O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix o`qitish metodikasi kafedrasi


II-BOB. ZARAFSHON VOHASI BRONZA YODGORLIKLARIDA



Download 299,5 Kb.
bet8/16
Sana27.06.2022
Hajmi299,5 Kb.
#708179
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Холбозоров Санжар

II-BOB. ZARAFSHON VOHASI BRONZA YODGORLIKLARIDA DEXQONCHILIK MADANIYATINI YUZAGA KELISHI
2.1 Sarazm madaniyati (dexqonchilik madaniyatining shakillanishi)
Bu makon O’rta Osiyo ikki daryo oralig’idagi o’troq dehdonchilik madaniyatining eng yirik va hozircha yagona yodgorligidir. Makon 1976 yilda ochilgan. 1977 yildan boshlab A.I.Isoqov bu yerda doimiy qazish – tadqiqot ishlarinn orib bormoqda. U Sarazm madaniyatining kelib chiqishi ildizlarini Zarafshon vohasidagi neolit davri yodgorliklariga bog’laydi. A.A.Is’hoqovning fikricha, bu yerning aholisi eneolit davrida Turkmanistonning janubiy-sharqiy mintaqasi aholisi bilan aloqada bo’lgan. Ularga geoksyur tipidagi bo’yalgan sopol idishlar madaniyati an’analarining ta’siri sezilib turibdi.1 Sarazm makoni moddiy madaniyati sopol idishlarinnng shakli va naqshi, bolgalari, gardishsimon tarozi qadoq toshlari hamda boshqa xil o’ziga xosliklari uni uzoq, hatto Belujiston va Seiston singari viloyatlardagi yodgorliklar bilan solishtirish imkonini beradi. Lekin hali Sarazmning o’rta Sharqdagi ilk dehqonchilik madaniyatlari orasida o’rnini aniqlashga vaqt bor, chunki bu yerda tadqiqot ishlari davom etirilib, har yili yangidan yangi kashfiyotlar qilinyapti. Asta-sekin makon – qishloq qurilishining o’ziga xos tomonlari ochilib, uning qiyofasi aniqlab borilmokda. Bu yerda neolit va bronza davri mahalliy axolisining yuqori darajadagi me’morchilik bilimlari va tajribalari borligidan guvohlik beruvchn umumjamoa uchun mo’ljallangan kurilishlar; ko’cha va kichik ko’chalar bilan ajratilgan kvartal mahallalarda ikki-uch xona hamda xovlidan iborat,turar joylar – uylar topilgan. O’rtasida chuquri bor gardishsimon mehroblar makon – kishloqda yashovchi aholining diniy qarashlari va e’tiqodlari to’g’rnsidagi dastlabki ma’lumotlarni beradi.
Makon – qishlokdagi qurilish gorizontlarining (qatlamlarpnnng) joylashishi asosida olingan ma’lumotlar asosida A.I.Is’hoqov makon – qishloq hayotini to’rt davrga bo’ladi.
Sarazm I – makon – qishloqning vujudga kelish davr. Bu davrda odamlar yashaydigan joy atrofi to’liq – devor bilan o’rab olingan. Sarazm madaniyati shakillanish davri, so’nigi eneollit davriga taluqlidir.
Sarazm 2 davirda ko’p xonali uylar, devorlarga bo’yalgan rasm chizilgan, dumoloq o’chog’i – mehrobi bo’lgan ibodat xona – muqaddas uy paydo bo’ladi. Qurilish to’rtburchak xom g’ishtdan foydalana boshlandi. Qora va kulrang ikki tomonlama sayqal berilgan sopol idishlar birgalikda bo’yalmagan yorqin rangdagi sopol idishlardan ham foydalanila boshlanadi. Sarazm 2, namizgoh IV bilan bir vaqtda mavjud bo’lgan bo’lib miloddan oldingi III ming yilikning o’rtalari va ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.
Sarazm 3 davrida ko’p xonali uylar saqlanib xovlilar kengayadi. To’rtburchak shaklidan mehrobga ega bo’lgan kurilishlar, ombor vazifasimni o’tavchi, suppalar – platformalar ustiga qo’rilgan yirik binolar paydo bo’ladi. Kulrang va qora sayqal berilgan sopol idishlar keskin kamayib, uning o’rniga, qizil kesakdan tayyorlangan rang berilgan va ochiq rangli idishlar ko’ryapdi. Metal va tosh buyumlar soni oshib boradi. Sarazm 3 davri Nomozgoh uning boshlanishi vaqtiga, miloddan oldingi III ming yillik og’iri II ming yilikning birinchi yarmiga to’g’ri keladi.
Sarazm 4 davri makon – qishlog’ining tanazzulga yuz tutib bo’shab qolish davridir. Bu vaqitdagi ba’zi uylardan, odamlar yashayotgan xonalar bilan qo’shni xonalarda ikkibo’limli (kamarali) qulolchilik xumdonlari quruladi. Sazam 4 davrida nim gulobi rangli, chaxda qilingan sopol idishlar ko’plab ishlab chiqilgan. Idishlarni bo’yash usullari soddalashib, naqshlari e’tiborsizlik bilan idishlarga tushirila boshlandi. Ular bilan birgalikda qo’lda yasalgan andronova sopol idishlari ham uchraydi. Makon – qishloq moddiy madanyatida birinchi mart tosh tug’rolar va sopol bosmalar (shtamplar) paydo bo’ladi. Bu davrining moddiy madaniyati Nomozgoh V uning oxiri hamda Nomozgoh VI davriga, miloddan oldingi II ming yillik o’rtalari va ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.
Qurilish – me’morchilik ishlari rivojlanishini Sarazamdagi turar joy va yirik umumjamoa binolari misolida kuzatish mumkun. Ma’lumki, qurilish – me’morchilik sa’atining rivojlanish darajasi (makon – qishloqni) qurishning umumiy qoidalari, turar joy, xo’jalik, diniy,saroy qurilishi rejalari tuzillishining hal qilinishi jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy kuchlari rivojlanishi darajasini ko’rsatadi. Shu ma’noda Sarazm makon – qishlog’i katta qiziqish o’yg’otadi, chunki bu yerda bajaradigan vazifalari, tashqi ko’rinish bilan bir-biridan farq qiladigan uch xildagi binolar topilgan.1
Barcha qazib olingan turar joylar alohida uylarga bo’linadi. Har bir uy odamlar yashaydigan 2 – 4 ta honalar va 1 – 2 ta ombor yoki boshqa xo’jalik vazifasiga muljalangan binolardan iborat bo’lgan. Odam yashaydigan xonalarning maydoni 6 kv. M. dan 20 kv. metrgacha boradi. Ombor va xo’jalik maqsadida qurilgan boshqa binolar uncha katta bo’lmasdan, 4 – 6 kv. metrdan oshmaydi. A.A.Isoqov II qazishma chuqiridan topilgan turar – joylar maydonini hisoblab chiqib, 4 – 5 kishidan iborat iola 18 – 20 m2 maydonli uyda yashaganligini, oshxonalar hovlida joylashganligini uchoqlarning uy oldidagi ochiq joylarda qurilganligip bilan isbotlaydi.2 Odatlar yashaydigan turar joylarni kvartaldaha, debham atasa bo’ladi. Ular bir – biridan hovlichalar, ko’cha, ko’chacha, ba’zi hollarda dolonlar (koridorlar) bilan ajratilgan. Aholi yashaydigan uylarning bunday joylanishi qadamgi sarazmliklarning jamoasi patriarxal xarakterda bo’lganlidan dalolat beradi.3
Sarazmdagi barcha yashash xonalari, devorlari, pol va hatto ostonalar somonli loy bilan suvalgan. Uylarning tomi yassi bo’lib bu haqda uylar ichidan topilgan loylardagi qamish va bo’yra izlari guvohlik beradi. Uylarning devori paxsa va guvaladan tiklangan. Makon – qishloqdagi uylar bir – biri bilan ko’chalar hamda hovlilar orqali bog’langan. Bu yerda ikkita ko’cha ochilagan Birinchisining uzunligi 15 m. bo’lib, kengligi 1,08—2 metrga teng. Ikkichi ko’chaning eni 1,05 m., uzunligi 16 metr keladi. Ikkinchi ko’chaning oxirida ko’cha yuzasiga qayroqtoshlar zich to’shalgan.
Binolar orasida 12 xonali ulug’vor bino, ayniqsa, diqqatni o’ziga tortadi. Xonalar har qatorda to’rttadan qilib yondosh (parallel) muvoziy qatorlarda qurilgan. Xonalar simmetrik joylashgan bo’lib, 4-ta xona 3x3 metr kattalikda, qolganlari esa 3x3,75 metr kattalikdadir. Hamma xonalar dolonlar (koridorlar) orasiga joylashgak. Xonalarning bir – biriga o’tish joylari (eshik o’rinlarn) bir to’g’ri chizikda joylashgan bo’lib. ular orqali markaziy xonadan turib, o’rtasida o’choq chuqurchasi topilgan, ibodat qilish uchun mo’ljallangan mukaddas xonani ko’rish mumkin. III ar-xeologik qazishma chukuridan topilgan bu bino hom g’ishtdan qurilgan (20 rasm). Xonalar o’rtasidagi eshiklarning o’rinlaridan 20 — 25 sm. balandlikdagi tuproqdan ko’tarilib, loy suvalgan ostonalar topilgan Binoni qazish paytida u balakdligi 0,75 metrlik 15x15 metrli supa ustiga qurilganligi aniqlandi.1 Bino qurilgan vaqt miloddan oldingi III ming yilliknining oxirgi choragiga, rivojlangan bronza davriga to’g’ri keladi. Bu davrda qadimgi dexkonchilik madaniyatlari yodgorliklarido hashamatli binolar qurish keng tarqalgan edi.2 Qazish ishlarini amalga oshirgan A.I.Isoqov Sarazmdan hashamatli binolarniig topishish yodgorliklarni ilk shaharlar qatoriga qushish imkonini beradi deb hisoblaydi.3 III qazuv uchastkasidan topilgan bino jamoat binosi bo’lgan bo’lsa kerak. Hamma tomonlari yopik uchta dolon (koridor) qandaydir jamoa birlashmasiga taalluqli don va boshqa zahiralarni saqlash uchun, xonalar esa binoni quriqlovchi odamlar yashashi uchun mo’ljallangan bo’liish mumkin.
Sarazmdan topilgan gardishsimon mehrobli oilaviy ibodatxona bu yodgorlikda butun jamoaga tegishli diniy markaz — ibodatxona bo’lganligini taxmin qilishga asos beradi. Ibodatxona IV qazishma chuquridan ikkinchi va uchinchi qurilish gorizonti sathlaridan topilgan. Bu yerdan uchta diniy maqsadlarga mo’ljallab qurilgan bino koldiqdari topilgan. Bu binolardan biri 1 – 5. ikinchisi 6 – 9 xonadan iborat Birinchi binoning uch tomoni: g’arb, shimol va sharq tomonlari ochib o’rganilgan bo’lib, maydoni 200 kv. m. dan ko’proqdir.Devorlar tashqi tomondan kengligi 25 sm, qalinligi 30 smli bir tomoni devordan chiqibturgan to’rtburchak ustinlar bilan mustaxkamlangan. Devorlarning qalinligi 0,75 metr bo’lgan. Bu binoda boshqalardan ajratib, alohida qurilgan xonalar yo’q. Beshta xonaning barchisi turlicha kattaliklardir. Bu xonalardan, ayniqsa, beshinchi xona diqqatni o’ziga jalb qiladi. Bu xonada 15 sm. balandlikda 1,25 metr diametrga ega. bo’lgan dumaloq, mehrob bo’lb, mexrobning o’rtasida chuqurligi. 25 sm., diametri 25 smli o’choq joylashgay. Bu mehrob Sarazidan topilgan mehroblar orasida eng kattadir. Bino nima maqsadda kurilganligi shubxa uyg’otmyndi. U jamoat foydalanishi uchun kurilgan bo’lib, diniy maqsadlarda ishlatilgan bo’lsa kerak. Binoni qazib o’rganish ishlari hali tugamagan Hali binining rejasi, xonalarning joylanishni uzil kesil aniqlanmagan binoda xizmat qiluvchi odamlarning yashash xonalari topilmagan. Oltitepadagi diniy markaz – ibodatxonani qazish ishlari paytida hashamatli minora atrofidan o’choqlari, hovlilari bilan yashash va xo’jalik maqsadlari uchun qurilgan honalar ham topilgan.1 Extimol, keyinchalik Sarazamdan ham xuddi shunday xonalar topilsa kerak. Sarazm makoni so’nggi eneolit davridayoq qadimgi Zarafshon voxsining dexqonchilik markazi bo’lganligi yaqqol ko’rinib turibdi. II qazishmadan tonilgan turar joylar va IV qazishmadan topilgan ikkita diniy maqsadlar uchun kurilgan binolar eneolit davridayoq bu joyda zich joylashgan bir gurh kishloq –makonlar 6o’lganligining taxmin qilishga imkon beradi.2
Bu qishloq – makonlarning xar qaysisi hammasi birganlikda urug’ qadila itifoqiga kerak. O’hshasha yirik birlashma jamoalarga aylangan bo’lsa Sarazm I davridagi bir xonali binolarining Sarazm II davrida bir-biriga qo’mshilib ketgan, ko’p xonali yaxlit yashash joyini tashkil qiluvchi binolarga almashinishi II qazishmada - arxeologik tadqiqotlarida kuzatiladi. Dastlab alohida – alohida bo’lgan bu binolar keyinchalik xujalik binolari, diniy maqsadlar uchun qurilgan binolar bilan birgalikda bir – biriga qo’shilib yaxlit, yagona turar joyini tashkil qiladi. Har bir uy, hovliga yoki chiqindi joyiga ega bo’lib, bu hol har bir yaxlit unda bir kata oiladan iborat jamoa yashaganligndan dalolat beradi. IV qazishmaning A I qurnlish boskichi gorizont sathidan, bir-biriga yaqni jollashgan ikkita ibodatxonaning topilishi saraziliklarining har biri 4 – 5 xonadan iborat. Eng yirik xonaning o’rtasida olov yoqish uchun mo’ljalangan dumaloq, shakildagi o’choq – mehrob joylashgan. Gardishsimon mehroblarining joylanishini o’rganish qadimgi Sarazm oo’damlari daslab, ilk bosqichlarda aholida partiarxal oilalarga tegishli bo’lgan uylarning o’zida, diniy maqsadlar uchun qurilgan xonalarda sig’inganliklarinini ko’rsatadi. Keyingi bosqichlarda Sarazm umumjamoa ahamiyatga ega bo’lgan diniy maqsad uchun mo’ljallab qurilgan binolar – iboratxonalar paydo bo’ladiyu Yuqorida aytib o’tganimizdek, Sarazm makoni o’zining yashash davrining oxirgi bosqichlarida juda katta, 100 tadan ortiq maydonni egallangan. Qazish paytidan olingan ma’lumotlarga ko’ra Sarazm o’zining yashash vaqtining to’rt davri davomida qurilgan va qayta qurilgan. Hari bir davrda makonning qanday bir qismida yangi qurilishlar paydo bo’lgan. Sarazm qurilishlari alohida – alohida joylashgan ko’p xonali, yaxlit binolar, shuningdek ibodatxona va jamoa binolaridan iboratdir. Buyaxlit binolar orasida 1 – gektardan 50 gektargacha bo’lgan bo’sh maydonlar joylashgan. Bu maydonlar yaylov, bog’, ekin maydonlari bo’lgan bo’lishimumkin. Arxealogik ma’lumotlarga qaraganda, O’rta Osiyo va Yaqin Shraq mamlakatlarida Sarazm singari yirik yodgorliklar kam bo’lmagan. Masalan, Namoxgoh 70 gektar Oltintepa – 46 gektar, Ulug’tepa 40 gektar maydonni egallagan.1 IV qazio’madagi diniy markazlarni tadqiqot qilish paytida diametri metr bo’lgan, toshdan qilingan aylana to’siq bilan o’ralggan mozor topildi. To’siq yumaloq daryo toshlaridan tur qator qilib teribchisqilgan. To’siqning ichida, janubiy – g’arbiy qismida ikkita qabr topildi. Birinchi qabir shimoliy g’arbidan janubiy – sharqqa cho’zilgan bo’lib kattaligi 1,20 0,80 metrdir. Qabr ichidan, 1,35 metr chuqurlikda boshi janubiy sharqqa karatib, chap yonboshiga bukchaytirib qo’milgan 6—7 yoshli bolaning jasadi qoldiqlari topilgan. Uning ko’kragldan 200 dan oshiq mayda lojuvard minchoq, tiklgan «ko’krak-pesh» (ko’krak fartugi) topilgan. Shu yerinng o’zidan 12 ta yirik lojuvard minchoq, va Silindr shaklidagi 22 ta kumush minchoq topilgan. Qabrdan bezaklardan boshqa topilma chiqmadi. Ikkinchi qabr shimoliy – sharqdan janubiy – g’arbga cho’zilgan bo’lib, tuxumsimon chiziq aylana shaklli, qabr kattaligi 160x140 sm. dir. Qabr chuquri ishidan, 145 sm.chuqurlikda, chuqurning markazida marxumning qismlarga bo’lingan jasadining tozalangan suyaklari bir uyum qilib qo’yilgan. Marhum bilan birga ko’miladigan buyumlar qabirdan topilgan. Makonning boshqa joylari va qurilish gorizontlaridan qabirlarning topilgani Sarazm aholisi mahrumlarni yashash joylaridan tashqarida dafn qilganliklaridan dalolat beradi. Aylana tosh to’siq ichidagi qabrlar Sarazm I davriga oid bo’lib, u hali ohirigacha tadqiq qilinmagan Moddiy madaniyat buyumlari ta’rifiga kelsak, ma’lumki, ular orasida asosiy va yetakchi o’rinni kulolchilik buyumlari egallaydi. Uning boshqa topilma turlaridan ustinligi shundaki, sopol buyumlari barcha madaniy qatlamlarining hamma joylarida uchraydi va yodgorliklarni guruhlash,tasnif qilishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.Sarazm I va II bosqichlarininng sopol buyumlari so’nggi eneolit davriga aalluqlidir. Ular orasida to’rt xil turdagi idishlar bor. 1 Ko’p xol (uch xil) rangga bo’yalgan idishlar. 2. Yagona rangga bo’yyalgan idishlar. 3. Sopol oq schaliq, gulobi rangda bo’lib, yorqin angob berilgan (sirlash) ranglanmagan idishlar. 4. Kul rang va qora rangli qayqal berilgan idishlar. Sopol idishlarning bu asosiy guruhlaridan tashqari oz sonli sopoli to’q qizil va och yashil rangli idishlar ham uchrab turadi. Bo’yalgan sopol idishlarning bir qismi kulolchilik charxida yasalgan bo’lganda, asosiy qismi qo’lda tayyorlangan. Qo’lda tayyorlangan idishlar ohak tosh va suvga silliqlangan qayroqtoshning mayda parchalari aralashgan qorishmadan tayyorlangan. Qo’lda tayyorlangan sopol idishlar: kosa, tovoq, qadahlar o’zining yaxshi tayyorlagani bilan ajralib turadi. Ular yupqa. sopoddan tayyorlangan. Yaxshilab maydalangan va elangan qorishmadan tayyorlangan idishga ikki toshonlama angob va sayqal berish sopol idishga chiroyli kurnish bir-biriga o’xshash. Kulolchilik charxi ishlab chiqarishadi. Charxdaova ko’lda tayorlangap idmshlarning shakllari unimdorligini oshirib, sopol buyumlarning sonini keskin oshiririshga imkon beradi. Charx kulolga sopol idishlarning yangi labi, murakkab shaklli turlarni yaratishga imkoniyat berdi. Shunga karamasdan charxda tayyorlangan idishlar qo’lda yasalgan idishlarni to’liq siqib chiqilmaga. Sarazm-ning :eneolit davri sopol buyumlari g’oyat turli – tumanligi bilan ajralib turadi. O’rta Ospyo va Yaqin Sharqdagi shu xildagi yodorliklardan tapilgai idish turlarining deyarli barchasi Sarazmda uchraydi Sarazmda yashovchi aholi O’rta Osiyoning bepoyon shimoliy qismidagi, jumladan Zarafshon vohasidagi dasht bronza madaniyatlari egasi bo’lgan kadimiy qabilalar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular bilan mustahkam aloqada bo’lishgan. Bu haqda Sarazmdan topilgan tagi tuxumsimon uchli, idishning yuqori qismiga bosma usulda geometrik shaklli bszak berilgan, tuvaksimon shakldagi qo’lda tayyorlangan idishlar guvohlik beradi. Sarazm. III va IV ning sopol idishlari uch guruhga: birinchisi – asosan monoxrom (bir xil rangga) bo’yalgan; ikkinchisi – sopoli och sariq rang gulobi rangli; uchinchisi – kulrang qorshimadan tayyorlangan, kora sir berilgan idishlarga bo’linadi. So’nggi guruhga andronova sopol idishlarining ikkita bo’lagi ham kiritilgan. Ilk va rivojlangan bronza davrida Sarazmda uchraydigan bo’yalgan sopol idishlarnining xillarini o’rganish, Sarazm III davriga polixrom (ko’p rang) bo’yalgan idishlar soni keskin kamayishini ko’rsatadi. Ularning o’rnini to’g’ri gorizontal va to’lqinsimon naqshli oldinroq yasalgan idishlar egalaydi. Sopol idishlarda gemetrik shakllar: romb uchburchak, shaxmat taxtasimon shakli naqishlar uchrab, bronza asrining, keyingi ikki davrida u asosiy, yetakchi naqishga aylanadi. Bu davirga kelib Sarazmda sopol idishlarni bo’yashning o’z usuli shaklanadi. Janubiy Turkmaniston naqishlariga bo’lgan arra tishsimon va xochsimon shakllar bilan birganlikda Sarazm Naqishlarida yarim doira ravoq hamda unga yopishib turgan uchburchak shakllari ham paydo bo’ladi. Bu naqshlar Mundigag 2 va Hind vohasidagi qator yodgorliklarning naqishlariga o’xshaydi hamda Sarazm madaniyatining Belujiston madaniyatlariga yaqinligini ko’rsatadi.1 Sarazm IV davrnga kelib bo’yalgan sopol idishlar soni keskin kamayadi. Sarazmning bo’yalgan sopol idishlarini ta’riflashda idishlarning shakllariga ham e’tibor berish lozim. Sarazm III davrida idishlarning 6 xil shakldagilari: sharsimon, yarim sharsimon, pastki kismida keskin bo’kilgan bankasimon, yarim silindr shaklidagi idishlar hamda og’zi keng kosalar bo’yoq berilib bezalgan. Sarazm III va IV davrlarida kul rang va oqish sopoldan yasalgan 9 xildagi bo’yalmagan sopol idishlari turlari bo’lgan.Sopol idishlarni tadkiq qilish shuni ko’rsatadiki, ilk va rivojlangan bronza davrida Sarazm makonida sopol idishlarning turlari hamda idishlarning umumiy soni ko’payadi. Bu. kulolchilikning rivojlanganligini ko’rsatadi. Shunga qaramasdan, bu davrda hali qo’lda yasalgan sopol idishlar ko’nchalikni tashkil kilgan. Xum, qozon va humchalar miqdorining oshishi kuzatiladi. Andronova sopol idishlariga oid ikkita sopol parchasi ham shu davrga oid qatlamda topilgan.2
O’rta Osiyo dehqonchilik vohalari bilan dasht bronza madaniyatlari o’rtasida mustahkam aloqalar o’rnatilganidan dalolat beradi Shunday qilib, ilk va rivojlangan bronza davri sopol idishlari so’ngi eneolit davridagidan ikki xil bo’lib, bo’yalgan va bo’yalmagan sopol idishlardan iborat bo’lgan. O’z navbatida bo’yalgan sopol idishlar polixrom va monoxrom sopol idishlariga, bo’yalmagan sopolo idishlar esa gulobi rang va och sariq angob berilgan oqish sopoldan yasalgan idishlarga hamda ba’zan qora angob berilgan kul rang sopoldan yasalgan idishlarga bo’lingan. Oldin keng tarqalgan sopolga sayqal berish usuli bu davrga kelib yo’qoladi. Sopol ishlab chiqarida xumdon va kulolchilik charxining qo’llanila boshlanishini bu sohada bo’lgan katta o’zgarish deb hisoblasa bo’ladi. Uchta arxeologik qizishma chuqurlaridan o’rtta kulolchilik xumdonlari topildi. Ularning tuzilishi bir xilda bo’lib (ikki kamerali) faqat ko’ra va ishshiruvchi kamera hajmlarn bnlan bir-biridan farq qiladi. Miloddan oldingi III ming yillik oxirida, ilk bronza davrida Sarazmda kulolchilik charxi paydo bo’lganligi bu yerdan topilgan charxni aylantiruvchi o’qning pastki qismi topilganligi bilan tasdiqlanadi. Makondan bunday o’qlardan ikkita topilgan. Bu topilmalar diametri 15 – 22 sm. bo’lgan, o’rtasnda chukurchasi bo’lgan do’malok va yalpok toig o’ki o’rnatilgan. Chuqurcha ichida saqlanib qolgan halqasimon chiziqlar charx o’qlari bu chuqurchalarda o’zoq vaqt aylanib ishlaganidan dalolat beradi. ishlaganida dalolat beradi. Shuni e’tiborga olish kerak dehqonchilik makonlaridan to’laligicha kulolchilik charxi rakki, arxeologik tadqiqotlar jarayonida biron-bir ilk topilmagan bo’lib, bu charxni etnografik ma’lumotlar asosidagina tasavvur qilish mumkin. Ulardan iborat bo’lib, uning o’rtasidagi chuqurchalariga charx Sarazm I va II davrlariga oid sopol va tosh buyumlar turli tumandir. Sopoldan qilingan buyumlar, orasida kamon o’qini to’g’rilovchi buyumlar, donxo’raklar, o’choq tagliklari, I davriga oiddir. U xipcha bel, to’liq oyoqlari bukulgan, gurzi soi boshlari, haykalcha uchraydi. Haykalcha Sarazm qo’llari yo’q, o’tkir uchli konussimon ko’kraklari kerilgan, boshi qush boshiga o’xshaydigan ayolni tasvirlaydi. Sarazmdan tonilgan haykalcha janubiy Turkmanistondagi geoksyur vohasidan topilgan haykalchalarga o’hshaydi. Tosh buyumlar orasida o’g’irdastalarin (kelisoplar), o’g’irlar (havonchalar) eshik yoki kulolchilik charhi o’qlari qo’yiladigan tagliklar, tosh tayoqchalar, dumaloq tosh yadrolar, palaxmon toshlari, ushatgich kurollar uchraydi. Ayniqsa, tarozi qadoqtoshlarning topilishi muhim ahamiyatga ega. Qadoq toshlar orasida hammadan ko’p gardishsimon shakldagilari uchraydi. Qadoq toshlarning og’irligi 12 kgdan. 26 kggacha boradi.Sarazm III pa IV davrining sopol buyumlari, asosan, urchuk gurzi sopi boshlari va votiv (diniy maqsadlarga foydalanadigan biror bir buyumning juda mayda nusxalari) idishlardan iborat. Bu an’anaviy topilmalar orasida sopol idishlarga naqsh berish uchun yasalgan, muhr tasvirlangan sopol qolip – alohida ajralib turadi. Bu topilma, ehtimol, miloddan oldingi III — II ming yilliklar sarhadida Sarazm jamiyati ijtimoiy tabaqalarga bo’lina boshlangani haqida guvohlik beradi. Sorazm III va IV davrlarida toshga ishlov berish yuksak san’at darajasiga ko’tariladi. Ayniqsa, hokimiyat belgisi bo’lgan hassa – tayokchalar va gurzi soplarining soqqasimon va konussimon boshlari etiborga sazovordir. Ko’plab tosh idish bo’laklarining topilishi ro’g’zorda tosh idishlar, ayniksa, kosachalarning ko’plab ishlatilgani haqida guvohlik beradi. Sorazmdan oyoq kiyim tamyorlashda ishlatiladitan toshdan tayorlangan shona-qoliplar ham topilib, ular ham tadqiqotchilar uchun ma’lum qimmatga egadir.Sarazm madaniyatining oxirgi bosqichlarida ham ushatqich qurollar, yorg’ichoq toshlari, qadoq toshlar, sopolga sayqal berishda ishlatiladigan tosh qurollar ishlatilgan va ular davr qatlamidan ko’plab topiladi.Sarazm IV davriga oid qatlamdan ko’plab palahmon va sopqon toshlari topilgan. U o’sha davr dehqonchilik vohalari aholisining yaroq aslahalari orasida asosiy qurollardan biri deb tan olingan. Bu toshlar 50 grammdan 1 kggacha og’irlikda bo’lib, turlicha kattalikdadir. Ularning ko’pi dumaloq soqqa shaklida bo’lib, ba’zan tuxumsimon – oval shakldagilari ham uchraydi. Sarazmda – keyingi bosqichlarda ham choqmoqtoshdan qilingan rom va bodomsimon shakldagi o’q-yoy uchlari ishlatilib kelingan. Sarazmning ilk bosqichlarida esa pichoqsimon parrahalar, o’rok, uchun ishlatiladigan tosh qadama kurollar ham uchraydi. Umuman olganda, tosh buyumlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, tosh kurollar har bir xo’jalik va ishlab chiqarish no’nalishlarining ehtiyojlari hamda zaruriyatlarini xisobga olgan holda tayyorlangan. Masalan, opchilar uchun turli – xildagi chaqmotosh o’q-yoy uchlari dehqonlar uchun esa turli xil yorg’uchoq, o’g’ir (havoncha), o’g’ir dastasi (kelisop), o’roqlar uchun qadama toshlar ko’p miqdorda tayyorlangan. Sopol iditlar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan sayqal berunchi, siliqlovchi kurollar, rang tayyorlashda zarur bo’lgan toshdan qilingan ruda maydalagich, og’ir – dasta, og’ir tosh bolg’alar ham makondan topilgan. Poyafzal tayyorlovchilar, to’quvchilar ham tosh qurollardan foydalanishgan. Poyafzal qoliplari urchuklar, to’g’nag’ich uchlari va tugmalar tosh buyumlarning turli sohalarda keng ishlatilganidan darak beradi. Tosh qurollardan quruvchilar ham keng foydalanishgan. Suvoq ishlarida bir tomoni silliq, andavaga o’xshash tosh qurollardan foydalanishgan. Eshikning ochilib – yopilishi uchun xizmat qiladigan, ostonaga qo’yiladigan o’rtasi chuqur toshlar ham uchrandi. Sarazmdan topilgan tosh buyumlarning yana bir guruhini munchoqlar, bo’yinga taqiladigan taqinchoq, tumorlardan iborat bezak buyumlari tashkil kiladi. Ular lojuvard, feruza, aqiq, yashma, xalsedon, oniks, serdolikdan yasalgan. Lekin qanaqa qurol bilan bu qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar silliqlanib, teshilib, ishlov berilgani hozircha aniq emas. Lekin bu bezaklarning tayyorlanishi sifati Sarazmda zargarchilik san’ati yuksak darajada bo’lganligidan darak beradi.
Metall buyumlar mis va bronzadan tayyorlangan. Sarazm I va II davrlarida hali metall buyumlar uncha ko’p bo’lmagan Bu davrga oid qo’sh tig’li pichok, xanjar, nayza uchi, turnag’ich, kesimi romb va to’rtburchak bo’lgan ikkiga – bigiz topilgan. Ularning xammasi so’nggi eneolit davriga oid, O’rta Osiyo yodgorliklaridan topilgan topilmalarga o’hshashdir.
