62
qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya
odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi.
Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi-ularning hayotlarining
maqsadlaridir. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli
yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda-o‘ziga
ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda-amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3
yoshda-burch
hissini tarbiyalash, 4 yoshda-yaxshilik va yovuzlikni farqlashga
o‘rgatish, 5 yoshda liderlik xislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka,
reja tuzish va
ularni bajarishga o‘rgatish.
Yaponiyada bolalarni tarbiyalash metodi to‘g‘risida quyidagi keng tarqalgan
iborani keltirish mumkin: «Bola 5 yoshgacha – qirol, 5 yoshdan 15 yoshgacha – qul,
15 yoshdan keyin esa barcha bilan teng huquqli inson». Bu iboraning turli talqini
boshqa millatlarda ham uchraydi. Albatta, bu falsafiy iborani boricha qabul qilish
shart emas. Lekin bolaning hayoti bir necha davrlarga bo‘linadi va bulardan birinchi
davrida bola hammani o‘ziga maftun etadi,
uni asrab-avaylashadi, erkalashadi.
Yoshi ulg‘aygach, bolada lazzatlanishdan tash qari o‘zining harakatlari uchun
mas’uliyat va qator majburiyatlar paydo bo‘ladi. Ulg‘ayish ning ma’lum yoshiga
yetgach kechagi bolakay bugun jamiyatning teng huquqli va teng maqomga ega
a’zosiga aylanadi. Buning hammasi Yaponiyaning ta’lim
tizimida bir marom va
ketma-ketlikda kuzatilib boriladi. Ta’lim tizimining, shu jumladan maktabgacha
ta’lim rivojlanishi tarixi uzoq o‘tmishning Meydzi davriga borib taqaladi.
Yaponiyada 1876 yilda boy xonadon farzandlari uchun birinchi bolalar
bog‘chasi ochilgan. Bolalar bog‘chalarining ochilishidan maqsad bolalarning aqlan
va jismonan rivojlanishiga yordam beradigan o‘zaro munosabatda bo‘lish muhitini
yaratishdan iborat bo‘lgan. Albatta bola tarbiyasida
onaning roli turlicha, lekin
bolalarning o‘z tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqoti, birga o‘ynashi va birgalikda
mehnat qilishi uy sharoitida erishib bo‘lmay digan natijalarga, ya’ni uning sog‘lom
va garmonik rivojlanishiga imkoniyat beradi.
Davlat darajasidagi maktabgacha tarbiya tizimi faqat 1961 yildan keyin keng
tarqala boshladi. Bugungi kunga kelib, amalda har bir yapon bolasi bolalar bog‘chasi
yoki bolalarga qarash markaziga qatnaydi. Yaponiyada bolalar bog‘chasi. Bolalarga
nisbatan mehribonlik va muhabbat yapon jamiyati uchun muhim jihatlardan biri
bo‘lib bunday muhabbatning asosiy va muhim manbai ayoldir. Yakin davrlargacha
yapon oilalarida ayollar o‘z oilasini asrovchi, g‘amxo‘r xotin, mehribon ona bo‘lib
bolaga barkamol tarbiya berish uning vazifasi hisoblanar edi. Oxirgi vaqtda vaziyat
o‘zgarib, yaponlar kech turmush quryaptilar va ko‘p ayollar ishlashni xohlayaptilar
yoki ishlashga majburlar. Shunga qaramay yapon onalarining aksariyati bolalarni 3
yoshgacha uy sharoitida tarbiyalab, keyin ijtimoylashish
uchun bolalar
bog‘chalariga joylashtiradilar.
Yaponiyada maktabgacha ta’lim quyidagi muassasalarda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: