Mavzuning o’rganilish darajasi. Sobik sovetlar davrining dastlabki yillarida (30-40- yillarda) Zarafshon vohasi tarixi, madaniyati va madaniy merosini, birinchi navbatda, uning xar uch voxasi (Samarqand, Buxoro, Kashkadaryo) arxeologik yodgorliklarini o‘rganishga qiziqish kuchaydi va bu ishlarda A.Yu.Yakubovskiy2, V.A.SHishkin3, M.E.Masson va Ya.Gulomov4, G.V.Grigorev va A.I.Terenojkin, G.F. Tetuxin5 va V.A.Ranov6, A.M.Belenitskiy va D.N.Lev1, M.D. Djo’raqulov2, A.A.Asqarov va N.Avenesova3lar kabi arxeologlar alohida faollik kursatdilar. Ayniqsa, o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab Zarafshon vohasi buylab Ya.Gulomov va V.A.Shishkin, A.M.Belenitskiy va D.N.Lev hamda ularning kup sonli shogirdlari tomonidan keng kulamli arxeologik tadqiqotlar olib borildiki, natijada, bugungi kunga kelib, uni ilk ajdodlar tomonidan uzlashtirilishidan boshlab to so‘nggi o‘rta asrlarga kadar bulgan tarixi arxeologik jixatdan davrma-davr, bosqichma-bosqich o‘rganildi, juda katta va ilmiy ma’lumotlarga boy faktik materiallar to‘plandi, ularni davrma-davr umumlashtirish, xar bir davrning uziga xos xususiyatlari, tarixiy tarakkiyoti va etnomadaniy rivojlanish jarayonlarini ilmiy xolislik, arxeologik ob’ektivlik, tarixiy ketma-ketlikda o‘rganish va ularni umumlashtirish imkoniyati tugildi.
Zarafshon vohasida o‘rganilgan eneolit va bronza davriga doir ikkinchi turkum yodgorliklar chorvador qabilalari madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, ularning voha hududidagi eng qadimiysi Zamonbobo madaniyatidir4.
Zarafshon vohasida topib o‘rganilgan eneolit va bronza davrining noyob yodgorligi Sarazm bo‘lib, uning davriy sanasi masalasida ob’ekt tadqiqotchisi arxeolog A.Isxoqov o‘z fikr-mulohazalarini batafsil bayon etgan. A.Isxoqov Sarazmni Qadimgi SHarq dunyosining sug‘orma dehqonchilik madaniyati sohiblariga tegishli yodgorlik ekanligini ilmiy isbotlab, uning gorizontal madaniy qatlamlari to‘rt bosqichdan (Sarazm I, II, III, IV) iborat ekanligini ta’kidlaydi. Shuningdek, ularning xronologik sanasini miloddan avvalgi IV-ming yillikning o‘rtalaridan to II – ming yillikning boshlari (mil. avv. 3500-1900 yillar) bilan belgilaydi. A.Isxoqov xulosalariga ko‘ra, Sarazm I, II eneolit, Sarazm III co‘nggi eneolit, Sarazm IV bosqichi esa ilk va rivojlangan bronza davri bilan xarakterlanadi5.
- bronza davrida “voha-davlatlar”; - mil.av. I ming yillikning boshlarida “voha-davlatlar” va dastlabki siyosiy uyushmalar; - ilk temir davrida hududiy jihatdan o’rtamiyona davlatlar paydo bo’lgan deyilgan6. Bu O’rta Osiyoning barcha mintaqasi uchun bronza davrida voha-davlatlar shakllangan degan xulosani beradi. Vohalanki, Qadimgi Sharq dunyosi bilan doimiy madaniy aloqada bo’lgan O’rta Osiyoning janubiy mintaqalari uchun bronza davrida boshqaruv, davlatchilik terminlarini ishlatish mumkin, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |