Harakatlantiruvchi qismining zararlanish belgilari:
Uch shoxli
nervning harakatlantiruvchi yadrosi yoki harakatlantiruvchi berv tolalari zararlanganda
chaynov muskullari zararlanadi. Palpatsiyalanganda bu mushaklar qo‘lga yumshoq
unnaydi. Bemor og‘zini ochib ko‘rganda pastki jag‘ falajlangan tomonga tortilib ketadi,
bunga pastki jag‘ deviatsiyasi deyiladi. Harakatlantiruvchi qism har ikkala tomonda
zararlangan bo‘lsa, pastki jag‘ ochilgan holatda osilib, og‘izni yumish mumkin
bo‘lmaydi. Ba‘zi kasalliklar (meningit, qoqshol) natijasida harakatlantiruvchi tolalar
ta‘sirlansa, chaynov muskullarning tonik tortilishi ro‘y beradi, bunga trizm deyiladi.
Trizmda bemor og‘zini ocholmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |