rinishiga ega (qadimgi yopinchiqlar, 
poncho) yoki bichib tikilgan (tunikasimon bichim, ya’ni yelka chokisiz o‘rtasidan bukilgan 
gazlama bo‘lagidan tayyorlangan tunika yoki rubaxa);
oldi kesimli, o‘timli – bu bichilgan va tikilgan kiyim bo‘lib, oldida etagiga qadar taqilmali 
bo‘ladi (xalat, kaftan kabi);
yevropacha tipda bichilgan va tikilgan – bu bichiq hisobiga inson tanasi shakllarini 
takrorlaydigan kiyim bo‘lib, hajmiy shakllarning tekislikdagi yoyilmasidir (relyeflar va 
vitachkalar va hokazolar vositasida).
«Kiyim»va «kostyum» tushunchalari o‘zaro uzluksiz bog‘liqdir.
Kostyum 
(ital. 
costume – 
urf-odat, fe’l-atvor) – bu insonning ijtimoiy, milliy, hududiy 
mansubligini, uning jinsi, yoshi, kasbini aks ettirib turuvchi, yagona g‘oya, maqsad va vazifa 
bilan birlashtirilgan buyumlar va elementlar tizimidir. Kostyum maishiy turmush tarzi bilan 
bog‘liq bo‘lib, muayyan tarixiy davr, xalq yoki elatning ijtimoiy ahvoli, urf-odatlari, an’analari, 
muayyan insonning jamiyatdagi tutgan o‘rnini, xulqi va fe’l-atvorini, o‘ziga xos xususiyatlarini 
aks ettiradi. Muayyan inson yoki ijtimoiy guruh bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, kostyum ham 
kiyim kabi himoyaviy va utilitar-amaliy vazifalarni bajaradi. Lekin kostyumning muhim vazifasi 
– axborot funksiyasidir, chunki kostyum o‘zaro muloqot turlaridan biri bo‘lib, atrofdagilarga 
insonning ijtimoiy ahvoli, siyosiy qarashlari, diniy mansubligi, badiiy didi va madaniyatini 
bildirib turadi. Bundan tashqari kostyum quyidagi vazifalarni bajaradi:
odamning yoshi haqida ma’lumot beradi. Ma’lumki zamonaviy yevropacha kostyum 
insonning yoshini aniqlashi yoki berkitishi mumkin, milliy kiyimlar insonning yoshini ochiq-
oydin ko‘rsatib turadi, masalan kiyimning rangi, bichimi, bosh kiyim turi vositasida va hokazo;
odamning jinsi va ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Deyarli hamma milliy 
kostyumda insonning nafaqat jinsi, balki uning oilaviy ahvoli ham aks etib turadi: uzatiladigan 
qizmi yoki unashtirilganmi, turmushga chiqqan ayolmi yoki bevami va hokazo. An’analarga 
tayangan jamiyatda o‘ziga xos bo‘lmagan kiyimni kiyish qat’iyan mumkin bo‘lmagan. Hozirgi 
zamonda kostyumning bu vazifasi deyarli yo‘q bo‘lib ketdi: kostyumiga qarab odamning nafaqat 
oilaviy ahvoli, hattoki ba’zan jinsini ham aniqlab bo‘lmaydi;
odamning qaysi ijtimoiy tabaqaga, sinfga yoki guruhga mansubligini (sinfiy jamiyatda), o‘z 
ijtimoiy mansubligini namoyish qilishini yoki yashirishini ko‘rsatadi;
odamning kasbini, faoliyat turini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa tarixiy kostyumda yaqqol 
namoyon bo‘ladi: olimlar, din arboblari, mansabdorlar, tabiblar, qozilar, hunarmandlar, 
dehqonlar va hokazolarning kiyimlari bichimi, materiali va rangiga ko‘ra bir-biridan ajralib 
turgan. Zamonaviy kostyumda bu funksiya ko‘proq ishlab chiqarish kiyimlarida namoyon 
bo‘ladi, maishiy kiyimda esa deyarli ko‘rinmaydi, lekin kostyumiga qarab rasmiy kishilar bilan 
«erkin kasb» egalarini osongina ajratib olish mumkin;



- hududning iqlimiy xususiyatlarini va aholining turmush tarzini aks ettiradi. Masalan 
sahroyi arablarning kostyumi yoki Uzoq Shimol xalqlarining kostyumi iqlim sharoitini ko‘rsatib 
turadi;
- diniy mansubligini bildiradi. Masalan, Hindistonda ilgari faqat musulmonlar bichib 
tikilgan kiyim kiyishgan, hindlarning kiyimlari esa burmalangan matolardan iborat bo‘lgan; 
Fransiyada XVI asrda kostyumiga ko‘ra katoliklarni gugenotlardan ajratish mumkin bo‘lgan. 
Hozirgi zamonda ham kostyumning bu funksiyasi saqlanib qolgan, lekin ilgarigidek ahamiyatga 
ega emas.
Hozir yevropacha tipdagi zamonaviy kostyumlarning biron bir aniq funksiyasini aniqlash 
qiyin. Kostyum ko‘p funksiyali bo‘lib, funsiyaning o‘zi esa ko‘p ma’noli bo‘lib qoldi. Shunga 
qaramay kostyum ilgarigidek estetik funksiyani bajaradi. Bu ma’noda kostyum muayyan 
insonning estetik didini bildiradi hamda shu davrga xos bo‘lgan go‘zallik tushunchalarini o‘zida 
aks ettiradi. Kostyumni individual ravishda tanlanishi (nafaqat kiyimning uslubi, ranglarining 
yoki alohida predmetlarining o‘zaro uyg‘unligi, balki insonning gavda tuzilishiga va tashqi 
ko‘rinishiga, kiyilish o‘rniga mosligi) odamning bilimliligi, va umumiy madaniyati, ijtimoiy 
kelib chiqishi haqida ma’lumot berib turadi.
Zamonaviy kostyumni loyihasini tayyorlashda avvalo uning qaysi funksiyalari ustun 
bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinishi lozim va bu bilan kostyumning konstruktiv yechimini ham, 
material tanlashni ham, obrazli yechimini ham hal etish mumkin. Buyumni loyihalashga bunday 
yondoshuv «funksional yondoshuv» deyiladi. bunda buyum emas, uning iste’molchiga beradigan 
foydasi loyihalanadi (bunday nuqtai-nazardan qaralganda, bashang ko‘ylak emas, yaxshi 
kayfiyat yoki lab bo‘yog‘i emas, balki go‘zalroq bo‘lish imkoniyatini loyihalamoq kerak). Ilgari 
aytib o‘tilganidek kiyim – bu iste’mol buyumi va ko‘pincha ommaviy ravishda yoki individual 
tartibda ishlab chiqariluvchi mahsulot. Bu mahsulotlarning loyihasini yaratuvchilar 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish