II. Yuza reflekslar 1. Qorin reflekslari: yuqori qorin refleksi qorin terisini qovurg‘a ravog‘iga parallel
shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. O‘rta qorin refleksi qorin terisini gorizontal kindik
sathida shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. Pastki qorin refleksi qorin terisini chov
burmasiga parallel shtrixsimon chizish orqali chaqiriladi. Ta‘sirga javoban shu tomondagi
qorin mushaklari qisqaradi.
2. Kremaster refleksi: son ichki yuzasi terisini shtrixsimon chizishganda moyakni ko‘taruvchi
mushaklar qisqaradi.
3. Kaft refleksi: tovon tashqi cheti terisini shtrixsimon chizishganda tovon barmoqlarining
kaftga qarab bukilishi.
4. Anal refleksi: anal teshik sohasiga igna bilan suqilganda shu soha aylana mushagi
qisqaradi.
Zararlanish simptomlari. Qorin reflekslarining pasayishi va umuman bo‘lmasligi- segmentar
apparatning organik zararlanishi bilan bog‘liq yoki piramida tutami butunligining buzilishi
tufayli yuzaga keladi. Markaziy falajda qorin va kaft reflekslari falaj tomonida bo‘lmaydi.