69-76
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………..
|
77-79
|
ILOVALAR……………………………………………………………
|
80
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritishi munosabati bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Xalqimizning o’z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”1. Shu tufayli tarix fanining nazariy va ilmiy-metodologik asoslari, maqsad va vazifalari tubdan yangilandi. O’zbek xalqini birlashtiruvchi, jamiyatni axloqiy va mafkuraviy jipslashtiruvchi kuch - milliy g’oyani mustaxkamlash yulida tarixiy jarayonlarni to’g’ri, obyektiv va tarixiylik nuqtai-nazaridan xolisona yoritib berish tarix fani oldida turgan muxim vazifalardan biri bo’lib qoldi.
Mustaqillik tufayli o’tmish tarixga, uning ob’yektlariga, ularning tarixiy talqinidan kelib chiqadigan natijalarga qarab tahlil etish usullari qo’llanila boshlandi. Natijada Zarafshon vohasining suv havzalariga yaqin mintaqalarda tarkib topgan yodgorliklar asosida o’troq dehqonchilik xo’jaligi yotganligi, ular “kechagi” qishloqlar bo’lgan bo’lsa, “bugun”, sekin-asta yirik ilk shaharlar markaziga aylanganligi haqida fikr-mulohazalar qilina boshlandi. Tarixiy ildizlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga borib taqaluvchi ilk urbanistik jarayonlar miloddan avvalgi II-ming yillikning oxiri va I-ming yillikning boshlaridan yana jonlana boshlaydi. Ana shu jonlanishning guvohi sifatida Zarafshon vohasining o’rta qismida Ko’ktepa, Afrosiyob kabi ilk shaharlar qad ko’taradi. "Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o’z tarixi, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda, bu tabiiy hol. Odamzot borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o’zi tug’ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi", - deb yozgan edi birinchi prezident I.A.Karimov. Shuningdek, yurtboshimiz bu borada tarixchi olimlarimiz oldiga sharafli va dolzarb vaziflar qo’yib "Davlatimiz, mamlakatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g’oyat muhim va dolzarb masalaga aylanish lozim", - deb ta’kidlagan edi1.
Shunday qilib, Zarafshon vohasining bronza davri qabilalarining madaniyati haqida juda katta arxeologik materiallar to’plangan. Har bir davr arxeologik komplekslari baholi qudrat sistemalashtirilgan aniqliklar kiritildi. Shu bilan birga ularning ba’zilarini o’rganish metodikasi, davriy sanalarini aniqlash, tarixiylik nuqtai nazaridan ob’yektiv tahlil etish va boshqa qator masalalar o’z ilmiy yechimini topa olmay ochiq qolgan yoki hozirga qadar ilmiy bahslidir. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotni tadrijiy ketma-ketlikda holisona tahlil etish, iqtisodiy va siyosiy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ilk shahar madaniyatining yanada jonlanish tarixiy ildizlari ochilmay qolgan. Eng muhimi, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu boy tarixiy va madaniy meros talqini va ilmiy tahlili ularning mualliflari tomonidan yaqingacha marksistik metodologiya asosida tadqiq qilinib kelingan edi. Shu boisdan ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi mavzu bo’yicha to’plangan juda boy arxeologik materiallarni tarixiy ketma-ketlikda ob’yektiv tahlil etib, vohada ibtidoiy urug’chilik jamoalari tarixini rivojlanish jarayonlarini kuzatish va ularni umumlashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |