IX juft bosh miya nervi – til-halqum
(n.glossopharyngeus) –
aralash nerv,
sezuvchi qismi 3 neyrondan tashkil topgan. Ularning periferik tolalari halqum, o‘rta
quloq va burunning shilliq qavatlarini nervlaydi. Ta‘m biluvchi tolalari tilning ortki1/3
qismidagi ta‘m bilish organlarida tugallanadi.
Til-halqum nervining harakat yadrosi adashgan nervning yadrosi bilan bir bo‘ladi,
unga ikki yoqlama yadro
(nucl. ambiguus)
deyiladi. Bu yadroning til-halqum nerviga
tegishli harakat aksonlari
m.stylopharyngeus
ni nervlaydi. Uzunchoq miyada joylashgan
parasimpatik yadro –
nucl.salivatorius inferior
dan boshlanuvchi so‘lak ajratuvchi
sekretor aksonlar quloq oldingi so‘lak bezlarini nervlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |