Yashirin inqiroz (bank distress). Bunday sharoitda banklarning ko‘pchilik qismi to‘lovga layoqatsiz bo‘lsalarda faoliyatlarini davom ettiraveradilar.
Inqirozning ochiq shakli (bank runs). Bunga Buyuk Depressiya vaqtidagi bank vahimasi, banklardan yoppasiga omonatlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni aytish mumkin.
Tizimli bank inqirozi (Systemic Banking Crises). Bu esa, o‘z navbatida bank tizimining aksariyat qismini to‘lovga layoqatsizligini anglatadi. Shuningdek, K.V.Rudыy xorijiy tadqiqot natijalarini umumlashtirgan holda bank inqirozlarining quyidagi turlarini keltirib o‘tadi90:
- kredit jarayoni funsional holatining buzilishi natijasida yuzaga keladi bank inqirozlari;
- qarz va valyuta muammolari bilan bog‘liq bank inqirozlari;
- bank epidemiyasi (har xil kanallar orqali tarqaluvchi, misol uchun, xorijiy kapital harakati).
Do'stlaringiz bilan baham: |