Sarazm III va IV dairlarida metall buyumlar soni ko’payadi. Sarazm o’rtasi qirrali, ikki tomonga nishob ega bo’lgan xanjarlar, nayza uchlari, ustara, dumoloq, ko’zgu bilakuzuklar, 12 gurbargli oltin bezak (19 rasm) topilgan. Metallga ishlov berishning rivojlanganligiga madaniy qatlami aniqlanmagan 2 ta bolta – loyteshani ham mosil qilib ko’satish mumkun.
Sarazm IV davrida bronza eritib qo’yish ishlari rijvojlanib metall buyumlar soni oshib boradi. Metall eritish va buyum tanyorlash ishlari makonda amalga oshirrilgani metall eritishga mo’ljallangan o’tga chidamli gildan qilingan idishlar-tigellar, shuningdek eritilgan metalldan buyum yasashga mo’jallangan ochiq shaklli qolip bo’laklari o’am ko’rsatib turibdi. Bunga rudani maydalab eritishga tayyorlashda muhim o’rin tutgan, og’irligi 6 kgdan 17 kggacha bo’lgam o’g’ir dastakelisoplar topilganligi ham tasdiqlaydi. II arxeologik qazilmaning uchinchi va to’rtinchi gorizontlaridan topilgan metall erituvchi ko’ralar ham xuddi shunday ahamitga ega. Sarazm qadimgi metallurgiya markazi bo’lganligi uchun bu yer aholisiga mis, qalay, margumush, ko’rg’oshin rudalar qazib olinadigan joylar juda zarur bo’lgan. Xuddi shu rudalar Ziyatdin va Zirabuloq tog’larida, shuningdek Zarafshon vohasining janubidagi Qarnabda uchraydi.1 Shunday qilib Sarazmliklar bronza tayyorlash uchun zarur bo’lgan ma’danlarini o’zlari yashaydigan joydan uncha uzoq bo’lmagan yerlardan qazib olishgan. Extimol, shu sababdam ham Sarazm so’nggi eneolit davridan boshlab mis va bronza buyumlar ishlab chiqaruvchi metallurgiya markazlaridan biriga aylangandir. Bronza buyumlarining Sarazmda ,juda ko’p mikdorda topilishi, bu yerda ma’lum miqdorda oltin va kumush buyumlarning uchrashi metall buyumlarning faqat mahaliy aholi ehtiyoji uchun emas, balkiy savdo va almashtirish uchun ham ishlab chiqilganligi to’g’risida guvoxlik beradi.1
Arxeologik topilmalarning joylanishi ayniqsa sopol, metali va tosh buyumlarning ko’p sonliligi ularning maxsus ustaxonalarda tayyorlanganligini ko’rsatadi. Asosiy oziqa manbai sifatida jamiyat iqtisodiyotida hal qiluvchi o’rnini dehqonchilik egallagan. Arpa va bug’doy ham yetishtirgan bo’lsalar kerak. Xom g’isht va suvoq loy bo’laklaridan topilgan donli ekinlarning somonlari, shuningdek tom yopishda ishlatilgan loyda qolgan izlari dehqonchnlikning Sarazmda asosiy xo’jalik sohalaridan biri ekanligini ko’rsatadi. Sarazmdan topilgan, dehqonchilik qurollarning tahlili, bu qurollarning juda sekin takomillashib borganligini ko’rsatadi. Rivojlangan bronza davrida ham so’nggi eneolit davridagi singari o’roq uchun mo’ljallangan qadama tosh kurollar, yorg’uchoqlar, o’g’ir va o’g’ir dastalar ishlatilgan. Zarafshon vohasining yuqori qismi tabiiy muhiti bu yerda dehqopchilikning ikki usulini: lalmi va sug’oriladigan dehqonchilikni qo’llashga imkon bergan. Hozircha Sarazm va uning atrofdagi sug’orish qurilmalari tekshirilmagan. Etnografik ma’lumotlar O’rta Osiyo xalqlari dehqonchiligida sug’orladngan dehson-chnlnk bilan bir qatorda yomg’ir, suv toshqnnlariga asoslan-gan ziroatchilik xam muhim o’rin tutganligini ko’rsatadi.
Dehqonchilik rivojlanganligini ko’rsatuvchi belgilardan biri don saqlanadigan omborlarning hajmidir. Sarazmdan qazib olingan. g’ishtdan qilingan supa ustiga qurilgan binosi qazish ishlarini olib borgan arxeologlar bu binoni ijtimoiy xarakterdagi bino, jamoaning umumiy don saqlanadigan ombori deb hisoblashadi.2 Donni saqlash uchun diniy markaz bo’lgan hashamatli bino ichida uchta dolonsimon (koridorsimon) xona qurilgan bo’lib, ularning kattaligi 11+1,10 m; 11 + 1,05 m; 12,75X1,25 metrdir. Don saqlanuvchi bu xonalarning umumiy maydoni 36,6 kv. m. bo’lib, agar binolarning balandligi 2 metr bo’lgan bo’lsa, ombor hajmi 79-80 m2 bo’ladi Bir kub metrda 750-800 kg don saqlanishini hisobga olsak, omborda 50-60 tonnagacha don saqlash mumkin bo’lgan. Garchi bu hisoblar taxminiy bo’lsa ham, u Sarazmda dehqonchilikning hal qiluvchi o’rin egallaganligi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi.
Sarazm iqtisodiyoti va xo’jaligida dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilikning ahamiyati ham katta bo’lgan. Dehqonchilik madaniyatlarida chorva mollari odamlarni sut. moy, go’sht bilan ta’minlashdan tashqari ishchi kuchi si-fatida ham qo’llanilgan. Yerni haydash va ishlov berishda qoramollar omochlarni tortuvchi kuch sifatida ishlatilgan.
Hali paxta, zig’ir singari o’simliklar madaniyatlashrilmagan, ipak to’qish ma’lum bo’lmagan o’sha davrda kiyimlar, asosan, jundan va qisman teridan tayyorlangan. Hayot uchun zarur bo’lgan bu narsalarning hammasi mayda va yirik qoramoldan olingan. Shuning uchun xo’jalikda chorvachilikning tutgan o’rni to’g’risidagi masalaga to’xtalib o’tirmasdan, Sarazmda dehqonchilik madniyati chorvachilik bilan birgalikda rivojlanganlngini yana bir bor tasdnqlaydi.
Madaniy qatlamlardan topilgan chorva mollarining suyaklari sarazmliklar hayotida chorvachilikning muhim o’rin tutganligin ko’rsatadi. Uy chorvachiligining xo’jalikdagi o’rni muhim bo’lsada, lekin aholini go’sht bilan ta’minlashda yovvoiy hayvon va qushlarni ov qilish ham ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan. Baliq tutuvchi qarmoqlarning topilishi sarazmliklarning baliqchiliq bilan ham shug’ullan-ganliklarini ko’rsatadi.
Shunday qilib, dehqonchilik – chorvachilik xo’jaligi rivojlanishi munosabati bilan ro’y bergan o’zgarishlar hunarman – dchilikning tez rivojlanishga sabab bo’ldi. Ko’p sonli, turli-tuman mehnat qurollari, maishiy, madaniy va xo’jalik buyumchari, xumdan va metallga ishlov beruvchi qurollar bularning xammasi mehnat taqsimoti ro’y berganligidan dalolat beradi. Ma’lumki, ixtisoslashgan ishlab chiqarish qo’shmcha mahsulot va tovar xo’jaligi shakllanishiga asos bo’lib xizmat qilinadi.
Sarazm madaniyatining kelib chiqishi (genezisi). Sarazm madaniyati topilmalarini tadqiq qilish hamda uning rivojlanish bosqichlarini o’rganish, bu madaniyatning Yaqin va O’rta Sharq mintaqasidagi ilk dehqonchilik madaniyatlari yodgarliklari orasida munosib o’rin egallashini ko’rsatadi. O’sha davrda Sarazmda yashagan aholi qadimgi sharq madaniyatining markazlari bilan qadimdan, o’z madaniyatlarining ilk bosqichlaridan boshlab mustahkam aloqada bo’lganlar. Sarazm madaniyati shakllanayotgan ilk bosqichlari bu aloqalar orasida hal qiluvchi o’rinni Janubiy Turkmanston yodgorliklari bila bo’lgam munosabatlar egallagan. Sarazm makonining kuyi ikki qatlamidan topilgan Namozgoh III va Gsokoyur I sopol idishlariga o’xshovchi sopol idishlariga o’xshovchi sopol idishlar va moddiy madaniyatning boshqa hildagi topilmalarni Sarazm madaniyatining shakillanishida Janubiy Turkmaniston yodgorliklari alohida o’rin tutganligi aniq ko’satib turibdi.1 Sarazm madaniyatining shakllakshin Sazag’on neolit madaniyatiga bog’liq bo’lganligini ham taxmin qilish mumkin. Sarazmning ilk eneolit bosqichiga oid komklekslaridan topilgan ba’zi sopol idishlarning Sazag’an II na Jangal I manzilgoxi sopol idishlariga, shuning dek ikkala madaniyatga taluqli ba’zi bir xil tosh buyularning bir-biriga o’xshashligi Sarazm eneolit bosqichiga oid komplekslar shaklanishida Sazag’on neolit madaniyati ham ma’lum darajada ishtirok etganligini faraz (taxmin) qilishga imkon beradi.2
Sarazmning ilk qatlamlarini o’rganish maqsadida olib borilgan arxeologik qazishmalar odamlarning makonda Sarazm I davrida boshlab yashay boshlaganliklarini ko’rsatadi. Bu davrda makon atrofi tashqari to’siq bilan aylantirib olinib, bu to’siq ichida odamlar yashaydigan turar joylar qurilgan, qabriston paydo bo’ldi. Sarazm makonining qolgan joylari bu davrda o’zlashtirilganligida, u yerda odamlar yashaganligi to’g’risidagi savollarga kelgusida tadqiqotlar javob beradi. Sarazm II davrida makon uy-joylarning bir-biriga nisbatan joylanishi, makon uy joylarning bir – biriga nisbatin joylarning umumiy rejalanishi Turkmaniston janubidagi Geoksyur vohosida joylashgan.1 Shuningdek, Namozgoh III davriga oid boshqa yodgorliklar Oltintepa, Qoraultepadagi ularning umumiy rejalanishiga juda o’xshaydi. Bu o’xshashlik, ayniqsa, Sarazm va Geoksyurda topilgan, o’rtasida chuqurchasi bor aylana mehroblar misolida namoyon bo’ladi. Sarazm va Janubiy Turkmanstondagi madanyatlarning aloqadorini me’morchilikdan tashqari sopol idishlar va moddiy madaniyat buyumlarining boshqa xillari misolida ham kuzatish mumkin. Sarazm madaniyati ilk bosqichlarining sopol idishlari shakllari bilan ham, idishlarga chiqazilgan rasimlari bilan ham, rasm mavzulari bilan ham Geoksyur vohasn sopol idishlariga aynan o’xshab ketadi. Bo’yalgan sopol idishlar Sarazmga dastlab idishlarining sirti, Geoksyurdagi singari uzluksiz rasm solib bezalgan. Sarazm idishlariga tushirilgan xoch, yarim xoch, romb, uchburchak, chiziqli geometrik bezak, jimjimador turli aylana lavha shakllar Geoksyur ba’diy maktabi asarlarini eslatadi.2 Shunday qilib, Sarazmda bo’yalgan sopol idishlarni yasash va bezash an’analari Geoksyur an’analari asosida shakllangan. Geoksyur madaniyatining sharq tomonga tarqalganligi to’g’risida Namozgoh 5 davrida Tajan daryosi atrofidagi yerlarda va Murg’ob daryosi deltasida shu xildagi makonlarning paydo bo’lishi guvohlik beradi.3 Geoksyur madaniyatining tarqatuvchilar keyinchalik, ehtimol, Zarafshon vohasiga kirib kelib, Sarazmga asos solishgan. Bu ilmiy farazning to’g’riliging Zarafshon vohasining yason - tog’lar va vodiylardan iborat qirlari bilan Kopettog’ning tog’oldi mintaqasi tibiiy sharoitlarning o’xshash ligi ham bilvosita tasdiqlanadi. Sarazmda so’nggi eneolit davriga oid qatlamdan makonining Geoksyur vohasidan tashqari boshqa joylar bilan ham aloqalari mavjud bo’lganligini tasdiqlovchn turli xil buyumlar topilgan. Xuddi shu xildagi buyumlar Afg’onistonning janubildagi Mundigak, Belujistondagi Chegara va Erondagi Shahar - So’hta, Tepa-sialik, Tepa-Hisor, Tyureng-tepa singari ilk dehqon-chnlik madaniyatlari yodgorliklaridan topilgan Bu yodgorliklardan topilgan. Bu yodgorliklardan topishgan sopol idishlar, metall va tosh buyumlar, qurilish turlari Sarazm modiy madaniyatida ham uchraydi.
Sarazm madaniyatining bir tomonidan Zarafshon vohasi neolit madaniyatlarining tadrijiy, uzluksiz rivojlanishi, ikkichi tomonidan Geoksyur eneolit madaniyatini tarqatuvchilarning Zarafshon vohasiga kirib kelishi natijasida shakllanganligi aniq bo’lsada, milloddan oldingi II ming yillik boshlarida makonda ro’y bergan o’zgarishlar izohlanmagan. Makon hayoti tugayotgan davrda nima sababdan hashamatlp binolarning yo’q bo’lganligini, uy-joy qurilishi sifatining pasayganligini ahloq tomonidan bir qaror turarjom dahalarinpng (massiv) tashlab ketganligini, vaqtincha yashashga mo’ljallangan up-joylarning paydo bo’lganligini izohlash qiyin. Ayni paytda metall va sopol buyumlar ishlab chiqarish darajasi ancha yuqori bo’lgan. Moddiy madaniyatning jadal, tez rivojlanishi hamda qurilishning tanazzulga yuz tutishi – bir – biriga yaqqol qarama – qarshi bo’lgan bu ikki holat makonda miloddan oldingi II ming yillik boshlarida hayot to’xtashi sabablarini aniqlash muammosi bilan chambarchas bog’liq.1
Shuni e’tiborga olish kerakki, bunday tanazzul faqat Sarazmdagina ro’y bermagan. Ayni shu paytda Urta Sharq, jumladan Urta Osiyodagi Oltkntepa, Namozgohtepa, Shahri-so’hta va boshqa yirik ilk dehqonchilik markazlari ham inqirozga uchragan.
O’rta Osiyo dexqonchilik markazlarning tushunlikka uchrashini odatda tadqiqotchilar o’sha vaqtda bu muntaqaga shimoldan chorvachilik qabilalari kirib kelishi bilan izohlashadi.2 Bu qabilalar miloddan oldingi III miig yillik oxiridan to miloddan oldingi II ming yillik o’rtalarigacha asta-sekin Orol dengizidan Tyan-Shan tog’larigacha siljib, o’z madaniyatlarini tarqatib bordilar. Bu siljish jarayonida mahalliy dehqonchilik va shimoldan kelgan chorvachilikning bir-birnga, o’zaro ta’sirlari bo’lgan albatta. Sarazm madaniyati boshqa sohalarining rivojlanishnga chorvadorlarning kelishi, ehtimol, g’oyatda salbiy ta’sir ko’rsatgan. Mana shu nuqtai – nazardan qaraganda, Sarazmdan va yuqorida eslab o’tilgan boshqa qadimgi dehqonchilik madaniyatlari markazlaridan hayotning to’satdan so’nishi ko’p jihatdan katta vayrona keltiruvchi kuchga ega bo’lgan boshqa madaniyat qabilalarning paydo bo’lganligi bilan izohlanadi. Ammo Sarazmdagi moddii topil-malar asosnda bu xaqda biron narsa deyish qiyin. Chunki topilmalarda bunday hodisa bo’lganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar uchramaydi. Ilk dehqonchilik madaniyatlari tanazzulini izohlovchi boshqa farazlarni ham ko’rib chiqish lozim. Yuqorida ta’kidlanganidek, milodlan oldingi III ming yillik o’rtalaridan boshlab ilk dehqonchilik madaniyatlari markazlari bo’lgan Oltintepa, Namozgohtepa, Sarazm va boshqa joylarda jamiyatning tabaqalanishi kuzatiladi. Jamiyatda ijtimoiy va siyosiy jihatdan qator huquqlarga ega bo’lgan imtiyozli qabila oqsoqollari hamda ularga qarama – qarshi bo’lgan oddiy jamoachilar tabaqalari vujudga keldi. Imtiyozli tabaqa a’zolari qabiladoshlarning faqatgina ishlab chiqarish faoliyatigina emas,balki moddiy ne’matlarni tarqatish, taqsimlashni ham nazorat qilganlar. Jamoa ichidagi o’zdro ichki qarama – qarshiliklar natijasida, ehtimol. patriarxal to’qnashish, kelishmovchiliklar ro’y berib, natijada katta patriarxal oilalar uylari, yaylovlari, ekin maydonlari, ustaxonala -rini tashlab tabiiy sharoitlari yashash uchun qulay bo’lgan boshqa – joylarga ko’chib ketishgan. O’rta Osiyodagi qadimgi dehqonchilik markazlari, jumladan Sarazm makonida ham hayotning to’xtab qolishi shu jarayonlarga bog’liq bo’lganligi e’tibordan xoli emas. Shu munosabat bilan O’rta Osiyo dehqonchilik madaniyatining butunlay yo’qolib ketganligi to’g’risida gapirish xato bo’lar edi. Aksincha, miloddan oldingi II ming yillikdan boshlab janubiy va shimolin Baqtriyaning (shimoliy Afg’oniston, janubiy Tojikiston va O’zbekpton) hamda Marg’iyonaning (janubiy Turkmanistonda- gi Mo’rgob daryosi xavzasi) ayrim vohalarida Baqtriya–Marg’iyona arxeologik kompleksini tashkil qiluvchi rivojlangan dexqonchilik madaniyatining yangi markazlari paydo bo’ldi.1
Sarazmda hayotning so’nishi va dehqonchilnk madaniyatining yangi o’choqlari paydo bo’lnishning bir vaqtga to’g’ri kelishini hisobga olib, bu yangi dexqonchilik markazlarining shakllanishida Zarafshon daryosi o’rta oqimida yashovchi qabilalar, jumladan, Sarazmliklar ham ishtirok qilinganliklarini taxmin qilish mumkin.
Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlar va chiqarilgan xulosalar 1977 - 1983 yillarda Sarazmda olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalariga asoslangan. Yodgorlikni tadqiqot qilish ishlari davom etmoqda. Yangi arxeologik tadqiqotlar materiallari O’rta Osiyo ikki daryo oralig’idagi qadimgi metall davriga oid yagona yodgorlik, Zarafshon o’troq—dehqonchilik madaniyatining markazi to’g’risidagi bilimlarimizni yanada chuqurlashtiradi.

Download 299,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish